Tsiklik ishsizlik
– iqtisodiy tsiklning inqiroz fazasi bilan bog’liq bo’lib, ishsizlikning
haqiqiy darajasi tabiiy darajadan farqlanishini ko’rsatadi. Ishsizlikning bu turi
majburiy ishsizlik hisoblanadi va tsiklning yuksalish fazasida mavjud bo’lmaydi.
Ixtiyoriy ishsizlik
tabiiy ishsizlik turi bo’lib, bunda mehnatga layoqatli kishilarning
mehnat faoliyatidan o’z xohishi bo’yicha chetlashgan, ya’ni ishlashni xohlamaydigan
qismi tushuniladi.
Institutsional (muassasaviy) ishsizlik
ham tabiiy ishsizlikning navbatdagi turi
hisoblanadi. Ishsizlik bu turini mehnat bozori infratuzilmasi amal qilishi hamda shu
bozorda talab va taklifni o’zgartiruvchi omillar keltirib chiqaradi.
Texnologik va hududiy
ishsizlik majburiy ishsizlik turlari hisoblanadi.
Texnologik ishsizlik
ishlab chiqarishning amal qilishida texnologik usullar bir-
birining o’rniga kirib kelishi bilan birga boradi. Ularning ichida asosiylari
mexanizatsiya, avtomatlashtirish, robotlashtirish va informatsion texnologiyani
qo’llash hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |