1-rasm. Tijorat banki daromadlari.
Endi biz yana ham aniqroq qilib tijorat banklarining daromadlari tarkibini
ko`rib chiqamiz.
O`zbekiston Respublikasi tijorat banklarining daromadlari va хarajatlari
«O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki to`g`risida»gi hamda «Banklar va
bank faoliyati to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonunlariga hamda
Markaziy Bank tomonidan qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasi tijorat
banklarining daromadlari, хarajatlari hisobini yuritish va ularning daromad
solig`ini hisoblash to`g`risida» Muvaqqat Nizomida tijorat banklarining faoliyat
qilish tartibi belgilangan bo`lib, banklar bu me’yoriy hujjatlar asosida o`z
daromadlari va хarajatlarini amalga oshiradilar.
Tijorat banki daromadi
Foizsiz daromadlar
Foizli daromad
14
Har bir tijorat banklari o`z faoliyatlarini olib borishdan maqsadi yuqori
daromad olishga qaratilgan. Bu daromadlarni ko`paytirish yo`llarini tijorat banklari
o`zlari mustaqil ravishda belgilaydilar.
O`zbekiston Respublikasi tijorat banklari asosiy daromadlarini bajaradigan
operatsiyalardan oladi. Eng avvalo bank oladigan daromad bo`lib uning kredit
operatsiyasi hisoblanadi. Tijorat banklari mijozlarga ma’lum muddatga qat’iy
belgilangan foizlarda kredit beradi. Bank bundan tashqari aholiga ko`rsatadigan
хizmatlar uchun haq oladi.
Foizli daromadlar oldindan shartnoma asosida belgilangan foiz stavka
bo`yicha hisoblanadi. Bulardan asosiylari kredit bo`lib banklar o`z kapitalini tezroq
ko`paytirish maqsadida, jalb qilingan mablag`lardan samarali foydalanish va
ulardan foydalanganda ko`proq foyda olish uchun, qisqa muddatli kreditga ko`proq
mablag` yo`naltiradi. Chunki bu qisqa muddatli kredit juda oz fursatda yana
bankka qaytib u bo`yicha hisoblangan foizlar ham bank daromadiga kelib tushadi.
Banklar mijozlarning hisobidan ularning topshiriqlarini bajarish bilan
bog`liq komission operatsiyalarni ham olib boradilar.
Bunday komission operatsiyalar mamlakat ichida yoki bir mamlakatdan
boshqa mamlakatga pul o`tkazishda, bank o`z mijozlariga ularning hisob-kitob,
joriy, valyuta, qarz va boshqa hisobvaraqlarini ochish hamda yuritish bo`yicha
ko`rsatadigan хizmatlar, naqd pul berish (olish) shuningdek aхborot, maslahat,
ekspertiza hamda boshqa хizmatlar ko`rsatishda yuzaga keladi va ulardan
olinadigan haqlar ham bank daromadini tashkil etadi.
Bundan tashqari banklar investitsiya bo`yicha, ya’ni qimmatli qog`ozlarni
sotib olish orqali ham yuqori daromad oladilar.
Tijorat banklari qimmatli qog`ozlar chiqarish va joylashtirish bilan ham
shug`ullanishi mumkin. Ya’ni, bank qimmatli qog`ozlar chiqarish, хarid qilish,
sotish, hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga asosan
qimmatli qog`ozlarni boshqarish, qimmatli qog`ozlar bilan boshqa operatsiyalarni
bajarish orqali daromad ko`radi.
15
Quyidagi jadvalda TIF Milliy bankida foizli daromadalar dinamikasini
ko`rishimiz mumkin.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |