14-Mavzu. RAQOBAT NAZARIYASI
REJA
1. Raqobatning iqtisodiy mohiyati,
2. Raqobat shakllari va usullari
3. O’zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va antimonopol qonunchilik.
1. Raqobatning mohiyati
Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo’jaligining eng muhim belgisi, rivojlantirish usuli va tartibga solish mehanizm hisoblanadi.
Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan yondoshishni talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o’rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o’z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobat oxir-oqibatda iste’molchilar uchun kurashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |