3.Firma daromadini oshirish yo’llari tahlili
Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Koronavirus pandemiyasining salbiy ta'sirini kamaytirish uchun aholi, tadbirkorlik sub'yektlari, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmatlar sohasini qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmoni imzolandi.
Koronavirus pandemiyasi davrida aholini, ayniqsa, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmatlar sohasidagi tadbirkorlik sub'yektlarini qo'shimcha ravishda qo'llab-quvvatlash, ularning daromadlarini ta'minlash, sanitariya-epidemiologik vaziyat yaxshilanishiga qarab ushbu sub'yektlarni jadal qayta tiklash, shuningdek, ish o'rinlarini saqlab qolish maqsadida:
2020 yil 1 iyuldan 2020 yil 31 dekabrga qadar:
umumiy ovqatlanish korxonalari va binolarni ijaraga berishga ixtisoslashgan korxonalar aylanmadan olinadigan soliqni to'lashdan ozod etiladi;
jismoniy shaxslar ko'chmas mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar bo'yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i to'lashdan ozod etiladi;
mol-mulkini (binolar va avtomobil transporti) ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarga soliq maqsadida ijara to'lovlarining eng kam stavkalarini qo'llash tartibi to'xtatib turiladi;
ijaraga beruvchilarga 2020 yil uchun ijara to'lovi miqdorini pasaytirish maqsadida, shu jumladan taqdim etilayotgan soliq imtiyozlarini inobatga olgan holda ijara to'lovini qayta ko'rib chiqish tavsiya etiladi.
2020 yil 1 apreldan 2020 yil 31 dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig'imni to'lashdan ozod qilinadi.
Prezidentning 2020 yil 19 martdagi «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida»gi PF–5969-son Farmonida belgilangan alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug'ullanuvchi korxonalarning ajratmalari miqdorini 5 foizdan 3 foizga pasaytirishga doir imtiyoz muddati 2020 yil 31 dekabrga qadar uzaytiriladi. Umumiy ovqatlanish korxonalariga alkogol mahsulotlarini yetkazib berish orqali sotish huquqi beriladi.
Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun kichik tadbirkorlik sub'yektlariga tatbiq etilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qo'llagan holda, ularni kichik korxonalar toifasiga kiritish maqsadida 2020 yil 1 iyuldan boshlab umumiy ovqatlanish korxonalari uchun belgilangan xodimlarning yillik o'rtacha soni 25 nafardan 50 nafarga oshiriladi.
Yangi tartibga muvofiq 2021 yil 1 iyulga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari karantin cheklovlarining bekor qilinishiga qarab O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan o'rnatilgan joylashtirish, qurish va foydalanish bo'yicha vaqtinchalik talablarga rioya qilgan holda hamda tuman (shahar) hokimliklarini xabardor qilish orqali iste'molchilarga ovqatlanish xizmatlarini ko'rsatish uchun o'zlariga tutash bo'sh yer uchastkalarida yengil konstruksiyalarni bepul joylashtirish va qurish huquqiga ega bo'ladi.
2021 yil 1 iyulga qadar karantin cheklovlarining bekor qilinishiga qarab tadbirkorlik sub'yektlariga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan shartnoma tuzmasdan davlat soliq xizmati organlarini savdo muddati, mahsuloti va transport to'xtashi taqiqlanmagan joylarni ko'rsatgan holda xabardor qilish orqali avtodo'kon, avtomagazin, avtotirkama, avtotsisterna va fudtraklar orqali savdo qilish huquqi taqdim etilishi belgilangan.
Davlat soliq qo'mitasi o'zining rasmiy sayti va mobil ilovalar orqali ko'chma savdoni boshlash to'g'risida elektron xabarnomalarni bepul qabul qilishni ta'minlash topshiriq qilingan.
Vazirlar Mahkamasi ikki kun muddatda umumiy ovqatlanish korxonalarida iste'molchilarga ovqatlanish yoki hordiq chiqarish xizmatlarini ko'rsatish uchun yengil konstruksiyalarni joylashtirish, qurish va ulardan foydalanish bo'yicha vaqtinchalik talablarni tasdiqlaydi, 2021 yil 1 yanvarga qadar xalqaro tajribadan kelib chiqib, umumiy ovqatlanish korxonalarining mavsumiy kafelari ishlashi, shuningdek, ko'chma savdoni amalga oshirish tartibini tasdiqlaydi.
2020 yilda Davlat soliq qo'mitasi tomonidan belgilangan hollarda, soliq to'lovchilarga soliq hisobotlarini taqdim etish muddatlarini besh kundan ko'p bo'lmagan muddatga kechiktirganlik uchun jarima solinmasligi belgilangan.
Prezidentining 2020 yil 18 maydagi «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub'yektlarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida»gi PF–5996-son Farmonida belgilangan quyidagi soliq imtiyozlari va preferensiyalari 2020 yil 31 dekabrga qadar uzaytirilgan:
a) mol-mulk solig'i va yer solig'ini to'lashdan ozod qilish bo'yicha berilgan imtiyozlar:
kichik tadbirkorlik sub'yektlari;
bozorlar va savdo komplekslari, kinoteatrlar, umumiy ovqatlanish korxonalari, jamoat transporti korxonalari, sport-sog'lomlashtirish muassasalari, shuningdek, yo'lovchi tashish, maishiy xizmatlar ko'rsatish, binolarni, shu jumladan banketlar o'tkazish uchun ijaraga berish faoliyati bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslar uchun;
b) ijtimoiy soliq stavkasini 12 foizdan 1 foizga pasaytirish bo'yicha mikrofirma va kichik korxonalar uchun berilgan imtiyozlar (aksizosti mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar, davlat korxonalari va ustav jamg'armasida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo'lgan yuridik shaxslar bundan mustasno);
v) bojxona organlariga murojaat qilgan kungacha bir yildan kam bo'lmagan muddat davomida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirayotgan mikrofirma va kichik korxonalarga, keyinchalik kechiktirilgan summani 120 kun mobaynida teng ulushlarda to'lash sharti bilan, tovarlarni (iste'mol tovarlaridan tashqari) olib kirishda undiriladigan bojxona boji va aksiz solig'ini to'lash muddatini kechiktirish taqdim etish;
g) mikrofirma va kichik korxonalarda 2020 yil 15 may holatiga soliqlar, penyalar va soliq qonunchiligini buzganlik uchun hisoblangan jarimalar bo'yicha mavjud bo'lgan qarzdorlikni undirishni to'xtatish.
Umumiy ovqatlanish korxonalari ijtimoiy soliqning pasaytirilgan stavkasini ishchilarning sonidan qat'i nazar qo'llaydi.
Vakolatli organlar auditorlar, rieltorlar, baholovchilar, aktuariylar, apteka va ularning filiallari mudirlari, turistik tashkilotlarning ishchilari va gidlar (ekskursovodlar), xorijiy tillarga o'qituvchilarning 2020 yil 1 martda tugaydigan malakaviy sertifikatlari muddatini navbatdagi malakaviy imtihonlarni o'tkazish sanasiga qadar uzaytiradi.
«Mahalla» xayriya jamoat fondiga, «Saxovat va ko'mak» fondiga, «O'zbekiston mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondiga, shu jumladan ularning Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi bo'linmalariga beg'araz yordam berish (beg'araz yordam olish) qismida foyda solig'i, qo'shilgan qiymat solig'i, aylanmadan olinadigan soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i bo'yicha imtiyozlarning amal qilishi 2020 yil 31 dekabrga qadar uzaytiriladi.
14 yoshgacha bolalari bo'lgan oilalarga nafaqa, shuningdek, bola ikki yoshga to'lgunga qadar bola parvarishi bo'yicha onalarga beriladigan nafaqalar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ini hisoblashda jami daromadga kiritilmaydi.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik yurituvchi subyektlar oldidagi asosiy maqsad yuqori samaradorlikka erishish ya’ni foydani maksimallashtirish hisoblanadi. Buning uchun ular eng avvalo xarajatlarni qisqartirishga alohida e’tibor qaratishadi. Lekin bunga to’sqinlik qiluvchi omil ham borki, bu mahsulot(ish, xizmat)ning sifatidir. Ya’ni biz har doim ham xarajatlarni xohlaganimizcha qisqartirolmaymiz. Chunki bu mahsulot sifatiga yomon ta’sir qilib, bozordagi talabni keskin qisqartirishi va katta zararlarga olib kelishi mumkin.
Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishning asosiy yo`nalishlaridan biri bo’lib fan-texnika taraqqiyotining yutuqlaridan oqilona foydalanishga erishish hisoblanadi. Fan texnika taraqqiyotining yutuqlaridan oqilona foydalanish mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan, xom ashyo materiallaridan yoqilg`i resurslaridan yanada to`laroq foydalanishga imkon beradi. Shuningdek, yangi unumdorligi yuqori bo`lgan, samarador mashina, dastgoh va yangi texnologik jarayonlar yaratilishi va uni ishlab chiqarishga joriy etish orqali korxonada ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga sharoit yaratish mumkin. Fantexnika taraqqiyotining XX asr ikkinchi yarmidagi o`ziga xos jihati prensipial yangi texnologik ishlab chiqarish usuliga o`tishi bilan xarakterlanadi va uning mavjud texnologik ishlab chiqarish usullaridan ustunligi faqat nisbatan yuqori iqtisodiy samaradorligida emas, balki sifat nuqtai nazaridan ham yangi moddiy nematlar va xizmatlarni ishlab chiqarish imkoniyatlari mavjudligidadir.
Bundan tashqari xarajatlarni pasaytirishda yana bir yo`nalishlaridan biri bu ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning takomillashtirishdir. Ushbu yo`nalishda ishlab chiqarish va mehnatni to’g’ri tashkil etish orqali ishlab chiqarishda yo`qotishlarni kamaytirishga erishilishi mumkin.
Xarajatlar o’zgarib turadi va bu resurslarning bozor narxiga, ularning tejalishiga, xaralatlar turlarining nisbatiga hamda ishlab chiqarish ko’lamiga bog’liqdir. Xarajatlarga ta’sir etuvchi omillarni ikki guruxga bo’lishimiz mumkin:
Xo'jalik yurituvchi subyektga bog'liq bo'lgan omillar. Bunga ishlab chiqarishni to'g'ri tashkil etish va resurslardan oqilona foydalanish kiradi.
Xo'jalik yurituvchi subyektga bog'liq bo'lmagan omillar bo'lib, bularga resurslar narxi va soliqlar kiradi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish chuqur tanglikni chetlab o’tishga intilishga hamda fan va texnikaning ilg’or texnologiyaning eng yangi yutuqlarini izlash va joriy etishga undaydi. Bularning barchasi pirovard natijada keskin raqobatchilik sharoitida ishlab chiqarishning barqarorligiga erishishga, inqirozning oldini olishga hamda mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishga yo’naltirilgan. Bugungi kunda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirib borish va unga ta’sir etuvchi omillarni taxlil qilib borish juda muxim hisoblanadi. Chunki ishlab chiqarishning rivojlanib borishiga erishish uchun xarajatlarni qisqartirib borish, unga ta’sir etuvchi omillari taxlil qilish, aniqlash talab etiladi. Ma’lumki, sobiq totalitar tuzim davrida barcha ishlab chiqarish markazlashgan, rejalashtirilgan tartibda edi va shuning uchun xam isrofgarchiliklar juda ko’p miqdorda edi. Bu esa o'z navbatida iqtisodiyotning bora-bora inqirozga yuz tutishiga olib keladi. Ammo bozor iqtisodiyotining o'ziga xos talablari mavjuddir.
Xar bir faoliyat ko’rsatayotgan xo'jalik yurituvchi subyekt o’z oldiga qo'ygan asosiy maqsadi, ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirib maksimal foyda olishga qaratilgan.
Korxonalarning faoliyatiga baho bеrishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, ularga qilingan sarf-xarajatlar va foyda tushunchalaridan kеng foydalaniladi.
Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag’lar ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari dеyiladi.
Aytaylik, korxonada bir oy davomida 100 ming dona «A» mahsuloti ishlab chiqarildi. Har bir mahsulotning narxi 1000 so’m. Agar barcha mahsulotlar sotilgan taqdirda, korxonaning bir oylik pul tushumi 100 mln. so’m (100000 × 1000) ga tеng bo’ladi.
Biroq, korxonaning pul tushumlari uning faoliyatining samaradorligiga baho bеra olmaydi. Chunki, bu pul tushumlari qanday xarajatlar evaziga olinganligi aks ettirmaydi. Shunga ko’ra, pul tushumlarining xarajatlardan ajratib olingan qismi – foyda muhim o’rin tutadi.
Korxona pul daromadlaridan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan kеyin qolgan qismi foyda dеb yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda dеb ham yuritiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlariga yuqorida sanab o’tilgan asosiy omillar ta’sir etar ekan, bularning barchasini birgalikda amalga oshirish juda qiyin. Ya'ni xom ashyo zaxiralarining eng arzon kanallarini qidirib topish va samarali ishlatishni ta’minlash, ishchilarni ijtimoiy muxofazalashni kuchaytirish, fan-texnika taraqqiyotini yuksaltirib, uni ishlab chiqarishga tadbiq qilish, umuman bularning barchasini teng amalga oshirish murakkab jarayondir. Ammo ana shu omillarni barchasini birgalikda olib borilishi iqtisodiy samaradorlikka erishishning asosiy sharti xisoblanadi.
Korxona menejment samaradorligini baholash- kompaniyani boshqarishni va uni rivojlantirish strategiyasini baholashni nazarda tutadi. Oliy rahbariyatning sifati va ishonchliligi kompaniya muvaffaqiyat qozonishining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Shuningdek bunda samarali tijorat faoliyatini olib borishga qodir tayyorgarlikka ega malakali operatsion xodimlarning borligi muhim rol o'ynaydi.
Korxona samaradorligi – bu, ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat), foyda va daromad hajmini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, sifatsiz mahsulot ishlab chiqarishni kamaytirish yoki umuman, yo’q qilish bilan bog’liq bo’lgan korxona faoliyatining ijobiy natijalaridir. Bu yutuqlar natural shaklda ishlab chiqarish samarasini, pul shaklida esa iqtisodiy samarani tavsiflaydi.
Ishlab chiqarish samaradorligi har bir korxona faoliyatining eng asosiy vazifasi hisoblanadi. U xo’jalik yuritishning sifat va miqdor ko’rsatkichlarini, shuningdek, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlari hamda olingan natijalar o’rtasidagi munosabatni ifodalaydi.
Korxona samarali ishlashi bu, mo’ljallangan (rejalashtirilgan) foydani olish, noishlab chiqarish xarajatlari va yo’qotishlarni kamaytirish, ishlab chiqarish quvvatlari va ishchi kuchidan yaxshiroq foydalanish, mehnat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini yaxshilashni anglatadi.
Iqtisodiy samaradorlik samaradorlikka qaraganda bir muncha tor ma’noni anglatadi. U qabul qilinayotgan qarorlarning xo’jalik yuritishda maqsadga muvofiqligini tavsiflaydi hamda barcha hollarda samaraning unga erishish uchun ketgan xarajatlar(ishlab chiqarish resurslari)ga nisbati sifatida aniqlanadi.
Xarajatlar qanchalik kam bo’lsa (mahsulot sifatiga ta’sir qilmagan holda), samara shunchalik ortadi, demak, iqtisodiy samaradorlik ham ortadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish samaradorligini mehnat sharoitlarini, uning ijodkorlik mazmunini boyitish, aqliy va jismoniy mehnat o’rtasidagi farqni yo’qotishni inobatga olgan holda tavsiflaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik bir vaqtning o’zida, ishlab chiqarish samaradorligini kuchaytirish, korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi, shaxsning har tomonlama rivojlanishi va uning barcha qobiliyatlaridan foydalanishning sabab va natijasi hisoblanadi. Bevosita ijtimoiy samara, xodimlarning bilim va malakasi, tajriba va madaniyatining o’sishi, aholi sog’lig’ining yaxshilanishi va umr ko’rishining uzayishida aks ettiriladi.6
Samaradorlik chora sifatida ko’plab texnik, iqtisodiy, loyiha va xo’jalik qarorlarini avvaldan belgilab beradi. Korxona o’zining xo’jalik, ilmiy-texnik va investitsion siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |