Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi


Jahon xo’jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish



Download 0,5 Mb.
bet107/119
Sana12.12.2022
Hajmi0,5 Mb.
#884005
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   119
Bog'liq
Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi

Jahon xo’jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish.


Butun jahon xo’jalik hayotining baynalminallashuvi davlatlararo xo’jalik aloqalarni tartibga solishning mexanizmini yaratish zarurligiga olib keldi. Hozirgi davrda qandaydir tartibga soluvchi tuzilma amal qilmaydigan xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasini topish qiyin. Jumladan, moliya, valyuta va kredit sohalarida xalqaro valyuta fondi (XVF-MVF), xalqaro tiklanish taraqqiyoti banki (XTTB- MBRR), jahon savdosi sohasida-tariflar va savdo bo’yicha bosh kelishuv (TSBK- GATT) ni ko’rsatish mumkin.


Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish milliy tashkiliy shakllardan boshlanadi. Xo’jalik hayotining baynalminallashuv jarayoni dastlab milliy davlatlar faoliyatini xalqaro uyg’unlashtirishga, keyin esa davlatlararo va xaqaro tashkilotlar tuzilishiga olib keldi.
Huquqiy ma’noda tartibga solish xalqaro tartiblarni o’rnatishga, ya’ni miyoriy normalar va qoidalarni aniqlovchi kelishuvlarni ishlab chiqarishni yoki xalqaro aloqalarning qandaydir sohasini hal qilishda tomonlarga majburiyatlarga amal qilishni yuklaydi. Umumqabul qilingan standartlar va qoidalarni o’z ichiga oluvchi xalqaro tartiblar o’z navbatida milliy tartibga solishga ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Birinchi xalqaro tashkilotlar 20-yillarda tuzilgan bo’lsada, (Millatlar ligasi- 1919 y, Xalqaro hisob-kitoblar banki 1929 y.) xalqaro darajada jahon xo’jalik aloqalarini ko’p tomonlama tartibga soluvchi tuzilmalar ikkinchi jahon urushidan keyin shakllana boshladi.
1945 yil maxsus xalqaro uyg’unlashtiruvchi muassasalar –Xalqaro valyuta fondi (XVF-MVF) va Xalqaro tiklanish taraqqiyot banki (XTTB-MBRR) tashkil topdi. Hozirgi davrda ham ularning ikkalasi muhim xalqaro tashkilot hisoblanadi: jahon savdosi, xalqaro kredit va valyuta munosabatlari sohalarini davlatlararo tartibga solishning tartib-qoidalarini aniqlab beradi. Urushdan keyingi davrda tuzilgan tariflar va savdo bo’yicha bosh kelishuv (TSBK-GATT) Evropa iqtisodiy hamkorligi tashkiloti (EIXT-OEES), NATOning iqtisodiy masalalarni uyg’unlashtiruvchi komiteti (IMUK-KOKOM) xalqaro iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish davriga to’g’ri keladi.
Jahon savdosini erkinlashtirish ko’p tomonlama shartnoma asosida harakat qiluvchi, xalqaro savdo tartib qoidalarini qayd qiluvchi xalqaro tashkilot (TSBK- GATT) doirasidagi faoliyat bilan bog’liq. Hozirgi davrda TSBK jahon savdo oborotining 45 qismidan ko’prog’ini tartibga soladi. TSBK milliy va regional darajada vaqti-vaqti bilan kuchayib boruvchi protektsionizmga qarshi turadi, milliy manfaatlarni o’zaro kelishtirishga yordam beradi. Uning faoliyati savdoda kamsitmaslik, savdoda tarifli va tarifsiz cheklashlarni aniqlashda teng asosda maslahatlashish kabi printsiplarga asoslanadi. TSBK faoliyatining asosiy shakli qatnashuvchi tomonlarining ko’p tomonlama savdo muzokaralarini o’tkazish hisoblanadi.
Ammo jahon savdosi raqobat kurashi asosida boradi, shu sababli o’zaro maqbul qarorlarni qidirib topishga va savdoni xalqaro darajada tartibga solishga ko’plab qiyinchiliklar bilan erishiladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning yana bir ahamiyatga molik sohasi-bu valyuta-moliya sohasidir. Xalqaro moliyaviy munosabatlarni uyg’unlashtirish XVF (MVF), XTTB (MBRR), iqtisodiy xamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IXRO-OESR), xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU-MAR), Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK- MFK) va shu kabilar doirasida amalga oshiriladi. G’arbdagi etti etakchi mamlakatlarning har yillik kengashi bu sohada muhim rol o’ynayddi.
Valyuta - moliyaviy sohani xalqaro uyg’unlashtirishning kuchayishi ko’p jihatdan XVFning faoliyati bilan bog’liq. U o’zining nizomiga muvofiq valyuta kurslari va a’zo mamlakatlar to’lov balanslarini tartibga soladi, ko’p tomonlama to’lov tizimlari va rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi qarzolarini nazorat qiladi, a’zo mamlakatlarga ularning valyuta moliya muammolarini hal qilish uchun kredit beriladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda tarkibiy qayta qurishlarni moliyalashtirish bilan XTTB faol shug’ullanadi. XTTB va u bilan birga jahon banki tarkibiga kiruvchi Xalqaro rivojlanish Uyushmasi (XRU-MAR), Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK-MFK) har xil investitsion ob’ektlarni o’rta va uzoq muddatli kreditlash bilan shug’ullanadi, loyixalarning moliyaviy-iqtisodiy asoslarini tayyorlaydi, rivojlanayotgan mamlakatlardagi tarkibiy qayta o’zgartirishga yordam beradi.
Davlatlararo tashkilotlar ichida barcha sanoat jahatdan rivojlangan mamlakatlarni birlashtiruvchi IXRO muhim rol o’ynaydi. Uning doirasida ichki iqtisodiy tadbirlarning boshqa mamlakatlar milliy iqtisodi samaradorligiga ta’sirini, ularning to’lov balansi holatini o’rganish amalga oshiriladi, milliy iqtisodning jahon xo’jaligi tamoyillariga tez moslashishini ta’minlash maqsadida makroiqtisodiy tartibga solish bo’yicha tavsiyanomalar beriladi. IHRO jahon xo’jaligi doirasida ko’p omilli fuktsional aloqalarni o’rganishni amalga oshiradi, valyuta va byudjet siyosati, narxlar, savdo va boshqa sohalar bo’yicha ilmiy asoslangan iqtisodiy prognozlar tavsiya etadi.
Sharqiy-Evropa mintaqasida tarkibiy qayta qurishga moliyaviy ta’sir ko’rsatish va yordam tashkil qilish maqsadida 1991 yil Evropa tiklanish taraqqiyoti banki (BTTB-EVRR) tuzildi.
Shuni ta’kidlash lozimki, jahon iqtisodiy munosabatlarini xaqaro tartibga solish tizimida doimiy o’zgarishlar ro’y berib turadi.
80-yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sabablar taqozo qilgan dunyo siyosiy vaziyatdagi o’zgarishlar, jahon xo’jalik aloqalari tizimini ko’p tomonlama tartibga solish shakllari evolyutsiyasiga olib keldi. Bular ichida sobiq sotsialistik mamlakatlarda vaziyatning o’zgarishi, tashqi faoliyatida mustaqil sub’ektlarni tashkil qiluvchi davlatlar sonining keskin ko’payishi hamda dunyo mamlakatlari ichida ro’y beradigan o’zgarishlar muhim o’rin tutadi.
80-yillarning o’rtalarida dunyoda AQSh, G’arbiy Evropa va Yaponiyadan iborat ancha qudratli raqobatlashuv markaz vujudga keldiki, bu ham jahon iqtisodiy munosabatlarini tartibga solishga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Jahon xo’jalik aloqalarini tartibga solishga xalqaro tashkilotlar a’zolar tarkibidagi o’zgarishlarning ham ta’siri bo’ldi. XVF, XTTB, TSBKga Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasidagi ozod bo’lgan mamlakatlar va keyin qator sobiq sotsialistik
mamlakatlar faol kira bordiki, bu ham jahon xo’jaligi aloqalarini tartibga solishda ma’lum o’zgarishlarga olib keladi.
Evropa Ittifoqi (EI) doirasida yagona bozorni bunyod etishga harakat tufayli yagona umumevropa fuqaroligi, iqtisodiy, valyuta va siyosiy ittifoq ta’sis etiladi. Bu ittifoqning shartnomada belgilangan vazifalarini bajarish uchun bir qator Evropa muassasalari tuzildi.
Evropa Ittifoqining ijroya organi
-Evropa hamjamiyati Komissiyasi (EHK)dir. Uning a’zolarini milliy xukumatlar tayinlaydi, lekin ular o’z faoliyatlarida mutlaqo mustaqildir.
Ittifoqning qarorlar qabul qilish organi:
-Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Uning tarkibida ichki ishlar, moliya, ta’minot, qishloq xo’jaligi kabi Vazirlar kengashi mavjud bo’ladi.
Evropa hamjamiyati Komissiyasi faoliyatini nazorat qilish, hamjamiyat byudjeti va qonunlarini maqullash hamda ularga o’zgartirish kiritish huquqi Evropalament zimmasiga yuklatiladi.
Evropa Ittifoqida 1999 yildan boshlab yagona pul-kredit siyosati o’tkazila boshlandi. Shu munosabat bilan yagona valyuta-evro joriy etildi va yangi muassasa - Evropa Markaziy banki tuzilib, u milliy banklar bilan birga Evropa banklar tizimining asosini tashkil qiladi.

      1. Download 0,5 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish