3.2.Tijorat banklari resurslarini oshirish orqali bank kapitallashuvini
ko’paytirish yo’llari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-maydagi 2344-sonli
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston bank tizimini 2016-2019 yilgacha moʻljallangan
rivojlanish strategiyasi tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini oshirish
54
ularning resurs bazasini rivojlantirish toʻg’risidagi strategiyalarining asosiy
yoʻnalishlari quyidagilardan iborat qilib belgilandi:
1 Banklarning resurs bazasini shu jumladan uzoq muddatli resurs bazasini
mustahkamlash;
2 Banklarning moliyaviy barqarorligini oshirish shu jumladan bazel
qoʻmitasining bank nazoratiga oid boʻlgan yangi talablarni Oʻzbekiston bank
amaliyotiga joriy etish;
3 Hisob kitob va toʻlov tizimini rivojlantirish
Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari kapital bazasining barqarorligini
oshirish maqsadida kapitalning tarkibini Xalqaro Bazel qoʻmitasining tijorat
banklari kapitalining tarkibini shakllantirish boʻyicha belgilagan talablariga toʻliq
muvofiq kelishini ta’minlash va tijorat banklari umumiy kapitalining oʻsish
suratini yalpi ichki maxsulotning oʻsish suratidan orqada qolishiga yoʻl qoʻymaslik
choralarini koʻrish lozim.
Buning uchun quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi lozim:
–devalvatsiya zaxirasini tijorat banklarining kelgusi davr daromadlari
sifatida baxolash (devalvatsiya zaxirasi kamida 10 yilga taqsimlanishi lozim) va
uning summasini banklarning kapitali tarkibidan chikarish lozim (agar
devalvatsiya zaxirasi tijorat banklarida joriy davr daromadi sifatida hisobga olinsa,
u xolda, banklarning soliqqa tortish bazasi oshib ketadi);
–imtiyozli kreditlash fondining mablag’lari tijorat banklari kapitalining
tarkibida hisobga olinmasligi kerak, chunki ushbu fond mablag’lari kredit sifatida
ishlatiladi, kredit esa, yuqori riskli aktiv hisoblanadi;
–respublikamiz tijorat banklarining imtiyozli aksiyalarini sotishdan olingan
pul mablaglari ustav kapitalining tarkibida hisobga olinmasligi lozim, chunki
imtiyozli aksiyalar summasi moliyaviy yil davomida investor tomonidan qaytarib
olinishi mumkin;
– respublikamiz tijorat banklari kapitalining oʻsish sur’atini yalpi ichki
maxsulotning oʻsish sur’atidan orqada qolishiga yoʻl koʻymaslik maksadida
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari umumiy
55
kapitalining oʻsish sur’atiga nisbatan bir yillik me’yoriy koʻrsatkich belgilanishi
lozim. Ushbu koʻrsatkich mamlakat yalpi ichki maxsulotining yillik istikbolli
oʻsish sur’atidan kelib chiqib oʻrnatilishi lozim. Masalan, 2008 yilda YAIM ning
real oʻsishi 8,0% qilib belgilangan. Demak, Oʻzbekiston Respublikasi tijorat
banklari
umumiy
kapitalining
oʻsish
sur’atiga nisbatan urnatiladigan
koʻrsatkichning yillik darajasi 8 foizdan past bulmasligi lozim.
Agar mamlakat tijorat banklari umumiy kapitalining oʻsish sur’ati YaIMning
real oʻsish sur’atidan past boʻlsa, bu xolat, pirovard natijada, mamlakat bank
tizimining toʻlovga noqobil boʻlib qolishiga olib keladi. Bizga ma’lumki,
mamlakat bank tizimi toʻlovga qobil boʻlishi uchun tijorat banklari umumiy
kapitalining YaIM dagi salmogi 6 foizdan kam boʻlmasligi lozim. Buning uchun
esa, tijorat banklari umumiy kapitalining oʻsish sur’ati YAIM ning oʻsish sur’atiga
teng boʻlishi yoki undan yuqori bulishi lozim.
Rivojlangan sanoat mamlakatlari amaliyotida tijorat banklari umumiy
kapitalining yetarlilik darajasini baholashda ikki usuldan foydalanilmoqda.
Birinchi usulda tijorat banklari umumiy kapitalining yetarlilik darajasi umumiy
kapital summasini tijorat banki aktivlarining riskka tortilgan summasiga boʻlish
yoʻli bilan aniqlanadi. Ikkinchi usulda esa, tijorat banklari umumiy kapitalining
yetarlilik darajasi umumiy kapital summasini YAIM summasiga boʻlish yoʻli bilan
aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining foiz marjasini muddatli
depozitlarga toʻlanadigan foiz stavkalari darajasini oshirish yoʻli bilan qisqartirish
lozim.
Buning natijasida tijorat banklari depozitlarining umumiy hajmida muddatli
depozitlarning salmog’i hamda muddatli depozitlarning miqdori sezilarli darajada
oshadi. Buning sababi shundaki, aholi va korxonalar uchun muddatli depozit hisob
raqamlarining jozibadorligini oshiruvchi asosiy omillardan biri muddatli
depozitlarga toʻlanadigan foiz stavkalarining darajasi hisoblanadi. Lekin,
fikrimizcha, foiz marjasini ana shu yoʻl bilan qisqartirish Markaziy bankning
muddatli depozitlarga nisbatan belgilagan majburiy zaxira stavkasi keskin
56
pasaytirilishi, natijada talab qilib olinadigan depozitlarga nisbatan belgilangan
majburiy zaxira stavkasi bilan muddatli depozitlarning majburiy zaxira stavkasi
oʻrtasida sezilarli farq boʻlishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining jamg’arma depozitlari
miqdorini oshirish yoʻli bilan ularning resurs bazasini mustaxkamlash maqsadida:
birinchidan, yuridik shaxslarning jamg’arma depozitlariga toʻlanadigan foiz
stavkalarining ijobiy darajasini ta’minlash lozim;
ikkinchidan, axolining jamg’arma depozitlarini tijorat banklari tomonidan
naqd pulda toʻlik va oʻz vaqtida berilishini ta’minlash lozim.
Tijorat banklarining Markaziy bankda qayta hisobga olinadigan ikki yildan
ortiq muddatga ega boʻlgan subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlarini
muomalaga chiqarish lozim. Mazkur subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlari
uzoq muddatli obligatsiyalar koʻrinishida boʻlishi lozim.
Respublikamiz
tijorat
banklarining
subordinatsiyalashgan
qarz
majburiyatlarining Markaziy bankda hisobga olinishi quyidagi ikki muxim natijaga
erishish imkonini beradi:
–subordinatsiyalashgan
qarz
majburiyatlarining
investorlar
uchun
investitsion jozibadorligi oshadi, chunki Markaziy bankda hisobga olinadigan uzoq
muddatli obligatsiyalar boʻyicha toʻlov kafolatlangan hisoblanadi;
–tijorat banklari kiska muddatli resurslarini uzoq muddatli resurslarga
aylantirish imkoniyati yuzaga keladi. Hozirgi vaqtda respublikamiz tijorat banklari
depozitlarining umumiy xajmida uzoq muddatli depozitlar nisbatan kichik
salmoqni egallaydi. Bu esa, tijorat banklarining mijozlarning investitsiya
xarajatlarini kreditlash imkoniyatining cheklanishiga olib keladi.
Agar respublikamiz tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan
subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlari Markaziy bankda hisobga olinmasa, u
holda, subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlarini sotishda muammo yuzaga
keladi. Ushbu muammoning mohiyati shundaki, qimmatli qog’ozlar bozori yaxshi
rivojlanmagan, tijorat banklari yuqori kredit reytingiga ega boʻlmagan
57
mamlakatlarda investorlarning tijorat banklarining uzoq muddatli qimmatli
qog’ozlariga boʻlgan talabi u darajada yuqori boʻlmaydi.
Rivojlangan xorijiy davlatlar bank amaliyotida, xususan, Germaniya,
Avstriya, Lyuksemburg mamlakatlarining bank amaliyotida subordinatsiyalashgan
qarz majburiyatlari uzoq muddatli obligatsiyalar koʻrinishida mavjud. Ular tijorat
banklari tomonidan ikki yildan ortiq muddatga chiqariladi. Buning sababi
shundaki, ikki yilgacha muddatga chiqarilgan subordinatsiyalashgan qarz
majburiyatlarini sotishdan olingan mablag’lar tijorat banklari kapitalining tarkibiga
kiritilmaydi. Ushbu qatiy talab Xalqaro Bazel qoʻmitasi tomonidan belgilangan
boʻlib, direktiv mazmunga ega.
Respublikamiz tijorat banklarida depozitlar barqarorligini ta’minlashga
qaratilgan strategiyani ishlab chiqish zarur. Buning uchun esa, birinchidan,
mijozlarga depozit hisob raqamlarining jozibadorligini oshirish imkoniyatini
beradigan marketingni rivojlantirish lozim; ikkinchidan, depozitlarning barqarorlik
darajasini tavsiflovchi koʻrsatkichlar tizimi ishlab chiqilishi lozim; uchinchidan,
bank uchun depozit bazasining asosini tashkil kiluvchi mijozlar guruxini aniqlab
olish va ularga kompleks depozit-ssuda xizmatini taklif qilish lozim. Masalan,
overdraft va kontokorrent kreditlari boʻyicha joriy hisob raqamining debetli va
kreditli qoldig’i foizlarini darajasi va hisoblash tartibini belgilash.
Tijorat banklari mijozlarga har bir depozit hisob raqami turini yuritish
tartibini, depozitlarga toʻlanadigan foiz stavkalarini hisoblash metodikalarini
tushuntirishlari lozim. Bundan tashkari, tijorat banki marketing tadqiqotlari
natijasida axoli va korxonalarning qaysi depozit yoki omonat turiga qiziqishi
kuchliligini aniqlashi lozim. Masalan, aloxida mijozlar guruxini muddatli
depozitlar va omonatlarning foizlarni oʻstirishga asoslangan, murakkab foiz
hisoblash metodikasi qoʻllaniladigan turi qiziqtirishi mumkin. Demak,
mijozlarning mazkur toifasi oʻzlarining xoʻjalik oborotida foydalanilmaydigan pul
mablag’lari qoldig’iga ega va depozit yoki omonatdan yuqori daromad olish
maqsadini koʻzlaydi. Tijorat banki esa, mijozlarning mazkur toifasining xohish-
istaklarini hisobga olgan xolda, ular bilan depozit shartnomasi tuzishi lozim. Lekin
58
mijozlarning jamg’arma depozitlarini muddatidan oldin olib ketishining oldini
olish maqsadida moslashuvchan foiz siyosatini amalga oshirishlari lozim. Buning
ma’nosi shundan iboratki, agar mijoz jamg’arma depozitini muddatidan oldin
oladigan boʻlsa, u xolda, unga shartnomada belgilangan foiz toʻlanmaydi, balki
talab qilib olinadigan depozitlarga toʻlanadigan past foiz stavkasida foiz toʻlanadi.
Chunki mijoz jamg’arma depozitini muddatidan oldin oladigan boʻlsa, tijorat banki
uchun birinchi navbatda likvidlilik riski yuzaga keladi. Demak, tijorat banki
bunday sharoitda jamg’arma depozitini talab qilib olinadigan depozitga
tenglashtirishga haqli.
Tijorat banklari depozit strategiyasini ishlab chiqish va uni amaliyotga
qoʻllashda tijorat banklari depozit bazasining barqarorligini tavsiflovchi
koʻrsatkichlarga rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning sababi shundaki,
tijorat banklarining depozit siyosatida qoʻllanilayotgan taktik vositalarning qay
darajada depozit strategiyasiga mos kelayotganligini aniqlash imkoniyati tijorat
banki depozit bazasining barqarorligini tavsiflovchi koʻrsatkichlarni taxlil qilish
asosida yuzaga keladi.
Rivojlangan mamlakatlar tijorat banklarining amaliyotida, masalan, Fransiya
tijorat banklarining faoliyatida mijozlarning alohida guruhiga, odatda, bank
xizmatlaridan doimiy ravishda faol foydalanadigan guruhiga kompleks depozit-
ssuda xizmati koʻrsatiladi. Ushbu xizmat asosan overdraft va kontokrrent kreditlari
boʻyicha koʻrsatiladi. Masalan, mijoz kreditni olgandan soʻng oʻtgan har bir oy
davomida joriy hisob raqamida yoki kontokorrent hisob raqamida bank tomonidan
belgilangan ma’lum summa miqdorida qoldiqqa ega boʻlsa, undan kredit uchun
olinayotgan foizlarning stavkasi sezilarli darajada kamaytiriladi yoki kreditni
sug’urtalash bilan bog’lik boʻlgan xarajatlar tijorat banki mablag’lari hisobidan
toʻlab beriladi.
Ma’lumki, kontokorrent krediti tijorat banki tomonidan berilayotganda
mijozning joriy hisob raqami yopiladi, uning oʻrniga kontokorrent hisob raqami
ochiladi. Kontokorrent hisob raqamiinng debetli qoldig’i uchun mijoz bankka foiz
toʻlaydi, uning kreditli qoldig’i uchun esa, bank mijozga foiz toʻlaydi.
59
Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan
bog’ik boʻlgan emission operatsiyalarini rivojlantirish zarur. Buning uchun,
birinchidan, qimmatli qog’ozlar emissiyasi hajmini keskin oshirish lozim;
ikkinchidan, tijorat banklarining joriy likvidlilik darajasi qimmatli qog’ozlarga
qilingan investitsiya summasi va unga hisoblangan foizlarni oʻz vaqtida va toʻliq
kaytarish imkonini berishi lozim; uchinchidan, tijorat banklarining qimmatli
qog’ozlarga toʻlayotgan daromadlari darajasi milily valyuta almashuv kursining
pasayishi va inflyasiya ta’siri natijasida qimmatli qog’ozlarga qilingan
investitsiyalar real qiymatining pasaygan qismini qoplash imkonini berishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |