Shunday qilib, inson yashar ekan turli-tuman ehtiyojlari mavjud. Ularni qondirish uchun zarur bo’lgan ne’matlar cheklangan. Sababi ularni ishlab chiqarish uchun resurslar cheklangan. Cheklanganlik bizni har qadamda tanlashga majbur qiladi. Tanlab qaror qabul qilishimiz uchun muqobil variantlarni taqqoslashimiz, taqqoslash uchun esa uning mezonlarini belgilashimiz kerak.
Ehtiyojlar tarkibi nihoyatda xilma-xil bo’lgani uchun ularga turli jihatdan yondoshib, qo’yilgan maqsadga ko’ra ma’lum bir guruhlarga ajratish mumkin. Bu tanlovni osonlashtiradi. Turli variantlardan birini tanlash qolgan ehtiyojlardan voz kechishga yoki miqdorini kamaytirishga olib keladi. Insonning butun hayoti tanlov asosida qanday qarorga kelishiga bog’liq.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining asosiy vazifasi ham ana shu tanlovni eng maqbul yo’llarini topib, to’g’ri qaror chiqarishni o’rganishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |