Toshkent moliya instituti, iqtisodiyot kafedrasi


Mas`uliyati cheklangan jamiyat



Download 130,5 Kb.
bet3/6
Sana31.12.2021
Hajmi130,5 Kb.
#246002
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Oraliq nazorat 1

Mas`uliyati cheklangan jamiyat deb bir yoki bir necha Shaxs tomonidan ta`sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta`sis hujjatlari bilan belgilab qo`yilgan miqdorlardagi uluShlarga bo`lingan jamiyat tan olinadi15. Mas`uliyati cheklangan jamiyatning iShtirokchilari uning majburiyatlari bo`yicha javobgar bo`lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog`liq zarar uchun o`zlari qo`Shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo`ladilar.

Jamiyat davlat tilidagi va bir vaqtda jamiyatning ixtiyoriga binoan boShqa tillardagi to`liq firma nomiga ega bo`liShi lozim va qisqartirilgan firma nomiga ega bo`liShga haqlidir.

Mas`uliyati cheklangan jamiyatning to`liq firma nomi jamiyatning to`liq nomini va "mas`uliyati cheklangan jamiyat" so`zlarini o`z ichiga oliShi kerak. Mas`uliyati cheklangan jamiyatning qisqartirilgan firma nomi uning to`liq yoki qisqartirilgan nomini hamda "mas`uliyati cheklangan jamiyat" degan so`zlarni yoki MChJ abbreviaturasini o`z ichiga oliShi kerak.

Qo`Shimcha mas`uliyatli jamiyat sifatida bir yoki bir necha Shaxs tomonidan ta`sis etilgan, ustav fondi ta`sis hujjatlarida belgilangan miqdorlardagi uluShlarga bo`lingan jamiyat tan olinadi va uning iShtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo`yicha o`z mol-mulklari bilan qo`Shgan hissalari qiymatiga nisbatan hamma uchun bir xil bo`lgan, jamiyatning ta`sis hujjatlarida belgilanadigan karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo`ladilar. IShtirokchilardan biri nochor (bankrot) bo`lib qolganida uning jamiyat majburiyatlari bo`yicha javobgarligi, agar jamiyatning ta`sis hujjatlarida javobgarlikni taqsimlaShning boShqacha tartibi nazarda tutilgan bo`lmasa, boShqa iShtirokchilar o`rtasida ularning qo`Shgan hissalariga mutanosib raviShda taqsimlanadi.

Qo`Shimcha mas`uliyatli jamiyatning to`liq firma nomi jamiyatning to`liq nomini va "qo`Shimcha mas`uliyatli jamiyat" degan so`zlarni o`z ichiga oliShi kerak. qo`Shimcha mas`uliyatli jamiyatning qisqartirilgan firma nomi jamiyatning to`liq yoki qisqartirilgan nomini hamda "qo`Shimcha mas`uliyatli jamiyat" degan so`zlarni yoki QMJ abbreviaturasini o`z ichiga oliShi kerak.

Mas`uliyati cheklangan yoki qo`Shimcha mas`uliyatli jamiyat davlat ro`yxatidan o`tkazilgan paytdan e`tiboran yuridik Shaxs maqomiga ega bo`ladi. Jamiyat boShqa yuridik Shaxslarning muassisi bo`liShga yoki ularning ustav fondida (ustav kapitalida) boShqacha tarzda iShtirok etiShga, vakolatxonalar va filiallar tuziShga haqlidir.

Jamiyat, agar uning ta`sis hujjatlarida boShqacha qoida belgilangan bo`lmasa, nomuayyan muddatga tuziladi.

Jamiyat to`liq firma nomi davlat tilida ifodalangan va jamiyatning joylaShgan manzili ko`rsatilgan dumaloq muhrga ega bo`liShi kerak.

Jamiyatning muhrida uning firma nomi jamiyatning ixtiyoriga binoan boShqa tillarda ham ifodalaniShi mumkin.

Jamiyat o`zining firma nomi yozilgan Shtamplariga va blankalariga, o`z emblemasiga, Shuningdek belgilangan tartibda ro`yxatga olingan tovar belgisiga va boShqa o`z belgi- alomatlariga ega bo`liShga haqlidir.

Jamiyat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyat turlarini amalga oShiriShi mumkin.

Ro`yxati qonunlarda belgilanadigan ayrim faoliyat turlari bilan jamiyat faqat litsenziya asosida Shug`ullaniShi mumkin.

Jamiyat o`z majburiyatlari yuzasidan o`ziga qaraShli barcha mol-mulk bilan javobgar bo`ladi. Jamiyat o`z iShtirokchilarining majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi. Davlat va uning organlari jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo`lmaydi, xuddi Shuningdek jamiyat ham davlat va uning organlari majburiyatlari yuzasidan javobgar bo`lmaydi.


Download 130,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish