Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti "bank ishi" kafedrasi


 Tijorat banklari faoliyatida daromadning o’rni



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/18
Sana20.06.2023
Hajmi0,66 Mb.
#952368
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
tijorat banklari faoliyatini daromadliligini oshirish orqali bank

 
1.2. Tijorat banklari faoliyatida daromadning o’rni 
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida, barcha tijorat faoliyatining asosiy maqsadi 
maksimal darjada olinadigan daromadlari miqdorini oshirishdan iborat bo‘lgani 
kabi, tijorat banklari, xam doimiy olinishi mumkin mumkin bo‘lgan daromadlarini 
oshirib borishga harakat qilinadi.
Banklarning klassik vazifalaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, banklarning 
asosiy daromadlari ularning aktiv operatsiyalari hamda vositachilik faoliyati 
natijasida vujudga keladi.
Oxirgi yillarda rivojlangan davlatlarda katta ahamiyatga ega bo‘lib 
borayotgan nokredit xarakterdagi mijozlarga bank xizmatini ko‘rsatish daromad 
manbasining muhimligi bo‘yicha ikkinchi hisoblanadi. Odatda bu daromadlarni 


19 
komission daromad deyiladi. Xizmatlarga to‘lov, komission mukofot ko‘rinishida 
olinadi. Komission mukofot hamma qilinadigan operatsiya yoki shartnoma 
summasidan foiz ko‘rinishida o‘rnatiladi.
Bank xizmatlari juda ham xilma-xildir va doimo xar xil yangiliklar bilan 
to‘ldirib boriladi. Bankka komission daromad keltiruvchi asosiy xizmatlarga 
quyidagilarni kiritish mumkin: yuridik va jismoniy shaxslarning hisob-kitob kassa 
xizmatlari, plastik kartochkalar bilan operatsiyalar, bank kafolatlarini berish, 
mijozlarning valyuta shartnomalaridagi bank xizmatlari, qimmatli qog‘ozlar 
bozoridagi brokerlik xizmatlar va boshqalar.
Rossiyada, shuningdek ko‘pgina chet davlatlarda ko‘pchilik banklar hisob-
kitob, kassa va boshqa xizmatlarini mijozlarga tekinga ko‘rsatishardi. Foiz 
marjasining pasayishi natijasida, ya’ni, resurslarni jalb qilish va joylashtirishning 
o‘rtacha qiymatlari orasidagi farq tufayli banklar bunday amaliyotdan voz 
kechishlariga to‘g‘ri keldi. Hozirgi paytda banklar umumiy daromadlari hajmida 
komission daromadlarning o‘sganligini ko‘rishimiz mumkin. Bu faqatgina foiz 
marjasi darajasining qisqargani va moliya bozoridagi daromadlaridan tashqari, 
komission daromadlarining foizli daromadlarga nisbatan barqarorligi bilan bog‘liq. 
Bundan tashqari bank chet el valyutasidagi vositalarni qayta baholash orqali 
ham daromad olishi mumkin. Agar chet el valyutasi kursining oshishi, shu 
valyutadagi nominallashtirilgan bank aktivlari passivlarni oshiradi va aksincha, 
chet el valyutasi kursining pasayishi, shu valyutada nominallashgan aktivlarning 
oshishiga olib keladi. Valyuta kursining katta tebranishi va bankning valyuta 
bozoridagi yuqori aktivligi sharoitida, bu daromadlar bankning operatsion 
daromadlari tarkibida muhim hissaga ega bo‘lishi mumkin.
Qo‘shimcha faoliyatdan daromadlar bank daromadlari tarkibida unchalik 
katta ulushga ega emas. Ular o‘z ichiga nobank harakterdagi xizmatlar 
ko‘rsatishdan, korxona va tashqilotlar faoliyatida ishtirok etishdan, ijaraga berish 
va binoni realizatsiya qilishdan va boshqalardan daromadlar oladi.
Bank yordamchi bo‘limlarning tijorat faoliyatidan qo‘shimcha daromad 
olishi mumkin. Masalan, agar bank shaxsiy reklama xizmatiga ega bo‘lsa, o‘z 


20 
mijozlariga reklama xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin. SHuningdek, boshqa 
xizmatlar ham faqatgina bank faoliyatini ta’minlashga emas, balki mijozlarga 
pullik xizmat ko‘rsatishlari ham mumkin. Bular yuridik, informatsion, 
telekommunikatsiya, marketing, auditor, transport va boshqa xizmatlar bo‘lishi 
mumkin.
Bank asosiy va qo‘shimcha faoliyat daromadlaridan tashqari, boshqa 
daromadlar kategoriyasiga kiruvchi boshqa daromadlar ham olishi mumkin. Ular:
–jarima, penyalar, mijozlardan olinadigan jarimalar,
–ortiqcha tushumlarning kassaga tushushi;
–zahira summasini qayta tiklash;
–hisobot yilida tushgan yoki aniqlangan o‘tgan yilgi daromadlar;
–daromadga soliq ortiqcha to‘laganligi uchun byudjetdan mablag‘ qaytarish 
va boshqalar.
Bu daromadlar mohiyatan tasodifiy yoki bankning hisobot davrida «Ishlab 
topilmagan» hisoblanadi. Ular odatda kelasi davrga daromad rejasi tuzilganda 
hisobga olinmaydi. 
Bank daromadlari ikki asosiy guruhga bo’linadi:

Foizli daromadlar;

Foizsiz daromadlar.

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish