Narkotik narxi
RASM
(b) Naðkotikka qarshi o’qitish
(a) Narkotikni ta’qiqlash
Agar talab elastik bo‘lmasa, giyohvand moddalar bozoridagi umumiy daromad ko‘tariladi. Chunki giyohvand moddalardan foydalanishga nisbatan narx ancha ko‘tarilgan bo‘ladi. Bu esa giyohvandlar to‘laydigan umumiy pul miqdorini oshiradi. Giyohvandlar o‘zlarining ehtiyojini qondirish maqsadida o‘g`rilik qilishiga ham to‘g`ri keladi, ularga avvalgidan ham ko‘proq pul zarur bo‘ladi. Demak, giyohvand moddalarni to‘xtatish siyosati unga doir jinoyatlar sonini oshiradi.
Bu siyosatning salbiy ta’siri sababli bir necha mutahassislar muqobil yechim topishda bahslashmoqdalar. Giyohvand moddalar taklifini qisqartirgandan ko‘ra, siyosatchilari giyohvand moddalar haqida ta’lim berish orqali ularga bo‘lgan talabni qisqartirishga harakat qilishlari mumkin. Muvaffaqiyatli ta’limning ta’siri 9-chizmada ko‘rsatilgan.
Talab egri chizig`i chapga D1 dan D2 ga surilgan. Natijada muvozanat miqdori Q1 dan Q2 ga va muvozanat narx esa P1 dan P2 ga tushgan. Umumiy daromad ham pasaygan. Shunday qilib, giyohvand moddalar kirishini to‘xtatishga farqli o‘laroq, ta’lim ham ulardan foydalanishni, ham ularga doir jinoyatlar sonini kamaytirishni ta’minlaydi.
Giyohvand moddalarni to‘xtatish tarafdorlari siyosatning uzoq muddatli ta’siri qisqa muddatlidan ko‘ra farqli deb biladi, chunki talab elastikligi vaqtga bog`liq. Talab qisqa muddatda elastik bo‘lmas, chunki og`uga o‘rganib qolganlarga narxning ko‘tarilishi ta’sir etmaydi. Lekin vaqt o‘tgan sari talab elastikbo‘lib boraveradi, chunki yuqori narx yoshlar orasida bu moddalarni sinab ko‘rishdan qaytaradi va vaqt o‘tgan sayin faqatgina sanoqli giyohvandlar qoladi. Bunday holatda, giyohvand moddalarni to‘xtatish siyosati qisqa muddatda ularga doir jinoyatlar sonini oshiradi, uzoq muddatda esa kamaytiradi.
Xulosa
Talab va taklif vositalari iqtisodiyotni shakllantiradigan ko‘plab muhim voqealar va siyosatlarni analiz qilishga imkon beradi.
Talabning narx elastikligi narxdagi o‘zgarishga nisbatan qancha talab bo‘lishini hisoblaydi. Talab ko‘proq elastik bo‘ladi agar o‘rnini bosuvchi tovarlar mavjud bo‘lsa, agar tovar zaruriyatdan ko‘ra ortiqroq bozor tor doirada yoki xaridorlarda narxning o‘zgarishiga munosabat sekin bo‘lsa.
Talabning narx elastikligi talabning foizdagi o‘zgarishini narxning foizdagi o‘zgarishiga nisbati tarzida hisoblanadi. Agar talab narxga nisbatan kamroq o‘zgarsa, unda elastiklik 1 dan kichik bo‘ladi, ya’ni talab elastik emas desa ham bo‘ladi. Agar aks holat bo‘lsa, elastiklik 1 dan yuqori va talab elastik hisoblanadi.
Umumiy daromad tovar narxi bilan ularning sotilgan miqdoriga ko‘paytirib topiladi. Elastik bo‘lmagan talab uchun, narx oshganda daromad oshadi. Agar talab elastic bo‘lsa narx ko‘tarilganda daromad oshadi.
Talabning daromadlar elastikligi iste’molchilar daromadi o‘zgarganda qancha talab bo‘lganligini ko‘rsatadi. Talabning narxlar kesishuvi elastikligi bir tovar narxining o‘zgarishiga boshqa bir tovarga bo‘lgan talab sonini ko‘rsatadi.
Taklifning narx elastikligi narx o‘zgarishiga qarab qancha taklif bo‘lganligini bildiradi. Elastiklik e’tiborga olingan vaqt birligiga tez-tez bog`liq bo‘ladi. Ko‘plab bozorlarda taklif qisqa vaqtdan ko‘ra uzoq vaqtda elastikroq bo‘ladi.
Taklifning narx elastikligi taklifning foizdagi o‘zgarishining narxning foizdagi o‘zgarishiga nisbati tarzida hisoblanadi. Agar taklifning o‘zgarishi narxning o‘zgarishidan kamroq bo‘lsa, elastiklik 1 dan kichik bo‘ladi, ya’ni taklif elastik emas desa ham bo‘ladi. Agar aks holat bo‘lsa, elastiklik 1 dan yuqori va taklif elastik hisoblanadi.
Talab va taklif mexanizmi turli xil bozorlarda qo‘llaniladi. Bu bo‘limda bug`doy, neft va giyohvand moddalar bozorini tahlil qilishda ulardan foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |