4-mavzu: O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li Reja



Download 224,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana11.04.2022
Hajmi224,03 Kb.
#543080
  1   2   3   4
Bog'liq
4-мавзу




4-mavzu: O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li 
Reja: 
1.
O'ziga xos taraqqiyot yo'lini tanlash zarurati
2.
O'zbekistonning o'ziga xos xususiyatlari va shart-sharoitlari 
3.
Taraqqiyotning “O'zbek modeli” 
4.
Iqtisodiy islohotlarning besh tamoyili 
1. O'ziga xos taraqqiyot yo'lini tanlash zarurati.
O'zbekiston
mustaqillikka erishganidan so'ng kun tartibida jahon andozalariga mos keladigan 
davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlarni amalga oshirish, 
ularni qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy tizimni vujudga keltirish vazifasi 
turar edi. Chunki, sobiq sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar 
endilikda mamlakatda barpo qilinajak yangi jamiyat manfaatlariga mos kelmas edi. 
Mulkchilik, mulkka egalik va uni boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor 
mexanizmi, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini normal izga solish ana shunday 
jiddiy yangilanishlarni taqozo etardi. 
Shuni ham aytish kerakki, jahonda hamma mamlakatbop ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishning tamoyillari, barcha uchun tavsiya etish lozim bo'lgan tayyor 
andozalari hech qachon bo'lmaydi. Shu bilan birga rivojlanishning madaniy, 
ma'rifiy, tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an'analari mavjud bo'lgan 
O'zbekistonday qadimiy makonda o'ziga xos yo'l tanlash uchun ancha-muncha 
izlanish lozim edi. Biroq, vaqtni boy bermay, tezkorlik bilan ish tutish kerak edi. 
Shuning uchun ham «mustaqil O'zbekiston tug'ilgan kuniyoq oyoqqa turishga, o'zi 
yurishga majbur edi». 
O'zbekiston o'z mustaqilligini qo'lga kiritgan dastlabki paytda mamlakat 
ichkarisida bo'lgani kabi uning tashqarisida ham unga ishonmaydigan, shubha bilan 
qaraydiganlar bor edi. Hatto, sobiq markazdagi ayrim karomatgo'ylar O'zbekiston-
ga nisbatan «O'zlaringni mustaqil boshqarishga, mustaqil davlat qurishga qodir 
emassizlar», «Sizlar mute, qaram millatsizlar», deb kamsitishsa, mamlakat 
ichkarisidagi ayrim toifalar o'rtasida «Endi O'zbekiston qanday yo'ldan boradi? 
Qanday jamiyat quradi? Markazsiz yashay oladimi? Respublikada barqarorlik 



ta'minlanadimi?— qabilidagi savollar vujudga kelgan edi. Unga har kim o'zicha 
javob qidirar edi. 
Ziddiyatli va murakkab bir paytda O'zbekiston uchun o'ziga xos taraqqiyot 
yo'lini tanlash, yangi jamiyat barpo qilish uchun o'z andozasini ishlab chiqish g'oyat 
dolzarb va ahamiyatli edi. O'z navbatida bunday vazifani uddalash O'zbekistondagi 
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat, odamlar o'rtasida tarkib topgan munosabatlar, 
ularning dunyoqarashi, jumladan, diniy e'tiqodi, ruhiyati va xulq-atvor me'yorlari 
shuni taqozo etardi. 
Ayni chog'da, O'zbekistonning o'z ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish andozasini 
ishlab chiqishda rivojlangan mamlakatlarning ko'p asrlik tajribasini o'rganish, 
ularning foydali qismini o'zlashtirish bilan birga O'zbekiston xalqining turmush tarzi 
va an'analariga ham tayanish lozim edi. Shuning uchun tub yangilanishlar 
yo'nalishlarini belgilar ekan, Prezident I.Karimov O'zbekiston mustaqilligining 
dastlabki kunidanoq, «jahon va o'zimizning amaliyotimizdan olingan barcha unumli 
tajribani rad etmagan holda o'z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot 
yo'limizni tanlab olish respublikaning qat'iy pozitsiyasidir» — degan edi. 
Albatta, mamlakat uchun hayot-mamot bosqichi bo'lgan bir paytda uning 
yangi jamiyatga o'tishi bilan bog'liq vazifalarni bajarish davlat rahbaridan yangi 
sharoitga mos boshqaruv tizimini ishlab chiqishni, jamiyatning iqtisodiy asosini 
vujudga keltirishni taqozo qilardi. Aholining barcha toifalarini yagona maqsad 
atrofida birlashtiruvchi g'oyalar tizimini yaratishni talab etardi. O'zbekistonning 
o'ziga xos taraqqiyot yo'li ana shu tarzda tanlandi. 

Download 224,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish