Taqsimlash. Bo’sh pul mablag’larini qaytarish sharti bilan qarzga berish orqali kapitalni turli tarmoqlar, korxonalar o’rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashni amalga oshiradi va ishlab chiqarish resurslarini ko’chib yurishini ta’minlaydi.
Emissiya. Kredit asosida va unga bog’liq holda pul belgilari, pulga tenglashtirilgan naqd pulsiz to’lov vositalari, turli qimmatbaho qog’ozlar emissiya qilinadi, xo’jalik oborotiga kiritiladi.
Nazorat qilish. Kredit operatsiyalarini bajarish jarayonida iqtisodiy faoliyat, moliyaviy ahvol nazorat qilinadi. Davlat kredit munosabatlari orqali pul oborotining barcha jarayonlarini boshqarishni amalga oshiradi.
Bo’sh pul mablag’larining harakatdagi, oborotdagi kapitalga aylantirish.
Bunda pulni pul topadi degan naql amalga oshadi.
Rag’batlantirish. U yoki bu maqsad uchun qarz berish, qarzni undirish orqali, tejamkorlik, iqtisodiy o’sish rag’batlantiriladi.
Tovar ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlaydi, ishlab chiqarish vaqtini qisqartiradi.
Kredit berish uchun avvalo qarz beradigan mablag’ bo’lishi kerak. Bu mablag’lar qaerdan olinadi, manbai nima? degan savol tug’iladi.
Mablag’lar manbai quyidagilar:
Birinchidan, korxonalarning vaqtincha bo’sh pul mablag’idir. Bu mablag’lar kapitalning doiraviy aylanishi bilan bog’liq bo’lib, ma’lum muddat uning bir qismi bo’sh bo’ladi. Chunonchi amortizatsiya ajratmalari, bu mablag’lar asosiy kapitalni yangilash payti kelguncha bo’sh bo’lib, bankdagi hisob schyotlarida jamlanib boradi. “Tezlashtirilgan” amortizatsiya siyosati tufayli bu mablag’lar o’sib borish tendentsiyasiga ega. Mahsulot sotishdan keladigan pul tushumlari. Bu pul
ham xom-ashyo, materiallar sotib olish, xodimlar mehnatiga haq to’lash, vaqti kelguncha bo’sh turadi. Korxonalarning ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag’batlantirish fondlari ham asta jamlanib borib, belgilangan maqsad bo’yicha ishlatilguncha bo’sh turadi. Korxonalar foydasi davlat byudjeti va kredit tizimi bilan hisob-kitob qilinguncha, shuningdek foydalanguncha bankdagi hisoblarda saqlanadi. Ish haqi ham har 15 kunda berilar ekan, ungacha bu pul yig’ila boradi, hamda ishlatilguncha bo’sh bo’ladi.
Ikkinchidan, moliya - kredit muassasalarining pul mablag’lari. Ularning daromadlari bilan xarajatlari o’rtasidagi farq xarajatlarni qoplaganidan ortgani bo’sh pul mablag’larini tashkil etadi. Tijorat banklari va moliya-kredit muassasalarining minimal pul rezervlari ham ssuda fondi manbai bo’ladi.
Uchinchidan, davlat ixtiyoridagi pul. Davlatning zahiradagi pul mablag’lari, markaziy va mahalliy hokimiyatlarning xarajatlari bilan soliq tushumlari o’rtasidagi farq tarzida bo’sh pullar mavjud bo’ladi. Byudjet tizimi mablag’lari harakati natijasida ma’lum miqdorda bo’sh pullar hosil bo’ladi.
To’rtinchidan, turli maxsus (pensiya, sug’urta, xayriya), ijtimoiy fondlarning mablag’lari. Bu fondlarning pullarini hosil bo’lishi va ishlatilishi har xil vaqtda yuz beradi. Bu ma’lum miqdorda pul mablag’larini bo’sh qolib, qarz fondiga aylanishi uchun imkon beradi.
Beshinchidan, aholi pul daromadlari va jamg’armalari. Fuqarolarning iste’molchi sifatida qimmatbaho tovarlar olish, uy qurish, marosimlar o’tkazish uchun jamg’arilgan pullari ishlatilgunga qadar bo’sh bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |