63
korxona
hujjatlarining
davlat
arxiviga
topshirilganligini
tasdiqlovchi
ma’lumotnomani.
Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan
muddatlarda o‘zlarining ustav jamgarmalarini shakllantirmagan korxonalar faoliyatini
tugatish tartibi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 iyuldagi Qarori bilan tasdiqlangan
“Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan
muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish
tartibi to‘g‘risida Nizom” ososida amalga oshiriladi. Unga ko‘ra moliya-xo‘jalik faoliyatini
olti oy mobaynida amalga oshirmayotgan korxonalarni (bank hisobvaraqlari bo‘yicha uch
oy mobaynida operatsiyalarni o‘tkazmagan savdo, savdo-vositachi korxonalarni),
shuningdek qonunchilikda belgilangan muddatda o‘zlarining ustav jamgarmalarini
shakllantirmagan korxonalarni tugatish korxona muassislarining qarori asosida ixtiyoriy
yoki xo‘jalik sudi qarori asosida amalga oshiriladi.
"Moliya-xo‘jalik faoliyati" atamasi ostida korxonalarning mahsulot ishlab chiqarish,
ishlarni bajarish hamda buxgalteriya-moliya, hisob-kitob va tovarga ilova hujjatlarini
yuritish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish faoliyati tushuniladi.
Bunday korxonalar faoliyatini bundan buyon davom ettirishining maqsadga
muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani hal etish, shuningdek korxonalarni tugatish jarayonini
xo‘jalik sudlari qarorlari bo‘yicha amalga oshirish (ularning muassislari, qatnashchilari
ularni tugatishga rozi bo‘lmagan, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarning turar joyini
aniqlash va ularni tugatish jarayoniga jalb etishni ta’minlash mumkin bo‘lmagan hollarda)
quyidagi idoralarda amalga oshiriladi:
Adliya organlari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan korxonalar bo‘yicha -
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklari huzuridagi maxsus komissiyalar tomonidan;
SHaharlar, tumanlar hokimliklari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan
korxonalar bo‘yicha - ushbu hokimliklar huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatga
olish inspeksiyalari komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra qarzdorning
pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qondirishga va majburiy to‘lovlar
bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va to‘lovlar
majburiyati yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy davomida qarzdor tomonidan
bajarilmagan bo‘lsa, uning bankrotlik alomatlari deb e’tirof etiladi.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ish bankrotlik alomatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, agar
qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar eng kam ish haqi miqdorining kamida besh
yuz karrasini tashkil etadigan bo‘lsa, xo‘jalik sudi tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin
Pul majburiyatlarini bajarmaganligi natijasida qarzdorni bankrot deb topish
to‘g‘risidagi ariza bilan xo‘jalik sudiga murojaat etish huquqiga qarzdor, kreditor va
prokuror ega.
Majburiy to‘lovlar majburiyatini bajarmaganligi natijasida qarzdorni bankrot deb
topish to‘g‘risidagi ariza bilan xo‘jalik sudiga murojaat etish huquqiga qarzdor, prokuror,
davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlar ega.
Qarzdor, agar uning yuqorida keltirilgan holatlar mavjud bo‘lsa, o‘zini bankrot deb
topish to‘g‘risidagi ariza bilan xo‘jalik sudiga murojaat etishga haqli.
Do'stlaringiz bilan baham: