36
Asosiy tayanch tushunchalar:
Iste’mol
– jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarish
natijalaridan va ishlab chiqarish omillari (ishchi kuchi)dan foydalanish jarayonini
bildiradi.
Shaxsiy iste’mol
– iste’molchilik xarakteridagi ne’matlar va xizmatlardan
bevosita foydalanishni, ya’ni ularning individual tarzda iste’mol qilinishini bildiradi.
Unumli iste’mol
– ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari va
ishchi kuchidan foydalanishni anglatadi.
Iste’molchilik sarflari
– aholi daromadlarining tirikchilik ne’matlari va
xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi.
Jamg’arma
– aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining
kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadida to’planib
borilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: