TOShKENT MOLIYA INSTITUTI
IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI BAJARISH BOʻYICHA
USLUBIY QO’LLANMA
Toshkent – 2020
KIRISh
Ta’limning asosiy vazifasi talabada oʻz-oʻzini rivojlantirish va mustaqil bilimini oshirish koʻnikmalarini hosil qilish, innovatsion faoliyatga qobiliyatli boʻlgan ijodiy salohiyatini shakllantirishdan iborat. Faqat talabaga tayyor koʻrinishdagi bilimlarni berish yoʻli bilan bu masala echimini topish mushkul. Bilimlar sust iste’molchisidan muammollarni shakllantirib yorita oladigan, uni echish yoʻllarini tahlil eta oladigan, optimal natija topa oladigan va uning toʻg’riligini isbotlay oladigan faol ijodkor shaxsga aylantirish oʻta muhim vazifa hisoblanadi. Yana shuni ta’kidlash lozimki, talabalarning mustaqil ta’limi shunchaki oʻquv jarayonining muhim shakli boʻlib qolmay, balki etuk mutaxassislarni tayyorlashda uning asosi boʻlishi lozim.
Jahon hamjamiyatida barcha sohalarda barcha faoliyat uchun zarur boʻlgan axborotlar hajmining mislsiz oʻsib borayotganligi va shu bilan bir vaqtda, sohaviy bilimlar doirasi uzluksiz kengayib borayotgan ayni damda faqat auditoriya mashg’ulotlari orqali talabalarga har qanday fan doirasida boʻlgani kabi, hozirgi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining toʻxtovsiz rivojlantirilishi sharoitda “Davlat xizmatlarini koʻrsatish milliy tizimi” fanidan ham mavjud bilim va ma’lumotlarni birgina auditoriya mashg’ulotlari toʻliq etkazib berishning imkoni cheklangan.
Tajribadan ma’lumki, talaba mustaqil ravishda shug’ullansa va oʻz bilimlarini doimiy va uzluksiz ravishda kengaytirib borsagina oʻz bilim koʻlamini mukammalashtirib boradi va sohani toʻlaqonli oʻzlashtirishi mumkin. Demak, talaba fan doirasida oʻtilgan auditoriya mashg’ulotlaridan tashqari asosiy bilim, koʻnikma va malakalariga qoʻshimcha shug’ullanish va ilmiy nuqtai nazardan izlanish olib borishning eng samarali yoʻli boʻlgan mustaqil ta’lim jarayoni orqaligina ega boʻladilar, bu bilan mustaqil faoliyat koʻrsatish va qaror qabul qilish qobiliyati rivojlanib boradi va ularda ijodiy ishlashga koʻnikmalar shakllanib boradi. Xulosa qilib aytganda, talaba auditoriyada olgan bilimlarini toʻlaqonli mustahkamlash, shu bilan birga, navbatdagi mavzuni puxta oʻzlashtirishi uchun doimiy ravishda mustaqil holda tayyorgarlik koʻrish va ijodkorona yondashish maqsadga muvofiq boʻladi.
Talabalarning mustaqil holda bilimlarini kengaytirish bilan shug’ullanishlari Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 20 iyuldagi 341-son qaroriga 3-ilova “O’zbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toʻg’risida NIZOM”, hamda Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 14avgust 286 sonli buyrug’iga 1-ilova “Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish boʻyicha YO’RIQNOMA” asosida rejalashtiriladi va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg’ulotlarida talabalarni oʻqitish bilan bir qatorda ularni mustaqil holda oʻqib-oʻrganish koʻnikmalarini shakllantirish, bilimni kengaytirish usullarini koʻrsatish va yoʻllanma berish oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |