Shaxsiy daromad
– milliy daromaddan ijtimoiy sug’urta ajratmalari, korxona
foydasidan olinadigan soliqlar va korxonaning taqsimlanmay qolgan foydasini
chiqarib tashlash hamda aholi qo’liga kelib tushadigan ijtimoiy (davlatning transfert
to’lovlari) to’lovlar summasini qo’shish yo’li bilan aniqlanadi.
Nominal YaMM
– joriy narxlarda hisoblangan YaMM.
Real YaMM
– narxlarning o’zgarishini hisobga olib, doimiy narxlarda
hisoblangan YaMM.
Oraliq mahsulot
– ishlov berish, qayta ishlash va qayta sotish maqsadlarida
sotib olingan mahsulotlar.
Pirovard mahsulot
– ishlab chiqarish jarayoni yakunlangan, shaxsiy va
unumli iste’mol qilishga tayyor bo’lgan mahsulotlar.
Xufyona iqtisodiyot
– YaMMni ishlab chiqarish, taqsimlash va undan
foydalanishning rasmiy iqtisodiyotdan yashirin qismi.
16
Do'stlaringiz bilan baham: |