Xo`jalik Shirkati deganda muassislarning (iShtirokchilarning) uluShlariga (hissalariga) bo`lingan ustav fondiga (ustav kapitaliga) ega bo`lgan tijorat taShkiloti tuShuniladi, bunday Shirkatda muassislar (iShtirokchilar) yoki ulardan ayrimlari Shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati yuritiShda Shaxsan iShtirok etadilar.
Xo`jalik Shirkati to`liq Shirkat yoki kommandit Shirkat turlariga bo`linadi.
To`liq Shirkat deb iShtirokchilari (to`liq Sheriklari) o`z o`rtalarida tuzilgan Shartnomaga muvofiq Shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan Shug`ullanadigan hamda uning majburiyatlari bo`yicha o`zlariga qaraShli butun mol-mulk bilan javob beradigan Shirkat hisoblanadi. SHaxs faqat bitta to`liq Shirkatning iShtirokchisi bo`liShi mumkin. To`liq Shirkatning firma nomi yo uning barcha iShtirokchilari nomini (nomlaniShini), Shuningdek “to`liq Shirkat” degan so`zlarni yoxud bir yoki bir necha iShtirokchining “va kompaniya” degan so`zlar qo`Shilgan nomini (nomlaniShini), Shuningdek “to`liq Shirkat” degan so`zlarni o`z ichiga oliShi kerak.
Shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oShiradigan hamda Shirkatning majburiyatlari bo`yicha o`zlarining butun mol-mulklari bilan javob beradigan iShtirokchilar (to`liq Sheriklar) bilan bir qatorda Shirkat faoliyati bilan bog`liq zararlar uchun o`zlari qo`Shgan hissalar doirasida javobgar bo`ladigan hamda Shirkat tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oShiriShda iShtirok etmaydigan bir yoki bir necha iShtirokchi (hissa qo`Shuvchi, kommanditchi) mavjud bo`lsa, bunday Shirkat kommandit Shirkat deb hisoblanadi.
Kommandit Shirkatda iShtirok etayotgan to`liq Sheriklarning huquqlari va ularning Shirkat majburiyatlari bo`yicha javobgarligi uShbu qonunning to`liq Shirkat iShtirokchilari to`g`risidagi qoidalari bilan belgilanadi.
Shaxs faqat bitta kommandit Shirkatda to`liq Sherik bo`liShi mumkin. To`liq Shirkat iShtirokchisi kommandit Shirkatda to`liq Sherik bo`la olmaydi. Kommandit Shirkatdagi to`liq Sherik o`Sha Shirkatning o`zida hissa qo`Shuvchi va boShqa to`liq Shirkatda iShtirokchi bo`liShi mumkin emas. Kommandit Shirkatning firma nomi yo barcha to`liq Sheriklarning nomlarini (nomlaniShini) va “kommandit Shirkat” degan so`zlarni yoxud kamida bitta to`liq Sherikning “va kompaniya” degan so`zlar qo`Shilgan holdagi nomini (nomlaniShini), Shuningdek “kommandit Shirkat” degan so`zlarni o`z ichiga oliShi kerak. Agar kommandit Shirkatning firma nomiga hissa qo`Shuvchining nomi kiritilgan bo`lsa, bunday hissa qo`Shuvchi to`liq Sherikka aylanadi. Aksiyadorlik jamiyati deb ustav fondi jamiyatning aksiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan xo`jalik yurituvchi sub`ekt hisoblanadi.
Jamiyat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning har qanday turlarini amalga oshirish chog`ida huquqlarga ega bo`ladi va majburiyatlarni o`z zimmasiga oladi.
Jamiyat davlat ro`yxatidan o`tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlarini qo`lga kiritadi. Jamiyat, agar uning ustavida boshqacha qoida belgilanmagan bo`lsa, cheklanmagan muddatga tuziladi. Jamiyat o`zining firma nomi davlat tilida to`liq yozilgan hamda joylashgan manzili ko`rsatilgan yumaloq muhriga ega bo`lishi lozim. Muhrda ayni paytning o`zida firmaning nomi boshqa istalgan tilda ham ko`rsatilishi mumkin.
Jamiyat o`z nomi yozilgan shtampi va blankalariga, o`z timsoliga, shuningdek belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazilgan tovar nishoniga hamda boshqa o`z belgi- alomatlariga ega bo`lishga haqlidir.
Jamiyat o`z firma nomiga ega bo`ladi, bu nom firmaning tashkiliy-huquqiy shakli va turini (ochiq yoki yopiq) aks ettirishi kerak. Jamiyat davlat tilida va ayni paytning o`zida jamiyat xohishiga ko`ra boshqa tillarda o`zining to`liq va qisqartma nomlariga ega bo`lishga haqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |