tendensiyasiga ega bo‘lmaganiga amin bo‘lamiz. 2013-yilda bank qariyb
155 mlrd so‘mlik faktoring xizmatlarini ko‘rsatgan bo‘lsa 2016-yilga kelib,
dinamikada “qulash” yuzaga kelgan va mazkur yil davomida 670 million so‘mlik
faktoring xizmatlari ko‘rsatilgan. Bu esa 2016-yilda bu xizmatga talabning o‘ta
kamayganligidan dalolat beradi, 2017-yili esa 29 mlrd so‘mdan oshgan.
2017-yil 10-iyunda Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan 2900-sonli
“Jismoniy shaxslarga bank plastik kartochkasi orqali
overdraft krediti berish
tartibi to‘g‘risida”gi nizom ishlab chiqildi va tijorat banklari overdraft kreditini
faqat jismoniy shaxslarga taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Jumladan
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB ham 2018-yil yanvar oyidan boshlab bu kreditni
taqdim eta boshladi va quyida uning xususiyatlariga to‘xtalamiz.
Overdraft krediti bank tomonidan ish haqi
hisob-kitobi uchun emissiya
qilingan Bank plastik kartochkasiga pul o‘tkazish yo‘li bilan bank mijozlariga
ajratiladi. Bunda, mijozning so‘roviga asosan “UzPSB Mobile” ilovasi orqali
kredit beriladi va erkin foydalanadi.
Overdraft-kreditning asosiy shartlari:
- bank plastik kartasiga oxirgi o‘n ikki oy davomida faqat ish haqi va unga
tenglashtirilgan tushumlarni o‘rtacha bir oylik miqdorida (lekin amaldagi eng kam
ish haqining ellik barobaridan oshmagan miqdorda) kredit liniyasi ochish yo‘li
bilan beriladi; kredit foizi:
- yillik 24%;
-
i
kreditdan foydalanish muddati 12 oy, bunda kreditning 11-oyi kredit
miqdori 50 foizga kamaytiriladi hamda oxirgi oyi (12-oy) kredit ajratilmaydi va
qarzdorlik to‘liq so‘ndiriladi;
- mijozning plastik kartasiga ish haqi to‘lovlari kirim qilinishi bilan olingan
kredit qarzdorliklarini so‘ndirish uchun mablag‘lar aktseptsiz chiqim qilinadi va
to‘langan kredit doirasida qo‘shimcha ravishda kredit
olish imkoniyati paydo
bo‘ladi.
50
Kredit olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etiladi:
nnn.
-
.
qarz oluvchi pasporti yoki pasport o‘rnini bosuvchi hujjat nusxasi;
Fff..
-
..
qarz oluvchining daromadlari to‘g‘risidagi hujjatlar (oxirgi 12 oy
mobaynidagi daromadlari to‘g‘risida ish beruvchi tomonidan berilgan
ma’lumotnomada xodimning soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR),
yakka tartibdagi jamg‘arma pensiya hisob raqami va ish beruvchi yuridik
shaxsning soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami ko‘rsatilishi kerak);
- ta’minotga oid tegishli hujjatlar.
Bank filiali zarur hollarda qarz oluvchidan
qonun hujjatlari bilan
taqiqlanmagan qo‘shimcha hujjatlarni talab qilishi mumkin.
Quyidagi kredit ta’minot turlaridan biri taqdim etilishi mumkin:
- mol-mulk va qimmatli qog‘ozlar garovi;
- bank yoki sug‘urta tashkilotining kafolati;
-
.
uchinchi shaxs kafilligi;
-
..
qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining bank
foydasiga sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi;
- ta’minotning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlari.
Ta’minot miqdori kredit summasining 125 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.
Mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan kredit liniyalari ochish orqali
kreditlash keng ko‘lamda deb ayta olmaymiz lekin chet el banklari va xalqaro
moliya instititlaridan kredit liniyalari jalb etish orqali kreditlar ajratish amaliyoti
rivojlangan. Quyida “O‘zsanoat qurilish bank” jalb etgan xorijiy kredit liniyalarini
ko‘rib o‘tamiz.
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan
jalb qilingan Kommersbank
(Germaniya) kredit liniyasi kichik biznes subyektlari va sanoat korxonalarini
moliyaviy qo‘llab quvvatlash maqsadida kreditlar ajratadi (5-jadval). Bank yana
“Rayffayzenbank” (Avstriya) orqali ham kredit liniyalarini jalb etgan va bu
liniyaning moliyalashtirish sohasi ham kichik biznes
subyektlarini va sanoat
tarmog‘idagi korxonalarni moliyalashtirish hisoblanib asbob uskunalarni sotib
51
olishga yo‘naltiriladi va yuqoridagi kredit liniyadan farqli jihati foizi – 8-9%
ekanligi va imtiyozli davrning 6 oygacha ekanligidir. Prezidentimiz ning 2017-yil
21-noyabrda Janubiy koreyaga tashrifi arafasida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va
Koreyaning Eksimbanki o‘rtasida tadbirkorlik sub’ektlarini yanada qo‘llab-
quvvatlash maqsadida asosiy banklararo bitimga kredit liniyasi summasi
miqdorini 10 milliondan 30 million dollargacha ko‘paytirishni ko‘zda tutuvchi
qo‘shimcha kelishuv imzolandi.
Ushbu bitim bundan keyin ham Koreya
Respublikasidan zamonaviy
Do'stlaringiz bilan baham: