TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
IQTISODIYOT FAKULTETI
KORPORATIV MOLIYA TA’LIM YO’NALISHI
IKM-70 GURUH TALABASI
Kurs ishi
Mavzu: Innovatsion faoliyat yo’nalishlari va ularning korxonalar moliyaviy holatiga ta’siri
Bajardi: IKM – 70 guruh talabasi
Umarov Islombek
Qabul qildi: Raxmedova Madina
REJA:
Kirish
Asosiy qism
1. Innovatsion faolioyatning mazmun-mohiyati va ularning yo’nalishlari
2. Innovatsion faoliyatning korxonalar moliyasidagi o'rni.
3. Korxona faoliyatida innovatsiyalarni boshqarishning xorij tajribasidan foydalanish imkoniyatlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Hozirgi kunda jamiyat hayotida innovatsion sohaning jadal rivojlanishi
iqtisodiyotda intelektual mahsulot axborot va ilmiy-texnik , innovatsion faoliyat
ulushining o’sishi shunga olib keldiki innovatsiyalar xuddi foydali qazilmalar,
ishlab chiqarish quvvatlari va inteluktual salohiyat kabi mamlakatning boyligi
hisoblana boshladi.
Mamlakatimiz va uning har bir fuqarosi manfaatlari yo‟lida innovatsion va
ilmiy-texnik salohiyatdan samarali foydalanishning mamlakatimizda ko‟p tarmoqli
innovatsion siyosatni shakllantirish va uni amalga oshirish uchun qonunchilik
asoslari yaratmasdan turib hech ham imkoni yo’q.
Milliy iqtisodiyotni innovatsion usulda rivojlantirish bugunning eng dolzarb mavzusiga aylandi. Darhaqiqat, bugungi kunda dunyodagi eng rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotiga nazar solar ekanmiz, ularning asosiy daromadlari va statistik koʼrsatkichlari innovatsion jarayonlarning toʼgʼri tashkillashtirilganligi hamda doimiy ravishda takomillashtirib borilayotgani bilan alohida eʼtiborga loyiqdir. Dunyo miqyosidagi iqtisodiy jihatdan but mamlakatlar tahlil qilinadigan boʼlsa, ularning aksariyati innovatsion rivojlanishning nazariy asoslarini yaratishga, yangi modellarni izlab topishga hamda innovatsion jarayonlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga intilmoqdalar.
Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek; “Ilm-fan va texnika yutuqlarini keng qo‘llagan holda iqtisodiyot tarmoqlariga, ijtimoiy va boshqa sohalarga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni tezkor joriy etish O‘zbekiston Respublikasi jadal rivojlanishining muhim shartidir. Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgani islohotlarni mamlakatimizning jahon sivilizatsiyasi yetakchilari qatoriga kirish yo‘lida tez va sifatli ilgarilashini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi.
Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlil ishlab chiqarishni modernizatsiya, diversifikatsiya qilish, uning hajmini oshirish hamda ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar turlarini kengaytirish borasidagi ishlar lozim darajada olib borilmayotganini ko‘rsatdi”1.
Darhaqiqat, innovatsiya faoliyatini, ya'ni ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik faoliyati, yangicha qurilma, yangi usul, yangi moddalarni yaratish va ulardan foydalanish, mavjud qurilmalar, usullarni yangicha yo„sinda qo„llash maqsadida intellektual faoliyatning e'tirof etilgan natijalari (patent, guvohnoma, nou-xau)ni yaratish va foydalanishga yo„naltirish bilan bog„liq munosabatlarni huquqiy tartibga solish tizimini yaratish bugungi kunda alohida dolzarblik kasb etadi.
Innovatsion va fan-texnika siyosatining maqsadi mamlakatning milliy inovatsion tizimini shakllantirish, tanlab olingan rivojlanish strategiyasiga muvofiq mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlovchi aniq amalga oshirishdan iborat. Bu siyosatdoirasida dinamik rivojlanayotgan bozor iqtisodiyotiga mos keluvchi , mamlakatning resurslar imkoniyati va barqaror rivojlanish strategiyasiga to’la mos keladigan ilmiy , ilmiy-texnika va texnologik salohiyatni shakllantirish muhim rol o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |