Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi


Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati va uning asosiy belgilari



Download 2,68 Mb.
bet85/141
Sana31.12.2021
Hajmi2,68 Mb.
#215227
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   141
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi Ma'ruzalar TFI @mustaqilishlar

1. Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati va uning asosiy belgilari

Respublikamizda mustaqillikning mevalaridan biri – bu iqtisodiyotda bozor tizimini joriy qilinishi va xo’jalik yuritishning turli shakllarida olib borishga imkon yaratilishidir. Bular jumlasiga: tadbirkorlik faoliyati uchun shart-sharoitni yaratib berish ham kiradi.

Tadbirkorlik faoliyati iqtisodiy faoliyatning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Tadbirkorlikning tarixi juda uzoq o’tmishga borib taqalsa-da, uning hozirgi zamon tushunchasi XVIII asrda paydo bo’lgan va ko’pincha «Mulkdor» iborasi bilan bir xil tushunilgan.

Keyinchalik real xo’jalik hayotida ishtiroq etuvchi kapitalning mulkdor kapitaldan ajralib chiqishi natijasida «tadbirkorlik» tushunchasi «mulkdor» tushunchasiga to’g’ri kelmay qoladi.

Tadbirkorlik umuman pul topish emas. Pul topishni bir necha yo’li bor, ya’ni yollanib ishlash yoki ish yuritmay kapital hisobidan daromad topib, o’zlashtirish, qonunga xilof holda daromad topib o’zlashtirish kabilar. Bular tadbirkorlik sohasiga kirmaydi.

Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati to’g’risidagi bir qator nazariy qarashlar mavjud. Ularning asosiylari quydagilar:



  • Tadbirkor, bu noaniq daromadga ega kishilar. Tavakkalchilik xatari uning bosh xususiyatidir (R.Kontilon. U bu atamani iqtisodiy fanga ham olib kirgan);

  • Tadbirkor, tijorat bilan shug’ullanib, foyda olish maqsadida tavakkalchilik qiluvchi muok egasi (A.Smit);

  • Tadbirkor, iqtisodiy agent sifatida foyda olish uchun o’z tajribasi va bilimini tivakkalchilik xataridan ko’rkmay ishga soluvchi shaxs.(J.B.Sey);

  • Tadbirkor, foydaning o’sishini maqsad qilib qo’yadigan, xatarga tayyor turadigan va kishilarni birlashtira oladigan tashabbuskor shaxs.(V.Zamberg);

  • Tadbirkor, ishlab chiqarish omillarni uyg’unlashuvining yangi nisbatini izlovchi, iqtisodiy o’sishi ta’minlovchi va novatorlik xususiyatlari yuqori darajada rivojlangan kishi. (I.Shumpeter).

Hozirgi zamon g’arb adabiyotida ham tadbirkorlikka foyda olish maqsadini ko’zlab xo’jalik yuritish san’ati, iqtisodiy va tashkiliy ijodkorlik, tashabbusning erkin namoyon bo’lishi, novatorlik, xavf-xatarga nisbatan tayyor bo’lish va shu kabi ko’p qirrali tomonlari bilan qaraladi.

Hozirgi kunda bizning iqtisodiy tafakkurimiz, aniqrog’i boshqarish nazariyasi xam tadbirkorlik faoliyatini shunday tushunish tomon bormoqda.

Jumladan, «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunida ta’riflanishicha tadbir-korlik (tadbirkorlik faoliyati) – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mulkiy ma’suliyat ostida, mavjud qonunlar doirasida, daromad (foyda) olish maqsadida, tahlika bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir.

Qisqa qilib aytganda, tadbirkorlik faoliyati foyda olishga qaratilgan iqtisodiy faoliyatdir.

Tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun albatta mulk egasi bo’lish shart emas, u zarur vositalarni ijaraga olishi, ssuda olishi va ishni yuritishi mumkin.

Tadbirkor bozordagi talabni qondirish imkoniyatlarini oldindan ko’ra oladi va ularni qondirish niyatida zarur bo’lgan sarmoyalarni jalb qiladi, ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish jarayonida birlashtiradi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishda foydalaniladigan mulk va boshqa boyliklar tadbirkorlik faoliyatisiz o’zini iqtisodiy jihatdan to’la namoyon qila olmaydi va, shubhasiz, tovar ishlab chiqaruvchilarga etarlicha daromad keltirmaydi.

Tadbirkorlik faoliyati tushunchasining mazmuni uning belgilarida yanada aniqroq ifodalanadi. Tadbirkor foyda olish maqsadida tovar (yoki xizmat) ishlab chiqarishning yagona jarayonida er, suv, kapital va mehnat resurslarini birlashtirish tashabbusini oladi. Shu bilan birga tadbirkor bir vaqtda ishlab chiqarishning harakatlantiruvchi kuchi va ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun boshqa resurslarni bir joyda uyg’unlashtiruvchi tashabbuskor hisoblanadi.


  1. Tadbirkor biznesni yuritish, foydani ko’paytirish bo’yicha asosiy qarorlar qabul qiladi, bu qarorlar korxona faoliyatining maqsadini aniqlab beradi.

  2. Tadbirkor – yuqori foyda orqasidan quvib, yangi mahsulotlar, yangi ishlab chiqarish texnologiyasi yoki hatto biznesni tashkil qilishning yangi shakllarini tijorat asosida joriy qilishga harakat qiluvchi tashabbuskor shaxs hisoblanadi.

  3. Tadbirkorlik faoliyati – bu tahlikaga boruvchi faoliyatdir.

Hozirgi zamon tadbirkori bozorni talabgir tovarga to’ydira oladigan tovar ishlab chiqaruvchidir. U yangilikni joriy eta oladigan, ishlab chiqarish omillaridan oqilona foydalanib iqtisodiy o’sishni ta’minlaydigan, o’zi va o’z jamiyati boyligini oshira oladigan bo’lishi zarur.

Tadbirkorlikning rivojlanishi, o’z navbatida, bir qator sharoitlarning mavjud bo’lishini taqozo etadi, ular asosida umuman tovar ishlab chiqarish-ning umumiy ijtimoiy – iqtisodiy shart-sharoitlari yotadi.

Birinchidan, tadbirkor xo’jalik yuritishda uning biron turini tanlash, ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish, uni o’zgarishlarga moslashtirish, manbalarni tanlash, resurs topish, mahsulot sotish, ularga baho belgilash, foydani tasarruf qilish va shu kabilar bo’yicha ma’lum xuquq va erkinliklar mavjud bo’lishini taqozo etadi.

Ikkinchidan, tadbirkor ishlab chiqarish vositalariga, ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadga mulkchilik xuquqiga ega bo’lishi kerak. Tadbirkorlik faoliyati mulkdorning o’zi tomonidan ham, uning mol-mulki asosida ish yurituvchi sub’ekt tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.

Xo’jalik yuritish xuquqi, ya’ni mol-mulkidan foydalanish va daromadni tasarruf qilish tadbirkor tomonidan takror ishlab chiqarish jarayonini boshqarishining muhim shart-sharoitini tashkil qiladi.

Ma’lumki, tadbirkorlik faoliyatining vazifasi nafaqat foyda olishga, balki uni qaysi maqsadlarda ishlatish va samarali sarflash yo’llarini topishga qaratiladi, ya’ni u iste’mol-taqsimotchi nuqtai nazaridan emas, balki yuqori raqobatbardoshlilikni saqlab turish, xo’jalikni takomillashtirish, kengaytirish va shu kabilarni amalga oshirishga asoslanadi.

Uchinchidan, xo’jalik yuritish yo’lini erkin tanlash, daromadni investitsiyalash imkoniyati va shu kabilarni real ta’minlaydigan ma’lum iqtisodiy muhit va ijtimoiy siyosiy sharoit yaratishi zarur.

To’rtinchidan, erkin tadbirkorlik, mulkchilik va o’zlashtirishning turli-tuman shakllari va turlarini taqozo qiladi. O’z navbatida turli-tuman-lilikning o’zi ob’ektiv hodisa bo’lib, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi oqibati sifatida maydonga chiqadi.

Etarli moliyaviy manbalarga, yaxshi ma’lumot va malakali tayyorgarlikka ega bo’lish, umumiy tijorat qonunchiligi, soliq bo’yicha imtiyozlar, tadbir-korlik muhiti va uni rivojlantirishda jamiyat manfaatdorligining mavjud bo’lishi tadbirkorlikni rivojlantirishning navbatdagi shart-sharoitlari hisoblanadi.

Yuqorida ko’rib chiqilgan barcha shart-sharoitlar mavjud bo’lgan davlatlarda tadbirkorlik yaxshi rivojlanadi, aks holda faoliyatning bu turi xufyona iqtisodiyot sohasiga o’tib ketadi.


Download 2,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish