Asosiy adabiyotlar:
1,2,3,4,5,6,7,12,13,16,21.
147
Qo’shimcha adabiyotlar:
6,8,9,12,16,29.
148
17-MAVZU. BOZOR IQTISODIG’TINI TARTIBGA SOLISH.
DAVLATNING IQTISODIY ROLI.
REJA:
1. Davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishdagi
roli hakidagi nazariya va qarashlar.
2. Iqtisodiyotni Davlat tomonidan tartibga solish,
uning maqsadi va vazifalari.
3. Davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usullari
va vositalari.
1. Davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishdagi
roli haqidagi nazariya va qarashlar.
Milliy iqtisodiyotning samaradorligi ko’p omilli ko’rsatkich bo’lib, bunda
samaradorlikning erishilgan darajasi ko’p jihatdan iqtisodiyotdagi davlat yoki bozor
tizimining tutgan roliga bog’liq bo’lishi mumkin. Chunki ancha yuqori
samaradorlikka, birinchidan, bozorning tartibga solish usullari orqali; ikkinchidan,
iqtisodiyotni faqatgina yagona markazdan ongli ravishda markazlashgan boshqarish
yo’li bilan; uchinchidan, takror ishlab chiqarish jarayonida davlatning aralashuvi va
bozor usullarini uyg’unlashtirish orqali erilishiladi. Hozirgi davrda
Respublikamizning milliy iqtisodiyoti rivoji uchun ko’proq uchinchi yo’l xarakterli
xisoblanadi.
Iqtisodiy tafakkur tarixidan birinchi marta davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi
A.Smit tomonidan ilmiy asosda ko’rib chiqilgan. Uning "Xalqlar boyligining tabiati
va sababalarini tadqiq qilish haqida" (1776 yil) degan kitobida bozor usullari orqali
iqtisodiyotning o’z-o’zini tartibga solishning zarurligi ta’kidlab o’tilgan. A.Smitning
fikricha xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazoratidan to’liq ozod
bo’lishi zarur. Ana shundagina ishlab chiqaruvchilar iste’molchilar talabiga mos
ravishda ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoniga ega bo’ladi. Bunda bozor
vositasida tartibga solish, har qanday chetdan aralashishsiz ishlab chiqaruvchilarni
butun jamiyat manfaatlari uchun harakat kilishga majbur kiladi.
A.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlariga har qanday aralashuvi oxir oqibatda
faqat vaziyatni yomonlashtiradi deb xisoblaydi. Masalan, davlat tomonidan
belgilangan tashqi savdo tartib - qoidalari milliy iste’molchilarga faqat zarar
keltirishi mumkin. Haqiqatdan ham importga boj to’lovi (poshlinasi) milliy ishlab
chiqaruvchilarga ustunlik berib, ularning chet el sheriklariga nisbatan raqobatlashuv
qobiliyatini oshiradi. Ammo bu oxir oqibatda ishlab chiqarishning ancha yuqori
xarajatlari va past sifatini saqlab qolishiga olib keladi. Bunda past sifatli va narxi
qimmat tovarlarni sotib olishga majbur bo’lgan milliy iste’molchilar yutqazadi.
A.Smitning "Tinch qo’yish" nazariyasi, 1923 - 1933 yillarda bozor
iqtisodiyotiga asoslangan deyarli barcha mamlakatlarni qamrab olgan iqtisodiy
inqiroz davrida tanqidga uchradi. Iqtisodiy tanazzul va ommaviy ishsizlik davlatning
iqtisodiy jarayonlarga aralashuvini kuchaytirishni taqazo qildi.
149
Davlatni iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi Djon M.Keynsning "Ish bilan
bandlilik, protsent va pulning umumiy nazariyalari" nomli kitobida o’z aksini topdi
(1936). Bu kitobda muallif davlat fiskal (xazinaviy) va kreditli tartibga solish
vositalaridan foydalanib, jamiyatning yalpi talabini rag’batlantirishni va aholining ish
bilan bandligini ta’minlashi zarurligini isbotlaydi.
Amalda gap davlatning uzluksiz ravishda krizisga qarshi siyosat o’tkazishi,
iqtisodiy inqirozning salbiy oqibatlarini tugatish va sanoat tsiklining o’zgarishini
yo’qotish haqida ketadi. Keyns nazariyasi ancha tugallangan nazariya sifatida
AQShda amalga oshirildi.
Urushdan keyingi davrda Keyns nazariyasidagi ko’rsatmalar u yoki bu
darajada bozor iqtisodi amalda ustun bo’lgan barcha mamlakatlarda foydalaniladi.
Shu bilan birga davlatning iqtisodiyotdagi rolining yanada ko’proq oshib borishi ro’y
berdi. Hozirgi davrda davlat tomonidan tartibga solishni muhim maqsadi sifatida
nafaqat tsikliga qarshi tartibga solish va ish bilan bandlilikni ta’minlash, balki
iqtisodiy o’sishning yuqori darajasini va yaxlit takror ishlab chiqarish jarayonini
optimallashtirishni rag’batlantirish tan olinadi.
Ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyotiga o’tish
sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvini nima belgilab beradi?- degan
savol tug’ilish tabiiy.
Birinchidan, davlat o’ziga milliy iktisodiyotda bozor vositasida o’z - o’zini
tartibga solish orqali bajarish mumkin bo’lmagan yoki samarali bajarish mumkin
bo’lmagan vazifalarni oladi. Bunga mudofaani ta’minlash, mamlakatda ichki tartibni
saqlash va aholining kam ta’minlangan qismini ijtimoiy himoyalash kabilarni misol
qilib keltirish mumkin.
Ikkinchidan, bozor iqtisodi sharoitida hususiy ishlab chiqarish va iste’mol bir
qator ijobiy va salbiy oqibatlarni tug’diradi.
Bu oqibatlar bevosita uchinchi shaxs manfaatida aks etadi va demak
kishilarning alohida guruhi va umuman jamiyat manfaatiga ta’sir qiladi. Masalan,
chiqitli texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishlarda tozalash qurilmalariga
xarajatlarni tejash, xususiy ishlab chiqaruvchilar nuqtai nazaridan (u yoki bu
kompaniya yoki individual ishlab chiqarishga) foydali, atrof muhitni ifloslanishiga
olib kelishi esa boshqa kishilar uchun qo’shimcha salbiy oqibatga ega.
Davlat yakka tadbirkor yoki istemolchidan farqli, jamiyat manfaatini ifodalab,
qo’shimcha ijobiy samarani rag’batlantirishga va aksincha salbiy samara bilan
bog’liq faoliyatni tartibga solishi va cheklashga harakat qilishi zarur.
Uchinchidan, davlatning iqtisodiy jarayonlariga aralashuvi shu sababli ro’y
beradiki, individual istemolchilar hamma vaqt u yoki bu tovarni iste’mol qilishning
oqibatlarini ob’ektiv baholay olmaydi. Shu nuqtai nazardan, davlat foydali iste’molni
kengaytirish va aksincha sog’liq uchun zarar tovarlar iste’molini cheklash vazifasini
o’z zimmasiga oladi. Masalan, davlat tamaki mahsulotlari yuqori aktsiz (egri)
solig’ini o’rnatilib, bir tomondan o’zining daromadini oshirsa, boshqa tomondan shu
mahsulotni sotib olish talabini cheklaydi.
To’rtinchidan, davlat o’z zimmasiga bozorning tabiatidan kelib chiqadigan
ayrim holatlarni qisman engillashtirish vazifasini oladi. Bozor hamma uchun to’lovga
qobil talabini qondirishga teng imkoniyatni ta’minlaydi. Ammo bu bozorning milliy
150
boylikni ijtimoiy - adolatli taqsimlashni ta’minlashini bildirmaydi. Bunday sharoitda
davlat aholining kam ta’minlangan qatlamini turmush darajasi haqida G’
amxo’rlik qilishi, pulsiz (yoki imtiyozli) bilim berish, tibbiy xizmat ko’rsatish
va shu kabilarni o’z zimmasiga oladi.
Beshinchidan, hozirgi sharoitda iqtisodiy o’sishning barqaror izchilligini
rag’batlantirish vazifasi ham davlatning zimmasiga tushadi.
151
Do'stlaringiz bilan baham: |