Iste’molga o’rtacha moyillik
– shaxsiy daromadning iste’molga ketadigan
ulushi.
Jamg’armaga o’rtacha moyillik
– shaxsiy daromadning jamg’armaga
ketadigan ulushi.
Iste’molga qo’shilgan moyillik
– shaxsiy daromad o’sgan qismining iste’mol
qilinadigan qismi yoki ulushi.
Jamg’armaga qo’shilgan moyillik
– shaxsiy daromad o’sgan qismining
jamg’armaga ketadigan hissasi.
Iqtisodiy jamg’arish
– mil
liy daromadning bir qismidan asosiy va aylanma
kapitallarni, shuningdek, ehtiyot va zahiralarni ko’paytirish uchun foydalanish.
Jamg’arish normasi
– jamg’arish fondining milliy daromadga nisbatining
foizdagi ifodasi.
Kapital quyilmalar
– asosiy kapitalni kengaytirish va uni takror ishlab
chiqarishga qilinadigan sarflar.
Investitsiyalar
– ishlab chiqarishni va xizmat ko’rsatish sohalarini
kengaytirishga, ya’ni asosiy va aylanma kapitalga pul shaklidagi qo’yilmalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |