O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
IQTISODIYOT FAKULTETI
KURS ISHI
Mavzu: IPO operatsiyalarini tashkil etish, oʻtkazish va samaradorligini oshirish masalalari
Iqtisodiyot fakulteti
Guruh: IKM-60
Talaba: Bekmuratov J.
Ilmiy rahbar: PhD. Chinqulov Q.
Reja:
Kirish
Aksiyalarni IPO tartibida joylashtirishning iqtisodiy mohiyati, afzalliklari va kamchiliklari.
Aksiyalarni ommaviy joylashtirish amaliyotini tashkil etish va oʻtkazish bosqichi.
Mamlakatimizda aksiyalarni IPO tarzida joylashtirish amaliyoti.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Bugungi kunda mamlakatimizda korporativ moliyaviy munosabatlarni
samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chunki korporativ moliyaviy munosabatlar natijasida ham davlat, ham uy xo‘jaligi bevosita daromadlarga ega bo‘ladilar, shuningdek xalqaro mehnat taqsimotida mamlakatning egallab turgan o‘rni mustahkamlanadi. Shundan kelib chiqqan holda bu borada qonunchilik hujjatlari muntazam ravishda takomillashtirililib, korporativ tuzilmalar faoliyatini rivojlantirish masalalariga jiddiy yondashilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning 7-oktyabr kuni fond bozorini rivojlantirish masalalari to’g’risidagi o’tkazilgan yig’ilishda ham Oʻzbekiston kapital bozorining hozirgi holati ancha past darajada ekanligiga, kelayotgan 5-10 yilda bozorni yanada takomillashtirib, qimmatli qogʻozlarning yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushini 15 foizga yetkazish kerakligini taʻkidlanganlar.1 Oʻtkazilgan yigʻilish davomida Oʻzbekistonda fond bozorida professional ishtirokchilar soni hatto 100 taga ham yetmasligi, juda koʻp normativ hujjatlar mavjudligi, ularni soddalashtirib, ixchamlashtirilishi kerakligi aytilib, buning uchun amalga oshirilishi zarur boʻlgan chora-tadbirlar ketma-ketligi ham muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqib, ortiqcha cheklovlarni bekor qilish va fond bozorida ishlashni soddalashtirish zarurligini ta'kidladi.
Bugungi kunda 605 ta aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining 85 foizi davlatga tegishli. Shundan 105 ta jamiyatning atigi 5 foiz aksiyalari fond bozorida ishtirok etmoqda. Jahon amaliyotidan kelib chiqib, kapital bozorida muomalada bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar turlarini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan talabni ko‘paytirish, xorijiy birja, brokerlar va banklarni mamlakatimiz fond bozoriga jalb qilish choralari muhokama qilindi. Sug‘urta kompaniyalariga aktivlarining ma'lum foizini fond bozoriga yo‘naltirish, banklarga birlamchi bozorda yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish uchun ruxsat berish masalalari ko‘rib chiqildi. Investorlar va minoritar aksiyadorlar huquqi himoyasini kuchaytirish, dividendlar to‘lash va undirishni takomillashtirish zarurligi ta'kidlandi. Bundan tashqari, xalqaro moliyaviy hisobot va xalqaro audit standartlariga o‘tish bo‘yicha topshiriq berildi. Mana shu sabablarga ko’ra O’zbekiston Respublikasida fond birjasini, qimmatli-qog’ozlar bozorini, insonlardagi moliyaviy savodxonlikni, to’g’ri investitsiyalash jarayonini tashkil etish va tushinish maqsadida, qator strategik va uzoqni ko’zlangan ishlar amalga oshirish reja qilindi.
2017-2021 - yillarda O‘zekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish”, “alohida milliy
korxonalar aksiyalarining xorijiy nufuzli fond birjalarida dastlabki
tarzda joylashtirilishiga erishish (IPO), ularning xorijiy kapital
bozoriga chiqishini ta’minlash”2 kabi vazifalarning berilganligi ham fond bozorining rivojlanishi qanchalik dolzarbligi, kompaniya yoki korporatsiya qimmatli qogʻozlarni esa dastlabki va ikkilamchi joylashtirish (IPO va SPO) kabi moliyaviy jarayonlarning esa muhim hamda ancha foydali ekanligidan dalolat beradi.
Oʻrganilayotgan kurs ishi davomida umuman olganda, qimmatli qogʻozlarni O’zbekiston va jahon bozori sharoitida dastlabki ochiq(ommaviy) usulda joylashtirish, uning asosiy afzalliklari va kamchiliklari, ularni ochiq(ommaviy) joylashtirish bosqichlari, Oʻzbekistonning hozirgi ayni damdagi fond bozorining holati, mamlakatimizda olib borilayotgan oʻzgarishlar, islohotlar va yangi kiritilayotgan qonun hujjatlari haqida, qanday qilib Respublikamizdagi kapital bozor holatini yaxshilash kabi savol va mavzularni yanada ochiqroq yoritib berishga harakat qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |