Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti "bank ishi" kafedrasi



Download 419,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/29
Sana02.06.2022
Hajmi419,37 Kb.
#630480
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
XOLDOROV SHERZOD OYBEK OGLI tijorat banklarida qollaniladigan kreditlash shakllari va ularni amalga oshirishtartibi

Uchinchi bob bo‘yicha xulosa
So‘ngi bobda e’tiborimizni tijorat banklarining kreditlash amaliyotidagi
mavjud muammolar va ularning yechimlariga qaratdik, ammo banklarimizning
kreditlash faoliyati kamchilik va nuqsonlar bilan to‘la degan fikrdan yiroqmiz,
albatta. Muammolar va kamchiliklarni o‘rganar ekanmiz ularni ikki guruhga
ajratishimiz mumkin: tijorat banklari mustaqil hal eta oladigan va mustaqil hal eta
olmaydigan muammolar. Veksellarni muomalaga kiritish bilan bogliq masalad
tijorat banklarimiz ojiz sanaladi chunki buning huquqiy me’yor ishlab chiqilishi
lozim, ammo mijozlarga kredit taqdim etishda ularning kreditga layoqatliligini
aniq va to‘g‘ri baholash va kredit portfelini sifatini oshirish kabi masalalarda
yaxshi natijalarga erishish tijorat banklarimizning o‘ziga havola. Kredit
operatsiyalariga esa iqtisodiy o‘sishga turtki beruvchi dastaklardan biri sifatida
qaraydigan bo‘lsak, bu sohadagi mavjud muammolarni hal qilish va uni
takomillashtirish ayni damda bank tizimimiz uchun o‘ta zarurdir.
70


XULOSA
Tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kreditlar respublika iqtisodiyotida
muhim o‘rin tutishi o‘z-o‘zidan aniq. U jismoniy va yuridik shaxslar moddiy
texnika bazasini mustahkamlashga ko‘maklashib, asosiy va aylanma ishlab
chiqarish fondlarini tuzish, tiklash va ko‘paytirish manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Korxonalar va tashkilotlarga o‘z mablag‘lari bilan cheklanib qolmaslik, yangi pul
mablag‘larini xo‘jalik oborotiga kiritish imkonini beradi va shu bilan ishlab
chiqarishning o‘sishi va jadallashishi uchun zarur iqtisodiy zamin yaratadi. Banklar
o‘z navbatida, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo‘shimcha qarz mablag‘lari
yuzaga kelishining asosiy manbai bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonini qayta
tuzilmalash, faol iqtisodiy siyosat yuritish, tadbirkorlikni rivojlantirish va ishlab
chiqarish samaradorligini oshirish uchun qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilishga
yordam beradi.
Bitiruv malakaviy ishini yozish jarayonida olib borgan tahlillar shuni
ko‘rsatmoqdaki, respublikamizda foliyat olib borayotgan tijorat banklarining
kreditlash salohiyatining birlamchi omili hisoblangan kapitali hamda ular
tomonidan jalb qilinayotgan yuridik shaxslarning depozitlari va aholi omonatlari
yildan-yilga o‘sish tendentsiyasiga ega bo‘lmoqda. Davlatimiz tomonidan bank
tizimi barqarorligini oshirish, ularning resurs bazasini mustahkamlash va
kapitallashuv darajasini doimiy ravishda o‘sishini ta’minlash xar yili ustuvor
vazifa sifatida belgilanmoqda. Bu esa bevosita tijorat banklarining kreditlash
salohiyatini oshirishga va natijada ularning iqtisodiyotni modernizatsiya qilish
jarayonidagi ishtirokini faollashuviga olib kelmoqda.
Tijorat banklarimiz ning kreditlash amaliyotini o‘rganar ekanmiz bu sohada
bir qancha muammolar borligini ko‘rib o‘tdik, bu sohani o‘rganishdan maqsad esa
unga to‘g‘ri xulosa tavsiyalar berishdan iborat.
Tahlillar natijasida quyidagi xulosalar shakllantirildi:
1. Tijorat banklari tomonidan real sektorlarga ajratiladigan kreditlar
hajmining o‘sib boorish tendensiyasini ta’minlash lozim. 
71


Shu bilan birga respublikamizdagi barcha banklarning kredit portifelida
iqtisodiyotni real sektor korxonalarini kreditlashга alohida e’tibor qaratsih lozim.
Real sektor korxonalarini takomillashtirish orqali ishlab chiqarish salohiyati va
eksport qilish hajmi oshishi bilan bir qatorda yangi ish o‘rinlari yaratilishiga
erishiladi. Shu bilan birga kreditlarning milliy iqtisodiyot barqarorligini
ta’minlashdagi roli oshadi.
2. Tijorat banklari kreditlarining barqaror sur’atlarda o‘sishini ta’minlash
maqsadida birinchidan, muddati o‘tgan kreditlarning barcha kreditlar hajmidagi
salmog‘ining chegaraviy darajadan (5 %) oshmasligini ta’minlash, ikkinchidan,
talab qilib olinadigan depozitlarning, ya’ni nobarqaror resurslarning barcha
depozitlar hajmidagi salmog‘ini imkon qadar kamaytirish, chunki ular bank uchun
tekin resurs bo‘lgani bilan istalgan vaqt depozit egasi uni bankdan talab qilishi
mumkin.
3. Respublikamiz tijorat banklari iqtisodiyotning real sektori korxonalarini
hamda jismoniy shaxslarnikreditlash amaliyotida zamonaviy kreditlash
shakllaridan keng foydalanish rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish
tavsiya etildi. 
Tijorat banklarining zamonaviy kreditlash shakllaridan keng foydalanishi,
birinchidan kredit taklifini oshirsa, ikkinchidan kredit xizmatlarining soni va sifati
jihatdan o‘sishiga zamin yaratadi. Buning natijasida xo‘jalik sub’ektlari va
jismoniy shaxslarning bank kreditlaridan foydalanish darajasi oshadi.
4. Tijorat banklari mijozlarining aksariyat qismida pul oqimining
beqarorligini hisobga olib, banklarda mijozlarning kredit to‘loviga layoqatliligini
baholashning moliyaviy koeffitsientlar usulidan to‘liq foydalanishni yo‘lga qo‘yish
lozim.
5. Respublikamiz tijorat banklarida uzoq muddatli resurs bazani
shakllantirish orqali banklar kreditlash salohiyatini oshirishning asosiy
yo‘nalishlari asoslandi. O‘zbekiston bank amaliyotida tijorat banklarining
nodepozit mablag‘larni jalb qilish amaliyotini kengaytirish maqsadga muvofiq.
Chunki, uzoq muddatli ipoteka qimmatli qog‘ozlari, obligatsiya va depozit
72


sertifikatlarini muomalaga chiqarish orqali banklar mustahkam resurs bazasiga ega
bo‘ladi.
6. Tijorat banklarining kreditlash salohiyatini oshirishning birlamchi
omillaridan hisoblangan aholining muddatli va jamg‘arma depozitlariga
nisbatan xorij amaliyotida qo‘llaniladigan antisipativ foiz stavkalaridan
foydalanishni yo‘lga qo‘yish. Bu birinchidan, aholi o‘rtasida muddatli va
jamg‘arma depozitlardan olinadigan daromadlarga nisbatan qiziqish uyg‘otsa,
ikkinchidan tijorat banklarining uzoq muddatli kredit resurslariga ega bo‘lishini
ta’minlaydi. Tijorat banklarining resurs bazasi qanchalik yuqori va barqaror
bo‘lsa ularni oqilona joylashtirish va transformatsiya riskini kamaytirish
imkoniyati tug‘iladi.
Yuqoridagi takliflar tijorat banklarining kredit faoliyatiga joriy etilishi
ularning kreditlash salohiyatini barqarorlashtirishga, banklarning kreditlash
faoliyati samaradorligi oshishiga va natijada ular tomonidan iqtisodiyotni
modernizatsiya qilish sharoitida ustuvor tarmoqlarni moliyaviy qo‘llab-
quvvatlashdagi faolligini oshirishga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi degan
fikrdamiz.
73



Download 419,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish