Tashkiliy tuzilma deganda korxona boshqaruvi funksiyalarini bajaruvchi turli xil
bo‘lim, xizmat va bo‘linmalar tarkibi, o‘zaro munosabatlari va bir-biriga bo‘ysinishini
tushunish lozim. Tashkiliy tuzilma boshqaruvning tizim va alohida faoliyat turi sifatidagi bir
butunligini ifodalaydi. U boshqaruv organlarining ma’lum bir tartibini, hokimiyat va
bo‘ysinish aloqalarini, vertikal va gorizontal mehnat taqsimotining integratsiyalashuvini
taqozo etadi.
Boshqaruv elementlari va bo‘g‘inlari o‘rtasidagi aloqalarning shakli, tuzilmaviy
bo‘linmalarning moslashuvchanligi va bir-biriga bo‘ysinuvchanligiga ko‘ra, boshqaruvning
quyidagi tashkiliy tuzilmalari mavjud:
chiziqli;
funksional;
aralash (chiziqli-funksional);
matritsali.
Do'stlaringiz bilan baham: |