6.5.20. Bozor iqtisodiyoti quyidagilarga kafolat beradi:
a) tovarlarning yetarli ishlab chiqarilishiga;
b) resurslarning samarali taqsimlanishiga;
c) pulning qadrsizlanmasligiga;
d) inflyatsiyaning mavjud bo‘lmasligiga;
e) iqtisodiy farovonlikka.
7.5.21. Bozor iqtisodiyoti sharoitida qaysi subyekt iqtisodiy resurslar iste’molchisi, ayni vaqtda tovar (xizmat)larning asosiy ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi?
a) uy xo‘jaliklari;
b) korxonalar yoki tadbirkorlik sektori;
c) davlat;
d) chet elliklar;
e) aholi.
8.5.22. Iqtisodiyot, iqtisodiy munosabatlar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarni boshqarish va uyg‘unlashtirishga xizmat qiladigan bozor dastak hamda vositalari qanday nomlanadi?
a) iqtisodiy mexanizm;
b) davlat mexanizmi;
c) bozor mexanizmi;
d) xo‘jalik mexanizmi;
e) tartibga solish mexanizmi.
9.5.23. Bozor iqtisodiyotining qaysi belgisi “nima ishlab chiqarish” zarurligini aniqlab beradi?
a) xususiy mulk ustunligi;
b) tadbirkorlik erkinligi;
c) iste’molchi tanlash erkinligi;
d) iqtisodiy manfaatlar rag‘batlantirilishi;
e) davlatning cheklangan roli.
10.5.24. Bozor iqtisodiyoti sharoitida “Nima ishlab chiqarish zarur”ligi qanday hal qilinadi?
a) talabni o‘rganib;
b) bozorni o‘rganib;
c) foyda yoki zarar keltirishini hisobga olib;
d) ehtiyojni hisobga olib;
e) mavjud resurslarni hisobga olib.
11.5.29. Bozor iqtisodiyotining kamchiliklaridan qaysi biri mazkur jamiyatda inflatsion jarayonlar muqarrar mavjud bo‘lishiga olib keladi?
a) raqobatning kuchsizlanib borishi;
b) ijtimoiy iste’mol tovarlari bilan ta’minlay olmasligi;
c) daromadlar tengsizligining kuchayishiga olib kelishi;
d) tovarlar hajmi va pul massasi o‘rtasidagi nomuvofiqlikni bartaraf eta olmaslik;
e) tabiatni va atrof-muhitni muhofaza qila olmaslik.
Do'stlaringiz bilan baham: |