13.3.53. Manfaatlar tizimi nima?
a) ishlab chiqaruvchining manfaati;
b) iste’molchining manfaati;
c) shaxsiy, jamoa va davlat manfaati;
d) iqtisodiy manfaat;
e) oilaviy manfaat.
14.2.36. Yalpi ichki mahsulot, sof milliy mahsulot va milliy daromad ko‘rsatkichlari ishlab chiqarishning qaysi darajadagi natijasini ifodalaydi?
a) mikro darajadagi;
b) mezo darajadagi;
c) makro darajadagi;
d)super-makro darajadagi;
e) tarmoqlar darajasidagi.
15.2.37. Resurslarning mavjud darajasida ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy hajmini qanday ko‘rsatkich tavsiflaydi?
a) zaruriy mahsulot;
b) qo‘shilgan mahsulot;
c) umumiy mahsulot;
d) o‘rtacha mahsulot;
e) me’yoriy mahsulot.
16.2.38. Iqtisodiy resurslar birligiga to‘g‘ri keladigan mahsulot miqdori qanday ko‘rsatkichda ifodalanadi?
a) qo‘shilgan mahsulot;
b) o‘rtacha mahsulot;
c) umumiy mahsulot;
d) me’yoriy mahsulot;
e) pirovard mahsulot.
17.2.39. Qo‘shimcha jalb qilingan iqtisodiy resurs-ishchi kuchi va kapital hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini qanday ko‘rsatkich aks ettiradi?
a) umumiy mahsulot;
b) o‘rtacha mahsulot;
c) qo‘shilgan mahsulot;
d) pirovard mahsulot;
e) me’yoriy mahsulot.
18.5.53. Ish bilan ta’minlanmaganlarni qayta o‘qitish va yangi kasbga tayyorlash qaysi muassasa tomonidan amalga oshiriladi?
a) oliy o‘quv yurti;
b) qayta tayyorlash muassasasi;
c) mehnat birjasi;
d) kasb tanlash muassasasi;
e) malaka oshirish instituti.
Do'stlaringiz bilan baham: |