5.1.20. Marjinalizm quyidagilardan qaysi birini tadqiq qilishga asoslanadi?
a) mutloq iqtisodiy miqdorlarni;
b) o‘rtacha iqtisodiy miqdorlarni;
c) keyingi (qo‘shilgan) iqtisodiy miqdorlarni;
d) nisbiy iqtisodiy miqdorlarni;
e) o‘zgaruvchan iqtisodiy miqdorlarni.
6.3.71. Mulk subyektlaridan qaysi biri faqat investitsion tovarlarga talab bildiradi?
a) davlat;
b) korxona va xo‘jalik birlashmalari;
c) uy xo‘jaliklari;
d) chet el fuqarolari;
e) xorijiy davlatlar.
7.3.72. Davlat mulki nechta darajada mavjud bo‘ladi?
a) 4;
b) 3;
c) 1;
d) 2;
e) 5.
8.3.73. Davlat mulkini hosil qilish yo‘llaridan qaysi biri mulk egaligi almashinishini taqozo etadi?
a) davlat mablag‘lari hisobidan korxonalar qurish;
b) mulk milliylashtirilib, davlat qo‘liga o‘tishi;
c) davlat korxonalariga investitsiyalar qo‘yish;
d) aksiyalarining nazorat paketi davlat qo‘lida bo‘lgan ochiq turdagi jamiyatlarni yopiq turdagi jamiyatlarga aylantirish;
e) ijaraga berilgan mulkni davlat qaytarib olishi.
9.3.74. Ishlab chiqarish vositalari va uning natijalarini o‘zlashtirish jamoa-guruh tavsifiga ega bo‘lganda, qanday mulk vujudga keladi?
a) davlat mulki;
b) xususiy mulk;
c) jamoa mulki;
d) aralash mulk;
e) shaxsiy mulk.
10.3.75. Jamoa mulkining qaysi shakli dividend va foiz shaklida daromad olish imkonini beradi?
a) kooperativ mulk;
b) ijara va jamoa korxonalar mulki;
c) aksionerlik jamiyatlari mulki;
d) xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlar mulki;
e) jamoat va diniy tashkilotlar mulki.
11.2.26. Iste’mol tovarlari va xizmatlar kishilar tomonidan bevosita iste’mol qilinganda qanday iste’mol ro‘y beradi?
a) unumli iste’mol;
b) shaxsiy iste’mol;
c) ijtimoiy iste’mol;
d) unumsiz iste’mol;
e) davlat iste’moli.
12.2.27. Insonlarning mehnat qilish layoqati, ya’ni ularning jismoniy va aqliy qobiliyati qanday nomlanadi?
a) mehnat;
b) ishchi kuchi;
c) mehnat resursi;
d) jami ishchi kuchi;
e) mehnat salohiyati.
13.2.28. Inson tomonidan mehnat predmetlariga ta’sir qiladigan vositalar (mashina, mexanizmlar, asbob-uskunalar va h.k.) qanday nomlanadi?
a) ishlab chiqarish vositalari;
b) mehnat vositalari;
c) mehnat predmetlari;
d) iqtisodiy resurslar;
e) ishlab chiqarish omillari.
14.2.29. Insonning maqsadga muvofiq faoliyati o‘zlashtirishga qaratilgan narsalar qanday ataladi?
a) xom ashyolar;
b) material va yarimtayyor mahsulotlar;
c) mehnat vositalari;
d) mehnat predmetlari;
e) ishlab chiqarish vositalari.
15.5.46. Quydagilardan qaysi biri bozor raqobatining yetuklik darajasiga ko‘ra turkumlanishini anglatadi?
a) moliya bozori;
b) sof raqobatli bozor;
c) milliy bozor;
d) davlat savdosi;
e) chakana savdo bozori.
Do'stlaringiz bilan baham: |