Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi



Download 2,68 Mb.
bet89/141
Sana31.12.2021
Hajmi2,68 Mb.
#215227
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   141
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi Ma'ruzalar TFI @mustaqilishlar

Xususiy tadbirkorlik alohida shaxs yoki korxona tomonidan xususiy tashabbus asosida tashkil qilinadi. Tadbirkorlikning bu shaklida mulk va ishlab chiqarish natijalari xususiy shaxslarga tegishli bo’lib, ishlab chiqarishni tashkil qilish yollanma mehnatga asoslanadi.

Shaxsiy tadbirkorlik shaxsiy mulkka asoslanadi, ishlab chiqarishni tashkil qilish o’zi yoki oila a’zolari mehnati asosida amalga oshiriladi. Shaxsiy korxona egasi uning menejeri ham hisoblanib, korxonaning barcha majburiyatlari uchun shaxsiy javobgar bo’ladi. Xo’jalik xuquqi nuqtai-nazaridan shaxsiy tadbirkorlik huquqiy shaxs hisoblanmaydi, shu sababli uning egasi cheklanmagan mas’uliyatga ega bo’lib, faqat fuqarolardan olinadigan daromad solig’ini to’laydi. Bu odatda kichik magazin, xizmat ko’rsatish sohasidagi korxonalar, dehqon xo’jaliklari, hamda huquqshunos va hakamlarning malakaviy doirasida tashkil qilingan tadbirkorlikdir.

O’zbekistonda kichik va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashning mintaqaviy dasturlarini amalga oshirish natijasida so’nggi olti yil mobaynida faoliyat, yuritayotgan kichik sub’ektlari tomonidan ishlab chikarilayotgan sanoat mahsulotlari hajmi 2008 yil salkam 22 foizga ko’paydi. Bu sanoat tarmog’idagi o’rtacha o’sish ko’rsatkichidan ancha ko’pdir. Shuning natijasida kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2007 yildagi 45,5 foizdan 2008 yilda 48,2 foizga ko’tarildi. Bugungi kunda mamlakatimizda ish bilan band bo’lgan jami aholining 76 foizga ko’prog’i (jadval) aynan shu sohada mehnat qilayotgani ayniqsa e’tiborlidir».1

Tadbirkorlikning tashkiliy-iqtisodiy shakllari tadbirkorlar faoliya-tini tashkil qilish sohasi bo’yicha kelishuvlarni tavsiflaydi. Ulardan quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:

Kartel – bir tarmoq tadbirkorlari o’rtasidagi narxlar, mahsulot sotish bozorlari, ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ularning ulushlari, mahsulot o’lchamlari va shu kabilar haqidagi kelishuvdir;

Sindikat – bir tarmoq tadbirkorlari tomonidan ortiqcha raqobatni bartaraf qilish, barqaror foyda olish maqsadida mahsulot sotishning birlashtirilishi;

Konsortsium – tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarni birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi (Masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda katta miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qo’yish).

Kontsern – qatnashish tizimi orqali korxonalarni nazorat qiluvchi ko’p tarmoqli hissadorlik jamiyati.

Tadbirkorlikning sanab o’tilgan tashkiliy-iqtisodiy shakllari, bozor-ni nazorat qilish uchun monopolistik birlashmalar hisoblanadi. Shu sababli, davlat raqobatchilik muhitini ta’minlash uchun monopoliyalarga qarshi qonunlar qabul qildi.

Tabdirkorlik faoliyatini amalga oshirishning muhim shakllaridan biri hissadorlik (aktsionerlik) jamiyatlaridir.

Ancha katta va yirik ishlarni bajarishlari uchun kishilar o’zlarining mehnatini, mehnat qurollari va boshqa ishlab chiqarish vositalari hamda pul resurslarini (kapitallar) birlashtirishlari lozim bo’ladi. Jamoa kuchini shu asosda birlashtirish natijasida turli xil ittifoqlar (uyushmalar) vujudga keladiki, ular ilmiy adabiyotlarda, qonuniy bitimlarda «jamiyat» deb atala boshlandi.

Jamiyat umumiy tushuncha; ularning shakli iqtisodiy mazmuni, faoliyatining maqsadi va huquqiy majburiyatlari har xil bo’lishi mumkin.

Hozirgi kunda korxonalarni hissadorlik shaklda tashkil qilish jahon xo’jaligi va avvalo yirik ishlab chiqarishning ajralmas qismi hisoblanadi. AQSh, Yaponiya va G’arbiy Evropadagi barcha etakchi mamlakatlarda hissadorlik jamiyatlari sanoat, savdo, sug’urta ishi va iqtisodiyotning boshqa sohalarida korxonalarning etakchi tashkiliy-huquqiy shakli bo’lib qoldi.

Aktsiya chiqarish va uni erkin joylashtirish hissadorlik munosabat-larning muhim tomonlaridan birini tashkil qiladi.



Aktsiya – bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga o’zining ma’lum hissasini qo’shganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog’ozdir. Bundan tashqari, aktsiya korxonani boshqarishda qatnashish huquqini ham beradi.


Download 2,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish