Taqdimotlar rasmiylashtirish qoidalari:
1-Qoida. Rasmlar sifatiga e’tibor qaratiladi. Rasmlar katta va aniq boʻlishi kerak. Mayda rasmlarni butun slayd boʻylab tortishga harakt qilmang, bu rasm sifatini sezilarli yomonlashuviga olib keladi. Bitta slaydda e’tiborni chalg’itishi va koʻzda yuklanish paydo boʻlmasligi uchun uchtadan ortiq rasm kiritilmaydi. Rasm slaydda shunchaki joy olmasdan, biron-bir mazmuniy ma’noga ega boʻlishi kerak.
2-Qoida. Taqdimot faqat matn bilan toʻldirib qoʻyilmaydi. Bir slaydda uchtadan ortiq boʻlmagan, makismal darajada qisqartirib siqilgan tezis. Bitta slaydda dokladchining gapirganlari matda qayta takrorlanishi mumkin emas, balki, aytilganlar mohiyati qisqacha ifodalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |