Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/238
Sana08.01.2022
Hajmi0,61 Mb.
#331957
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   238
Bog'liq
iqtisodiyotnazariyasi uzl 1d55d unlocked

Asosiy adabiyotlar: 
1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13,16,17,18,21. 
 
Qo’shimcha adabiyotlar: 
8,9,10,12,13,15,29. 
 


 
104
25-MAVZU. PUL MUOMALASI. 
 
REJA: 
1.  Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari. Pulga bo’lgan talab va 
pul taklifi 
2. 
Inflyatsiya, uning mohiyati va turlari  
3. 
O’zbekistonda milliy valyutani mustahkamlash vazifalari 
 
1. Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari.  
Pulga bo’lgan talab va pul taklifi. 
 
Pul muomalasi - bu tovarlar aylanishiga hamda notovar xarakteridagi 
to’lovlar va hisoblarga xizmat qiluvchi nakd pullar va unga tenglashtirilgan 
aktivlarning harakatidir. 
Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar 
(pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, 
veksellar, akkreditivlar, to’lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. 
Ularning hammasi pul agregati deb yuritiladi. Muomalada mavjud bo’lgan pul 
massasi ularni qo’shish yo’li bilan aniqlanadi. 
Pul muomalasi o’ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. 
Uning qonunlaridan eng muhimi muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini 
aniqlash va shunga muvofiq muomalaga pul chiqarishdir. 
Muomalani ta’minlash uchun zarur bo’lgan pul miqdori quyidagilarga bog’liq. 
I. 
Muayyan davrda, aytaylik bir yil davomida sotilishi lozim bo’lgan tovarlar 
summasiga. Tovarlar qancha ko’p bo’lsa va narxi baland bo’lsa, ularni sotish 
va sotib olish uchun shuncha ko’p pul birligi talab qilinadi. 
II. 
Pul birligining aylanish tezligiga. 
Pul bir xil bo’lmagan tezlik bilan aylanadi. Bu ko’p omillarga, jumladan ular 
xizmat qilayotgan tovarlar turiga bog’liq. 
III.  Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori puldan to’lov vositasi sifatida 
foydalanishga ham bog’liq. Ko’pincha tovarlar qarzga sotiladi va ularning haqi 
kelishuvga muvofiq keyingi davrlarda to’lanadi. Demak, zarur pul miqdori shunga 
muvofiq miqdorda kamayadi. Ikkinchi tomondan, bu davrda ilgari kreditga sotilgan 
tovarlar haqini to’lash vaqti boshlanadi. Bu pulga ehtiyojni ko’paytiradi. 
 
 
Mazkur holatlarni hisobga olganda, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori 
quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi. 
 
 
 
 
 
 
  
 


 
105
 
 
P

- muayyan davrda muomala uchun zarur bo’lgan pul birligi miqdori; 
T

- sotilishi lozim bo’lgan tovarlar narxi summasi; 
X

- haqi sotish davridan boshqa vaqtda to’lanadigan tovarlar narxi summasi; 
X

- haqini to’lash muddati kelgan tovarlar narxi summasi
A

- pulning aylanish tezligi. 
Muomalada bo’lgan pul birligi miqdorining tovarlar narxi summasidan oshib 
ketishi va buning natijasida tovarlar bilan ta’minlanmagan pulning paydo bo’lishi 
pulning qadrsizlanishi, ya’ni inflyatsiyani bildiradi. 
Milliy iqtisodiyotda davlatning, tijorat banklari va boshqa moliyaviy 
muassasalarning majburiyatlari pul sifatida foydalanadi.  
Pul operatsiyalarining asosiy ko’pchilik qismi naqd pulsiz, cheklar va unga 
tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar yordamida amalga oshiriladi. Shu sababli 
muomalada bo’lgan pul miqdorini hisoblash uchun M
1
 ...M
n
 pul agregatlari yoki 
tarkibiy qismi tushunchasidan foydalaniladi.  
Bizning respublikamizda umumiy pul miqdori quyidagi (tarkib)lar asosida 
hisoblanadi:  
M
o
 - naqd pullar;  
M
1
=M
o
+ tegishli hisob varaqalaridagi pul qoldiqlari, mahalliy byudjetlar 
mablag’lari, byudjet, jamoa va boshqa tashkilot mablag’lari;  
    M
2
 = M
1
 + xalq (jamg’arma) banklaridagi muddat omonatlar; 
M
3
 = M
2
 + chiqarilayotgan sertifikatlar + aniq maqsadli zayom obligatsiyalari 
+ davlat zayom obligatsiyalari + xazina majburiyatlari.  
Barcha pul agregatlari yig’indisi yalpi pul massasi yoki yalpi pul taklifini 
tashkil qiladi.  
Pulning tarkibiy qismlarida naqd pullar – metall va qog’oz pullardan iborat 
bo’ladi. Naqd pullar bozor iqtisodiyotida rivojlanayotgan mamlakatlarda umumiy pul 
massasining 5-7 foizni, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mustaqil hamdo’stlik 
davlatlarida 30–35% ni tashkil qiladi.  
Pulga talab – bu bitimlar uchun (P
t
) va aktivlar tomonidan pulga talab (P
a
) ni 
o’z ichiga oladi. 
Aholi o’zlarining hisoblariga navbatdagi pul oqimi kelib tushguncha, kundalik 
ehtiyojlari uchun qo’llarida etarli pulga ega bo’lishi zarur. Korxonalarga ish xaqi 
to’lash, material, yoqilg’i sotib olish va shu kabilar uchun pul kerak bo’ladi. Shu 
barcha maqsadlar uchun zarur bo’lgan pul bitim uchun pulga talab deyiladi. Bitim 
uchun zarur bo’lgan pul miqdori nominal yalpi milliy mahsulot (YaMM) hajmi bilan 
aniqlanadi, ya’ni u nominal YaMM ga mutanosib ravishda o’zgaradi. Aholi va 
korxonalarga ikki holda bitim uchun ko’proq pul talab qilinadi: narxlar o’sganda va 
ishlab  chiqarish hajmi ko’payganda. 
bunda,
А
Х
Х
T
P
 
Т
Т
к
b
m
 
;
+
 

 
=
 


 
106
Kishilar o’zlarining moliyaviy aktivlarini har xil shakllarda, masalan, 
korporatsiya aktsiyalari, xususiy yoki davlat obligatsiyalari shaklida ushlab turishi 
mumkin. Demak, aktivlar tomonidan pulga talab ham mavjud bo’ladi. 
Aktivlar tomonidan pulga talab foiz stavkasiga teskari mutanosiblikda 
o’zgaradi. Foiz stavkasi past bo’lsa, kishilar ko’proq miqdordagi naqd pulga egalik 
qilishni afzal ko’radi. Aksincha, foiz yuqori bo’lganda pulni ushlab turish foydasiz va 
aktivlar shaklidagi pul miqdori ko’payadi. Shunday qilib, pulga bo’lgan umumiy 
talab, aktivlar tomonidan pulga bo’lgan talab va bitim uchun pulga bo’lgan talabning 
miqdori bilan aniqlanadi. 
 


 
107

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish