1. Belgilangan muddatda qaytarilib berilishi
. Bu faqat kreditning
tamoyiligina emas, balki uning xususiyati, mohiyatini ifodalaydi. Uni pul
berishning boshqa shakllari subsidiya, dotatsiya kabilardan farqi ham shunda,
qaytarish bo’lmasa kredit munosabatlari ham bo’lmaydi.
2. Muddatliligi
. Kredit berishning bu tamoyili avvalgi tamoyil bilan
chambarchas bog’langan. Kredit shartnomasi tuzilayotgan paytda qaytarish
sharti bilan birga muddati ham ko’rsatiladi. Qarz mablag’laridan foydalanganligi
uchun to’lanadigan haq ham uning muddatiga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |