7-chizma. Laffer egri chizig’i.
Grafik tik o’qida soliq stavkasi (R), yotiq o’qida - davlat byudjetiga tushumlar
(V) aks etgan. Soliq stavkasining optimal miqdori (R1) davlat byudjetiga eng yuqori tushum (V1) ni ta’minlaydi. Soliqlar yanada oshirilganda ishlashga va tadbirkorlikka qiziqish susayadi, 100 foizli soliq olishda davlat daromadi nolga teng bo’ladi, chunki hech kim tekinga ishlashni xohlamaydi. Boshqacha aytganda, uzoq muddatli istiqbolda haddan tashqari yuqori o’rnatilagan soliqlarni pasaytirish jamg’armalar, investitsiyalar, bandlilikning ortishi orqali soliq undiriladigan yalpi daromad hajmining o’sishini ta’minlaydi. Natijada soliq tushumlari summasi ko’payadi, davlat daromadlari hajmi o’sadi, taqchillik kamayadi va inflyatsiyaning susayishi ro’y beradi. Lekin o’z o’zidan tushinarliki, Laffer samarasi faqat erkin bozor mexanizmi me’yorida amal qilgan holdagina namayon bo’ladi.
Laffer nazariyasining haqiqatga yaqinligi shundaki, soliq normasining oshishi yoki tushishi shubhasiz kapital qo’yilmalar o’sish sur’atiga to’siq bo’luvchi yoki aksincha rag’barlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Ammo, umuman bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalarga soliq stavkasidan tashqari ko’plab omillar ta’sir ko’rsatadi. Bu omillar ichida muxim o’rinni tsiklning xususiyatlari, u yoki bu korxona mahsulotiga talab va taklif nisbati, ular foydasining darajasi egallaydi.
Davlatning fiskal siyosati va uning turlari.
Bozor iqtisodiyoti muammolariga bag’ishlangan har qanday ilmiy manbalarda, asosan xorijda amalga oshirilgan tadqiqotlarda fiskal siyosatning nazariy va amaliy jihatlariga ma’lum darajada to’xtab o’tilgan. Shu bilan birga fiskal siyosatning iqtisodiy mohiyati va uni amalga oshirish mexanizmlari ancha uzoq davr davomida iqtisodiyot va moliya sohasiga doir ilmiy adabiyotlarning tarkibiy qismi sifatida qaror topgan. Bunda fiskal siyosatning muammolariga bag’ishlangan turli xil iqtisodiy qarashlar tarixan ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sirida ziddiyatli tarzda shakllangan.
Fiskal siyosatning iqtisodiy mazmuniga doir turli xil qarashlarni tahlil qilish, aniq iqtisodiy-ijtimoiy tizimlar sharoitidagi va amal qilish xususiyatlarini hamda davlatning iqtisodiyotga samarali ta’sir qilish dastaklaridan ekanligini asoslash va milliy iqtisodiyotning muvozanatligini ta’minlashdagi ustuvor yo’nalishlarini, aniq iqtisodiy tamoyillarini belgilash zarurdir. Chunki, davlat paydo bo’lishi bilan fiskal siyosat jamiyatdagi turli xil iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishning zaruriy tarkibiy qismlaridan va jamiyat rivojlanishi ob’ektiv ravishda taqozo qiladigan talablaridan biri bo’lib kelgan. Davlat tuzilishi shakllariga va jamiyatning shu jumladan moliyaviy siyosat dastaklari o’zgarib to’xtovsiz takomillashib borgan. Inglizcha variantdagi so’z orqali kirib kelgan «fiskal siyosat» tushunchasi mamlakatimiz va xorij iqtisodiy adabiyotlarida turlicha talqin qilinadi, ko’p hollarda «byudjet - soliq», «moliya - soliq» va «moliyaviy siyosat» deb yuritiladi1.
Do'stlaringiz bilan baham: |