Ma’ruza. Rahbar shaxsining nutq madaniyati. Reja



Download 38,93 Kb.
Sana13.04.2022
Hajmi38,93 Kb.
#549391
Bog'liq
8mavzu


8-MA’RUZA. RAHBAR SHAXSINING NUTQ MADANIYATI.
REJA:
1. Nutq madaniyati ma’naviy-axloqiy omil sifatida.
2. Rahbar shaxsning nutq va muloqot madaniyati.
3. Rahbar nutq va muomila madaniyati –barqarorlik va taraqqiyot shartidir.
Bugungi tezkor zamonda o‘z ona tilisida ravon, chiroyli gapirish, madaniy nutq va notiqlik san’ati sirlaridan voqif bo‘lish O‘zbekiston yoshlari uchun juda muhim ahamiyatga ega. Davlatimiz rahbarining “O‘z fikrini mutlaqo mustaqil, ona tilida ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalambor, rahbar kursisida o‘tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin” degan so‘zlarini hamisha yodda tutishimiz shart va zarurdir.
Muloqot inson hayotida eng muhim va eng murakkab jarayonlardan hisoblanadi. CHunki har bir inson muloqot jarayonida shaxs sifatida shakllanadi va shaxs sifatida o‘zini namoyon qiladi.
SHundan kelib chiqiladigan bo‘lsa, har bir konkret jarayon muloqotga kirishayotgan shaxs oldiga muayyan bir vazifani qo‘yadiki, ushbu vazifa va talablar turli xil sharoitlarda muloqotning turlicha tashkil qilinishiga sabab bo‘ladi. Masalan, oilada ota-onalar bilan farzandlar o‘rtasidagi muloqot er-xotin o‘rtasidagi muloqotdan farq qiladi. Ishxonada rahbar bilan xodimlar o‘rtasidagi muloqot rahbarlarning o‘zaro muloqotidan farq qilishi tabiiy. Xodimlar bilan bo‘ladigan muloqotimiz samarali bo‘lishi avvalombor notiqlik san’atidan xabardor bo‘lishimizni talab etadi. Har qanday rahbar shaxsi borki u avvalom bor notiq, ya’ni orator bo‘lmog‘i lozim.
“Nutq madaniyati va notiqlik san’ati” o‘zbek adabiy tili va umummilliy til imkoniyatlarini o‘rganuvchi va ularni ma’lum sharoit va ko‘zlangan maqsadga muvofiq hayotga tadbiqi bilan shug‘ullanuvchi kursdir. Nutq madaniyatining ma’naviy-axloqiy omil sifatida inson komolotida tutgan o‘rni beqiyosdir. Notiqlik va voizlik san’ati nutq madaniyati bilan vobasta. Milliy nutq madaniyati ravnaqi-umummilliy taraqqiyotimizning uzviy qismidir.
Davlat va jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichi boshqaruv tizimida faoliyat yuritayotgan har bir rahbar oldiga ma’lum talablarni qo‘yadi. Bu talablarga rioya etmaslik muvaffaqiyatsizlikka, belgilangan maqsad yo‘lidagi amalga oshirilayotgan ishlarning samarasizligiga sababchi bo‘ladi.
O‘z mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan O‘zbekiston miqyosida oladigan bo‘lsak, hozirgi sharoitda boshqaruv tizimida ishlayotgan har qanday rahbar uchun, u biron bir korxona, tashkilot, jamoa rahbari bo‘ladimi, yoki siyosiy rahbar bo‘ladimi, odamlar bilan muloqot madaniyatini o‘zlashtirishi, jonli so‘z vositasida kishilarga O‘zbekiston hukumati tomonidan olib borilayotgan siyosatni to‘g‘ri tushuntira olishi, ularni mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohotlar jarayonida faol ishtirok etish, fuqarolik burchlarini chuqur anglab etishlariga yordam berishi muhim ahamiyatga ega.
Bugungi rahbar O‘zbekiston taraqqiyotni yangi bosqichini boshidan kechirayotgan bir pallada og‘zaki targ‘ibot boshqaruv tizimi faoliyatini muhim qismini tashkil etish bilan birga, hokimiyat bilan xalq o‘rtasida doimiy muloqotning eng faol shakli, xalqning milliy mafkura bayrog‘i ostida birlashtirish, jamiyatni boshqarishdagi eng maqbul quroli bo‘lmog‘i lozim va bundan keyin ham shunday bo‘ladi.
Notiqlik va zamonaviy voizlik odamlar bilan jonli muloqotga asoslangan bo‘lib, rahbarga nafaqat o‘z vakolati va doirasidagi ishlarni samarali tashkil etishda, balki aniq, yorqin va odamlarga tanish, yaqin va tushunarli fakt va misollar yordamida mustaqil O‘zbekistonda kechayotgan islohatlarning yutuqlarini ko‘rsatish, hukumat olib borayotgan siyosatni, Prezident Farmonlari va hukumat qarorlarini to‘g‘ri tushuntirish, xalqning bunyodkorlik hislarini yanada rivojlantirish, xalq kayfiyatini o‘rganadigan holda uning ongi va qalbiga ta’sir o‘tkazish imkoniyatini beradi. Bunda hayotdagi ayrim kamchiliklar, qiyinchiliklar xususida ochiq-oydin gaplashish, ularni bartaraf etish yo‘llarini muhokama etish, har bir shaxs bilan muloqotga kirishish alohida ahamiyatga ega.
Bugungi kunda rahbar oldida turgan yangi vazifa ma’lum darajada anchayin murakkab hamdir. Zero, bu vazifani ado etish boshqaruvda ancha keng bilim va tafakkurni talab etadi. Bugun kishining ichki hoxish-irodasi, shaxsiy qarorigina bunday majburiyat hissini uyg‘ota oladi. SHuning uchun bugungi rahbar nutq va muloqot madaniyatini, notiqlik san’atini puxta egallashi muhim ahamiyat kasb etadi.
Rahbar shaxs faoliyati bilan bog‘liq muloqot madaniyati deganda quyidagilar nazarda tutiladi:

  1. So‘zlash (jumladan, omma oldida) san’ati.

  2. Tinglash qobiliyati.

  3. Suhbatdosh (hamkor, o‘zga kishilar qo‘l ostida ishlaydiganlar)ni obektiv baholash va to‘g‘ri tushunish ko‘nikmalari.

  4. Har qanday odam bilan munosabat o‘rnata olish va o‘zaro manfaatdorlik asosida unga samarali ta’sir o‘tkaza olish.

Rahbar shaxsning muloqot o‘rnatish mahorati, o‘zgalarni inontirish qobiliyatining ahamiyati va zaruriyati mamlakatimiz va butun jahon miqiyosidagi murakkab mafkuraviy jarayonlar bilan ham belgilanadi. Taraqqiyotning asosiy sharti mamlakatdagi barqarorlikdir. Davlat va jamiyatdagi barqarorlikni saqlashning bosh omili esa turli guruh, tashkilot va davlatlar tomonidan uyushtirilayotgan mafkuraviy hurujlardan odamlarni asrash. Inson ongi va qalbi uchun kurash kechayotgan sharoitda har bir rahbar zimmasiga u davlat va jamiyat boshqaruvi tizimida ishlaydimi yoki biron-bir korxonani boshqaradimi, bundan qat’iy nazar fuqorolarimizni xalqimizning asl manfaatlarini ifodaylaydigan haqqoniy milliy g‘oyamiz bilan qurollantirish vazifasi ham yuklatilgan.
Bugungi kunda zamonaviy rahbar boshqaruv fanining umumiy asoslarini puxta bilishi, shuningdek, boshqaruv strategiyasi, innovatsiyalar, marketing, xodimlarni boshqarish sohasida maxsus bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, muassasadagi boshqaruvni rejalashtirish, tashkillashtirish, nazorat etish hamda shu maqsadini amalga oshirishi talab etiladi.
SHuningdek, ta’lim muassasasidagi rahbar-xodimlar

  • boshqaruvning funksional jihatlarini o‘zlashtirishi;

  • mehnat unumdorligiga erishish;

  • ishiga mas’uliyat bilan yondashish;

  • jamoani maqsad sari yo‘naltira olish;

  • ta’lim muassasasi boshqaruvini ichki va tashqi

o‘zgarishlarga moslashtirishi;

  • innovatsion yangiliklarni joriy etishi;

  • innovatsion texnologiyalarni boshqaruvda qo‘llashni takomillashtirish uchun zaruriy bilim, ko‘nikma hamda malakalarga ega bo‘lishi zarur hisoblanadi.

Eng muhim talablardan biri esa notiqlik mahoratini egallash, jonli so‘zning ta’sir kuchidan foydalana bilishdir. SHuning uchun ham Prezidentimiz 2018 yil 22 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Parlamentitga Murojaatida: “islohot – bu yangilanish, o‘zgarish degani. Islohotlar ijobiy natija berishi uchun, avvalo rahbarlarimiz va odamlarimiz o‘zgarishi kerak. Inson o‘zgarsa, jamiyat o‘zgaradi. 
Bu maqsadga erishish uchun birinchi navbatda, barcha darajadagi rahbarlar va xalq deputatlari, barcha etakchilar o‘z faoliyatini tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik asosida tashkil etishlarini bugun hayotning o‘zi talab etmoqda.
Zamonaviy, oqilona boshqaruv tizimini joriy etish – oldimizga qo‘ygan vazifalarni bajarishning asosiy shartidir,– deya alohida ta’kidladilar.
Rahbar o‘z vazifani uddalay olmasa, o‘zini aybini yashirish uchun o‘zini atrofiga faqat laganbardorlarni to‘plab, ularni orqasiga o‘zini yashirib, har bir gapini ularga ma’qullattirib kun ko‘radi. Barchamizga ma’lumki, laganbardor, labbaygo‘y shaxs-eng bilimsiz shaxs, u o‘z joninini va bilimsizligini shu tariqa saqlaydi, ba’zan o‘ta savodsiz rahbar oldida o‘zini bilimdonga solib, xatto ma’lum bir amalga ham erishadi.
Noshud va bilmisiz rahbar o‘z tashkiloti yoki muassasasini rivojlanishi uchun hech qanday yangilik kirita olmaydi va tizimli boshqaruvni yo‘lga qo‘ya olmaydi. Natijada o‘z qo‘li ostidagi tashabbuskor va bilimli shaxslarga alam va nafrat ko‘zi bilan qaraydi. Bunday shaxslarni har bir kiritayotgan innovatsiyalarini u, o‘zi uchun tarsakidek qabul qiladi. Oqibatda ilg‘or fikrli shaxslarni ta’qib ostiga olish bilan shug‘ullanishga boshlaydi. Albatta ilg‘or fikrlovchi aqilli shaxsga, bilimsiz, no‘noq va noshud rahbarning fikri emas, o‘zi ishlayotgan muassasaning rivojlanishi muhim. SHuning uchun faol shaxs bir hil ishlayveradi, ichi qora, o‘zi no‘noq rahbar esa, menga dushmanlik qilish uchun shunday qilyapti deb o‘ylaydi va ta’qibini kuchaytiradi. Xatto bunday odamni obro‘sizlantirish uchun arzimagan baxonalar bilan majlislarda tanqid qiladi, yuqorida aytilgan, o‘z yoniga to‘plab olgan bilimsiz laganbardorlardan turli dalilar to‘plash maqsadlarda foydalanadi.
Turgan gapki, ming ijobiy va ilg‘or fikrlaydigan shaxs ham, insoniy munosabatlarga muxtoj, shuncha mehnat qilib, bir og‘iz rahbardan rahmat eshitmagan, aksincha iloji boricha o‘zini kamsitishga xarakat qiliyotganini ko‘rgan ilg‘or xodim, yoki ishdan bo‘shab ketadi, yoki “hamma qatori” nomiga ishlashga boshlaydi. SHu tariqa muomila madaniyatidan mahrum, uning ustiga savodsiz rahbar o‘z muassasasidagi barqarorlik va rivojlanishga keskin to‘siq bo‘lib qoladi.
Noshud va uquvsiz rahbar o‘zining bilimsizligini qo‘pollik, o‘z xodimlariga dushmanlik ko‘zi bilan qaraydi va ularni “Tilini qisish” uchun bajarib bo‘lmaydigan vazifalar berishga boshlaydi. Ko‘pincha kimida uch kun muddat kerak bo‘lgan vazifalarga uch soat vaqt beradi. Buni bajarilmay qolingani uchun xodimlarni jazolaydi, ularni ayovsiz tanqid qiladi. Bu buyruqlarni bajarib bo‘lmaydigan qilib berilishi esa, uning o‘zini boshqaruvdan mutloq bexabarligini isbotlashini xatto tushunmaydi. Odata rahbar har qanday tekshiruv olidida bosh mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi, chetdan kelgan har bir kishi hoh mexmon-mi, hoh tekshiruvchimi o‘zi birga yurishga, vaziyatni to‘g‘ri tushuntirishga xato va kamchiliklarni bartaraf etish uchun o‘zining yo‘l xaritasi mavjudligi va xatolarni tugatish uchun muddat berishni hilmlik bilan ruxsat so‘raydi. Albatta har qanday qattol tekshiruvchi bu go‘zal nutq, fasohat va aql oldida ojiz bo‘lib qoladi va tuzatish uchun muddat beradi.
Biz aytayotgan noshud esa tekshiruvchiga kimlarnidir, ro‘baru qilib vaziyatdan qochib qoladi, chunki har qanday tekshiruvchi bir og‘iz suhbatdan so‘ng, uni naqadar savodsizligini bilib qoladi. YAna bir tarafi u kamchiliklarni borligini ham,uni qanday tuzatishni ham bilmaydi va notiqlik madaniyatiga ham ega emas. Oqibatda 25% o‘ynaydigan va qolgani ishlaydigan muassasa ham ro‘yhatni eng oxiriga tushib qolayveradi. Bu narsa bilimsiz rahbarni xijolatga qo‘yish uyoqda tursin, bundan foydalanib, astoydil o‘zi yomon ko‘radigan “bilag‘onlar va ishchanlar” olami bilan astoydil olishishga boshlaydi.
U o‘zini sifatsizligi va bilmsizligini yashirish uchun, to‘xtovsiz 4-5 soatlab majlis o‘tkazish, majlislarda xodimlarga kalondimog‘lik bilan mensimay qarash, xoxlagandek qo‘pollik qilish, uzundan-uzun yakkaxon va’zxonlik qilish (xalqimizda “quruq nog‘ara qattiq taqqillaydi” degan so‘z bor) xatto va’zxonlikni ham eplay olmay buyruqlarni xijjalab-xajjalab, xato qilib o‘qib berishni avj oldiradi. SHu tariqa noshud bilimsiz rahbardan qutilish uchun xodimlar yoki boshqa ishga o‘tib ketadi, yoki ishdan bo‘shab ketadi.
Bunday rahbar bir kun ming afsuski barcha tizimni buzgach fosh bo‘ladi, sharmandalarcha xaydaladi, lekin u butun tizimni bir necha yilga orqaga surib tashlaydi, oqibatda muassasaning obro‘yini tiklab olish uchun bir necha yillar lozim bo‘ladi. Bunday rahbar ishdan ketgach, ishchan xodimlar rahmi kelishi mumkin lekin laganbardorlar shaxslar birinchi bo‘lib uni kirdikorlarini fosh qilishga boshlaydilar.
Notiqlik san’atini yaxshi egallagan rahbar so‘z qudratidan foydalanib odamlarni o‘ziga qaratishga, ular uchun xaqiqiy yo‘lboshchiga aylana oladi. Bu esa yuqorida aytganimizdek, oson ish emas. Buyuk Rim notig‘i Sitseron shunday degan edi:”Suhandonlik shunday sifatki, unga osonlikcha erishib bo‘lmaydi va juda ko‘p bilim va mehnatdan tug‘iladi”. Bu so‘zlar hech qachon o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi. Notiqlik nazariyasini bilish, odamlar psixologiyasini o‘rganish, nutq so‘zlashni doimiy mashq qilish va so‘z ustida jiddiy ishlash odamlarga ta’sir o‘tkazish, ularning diqqatini jalb etish imkoniyatini beradi.
SHu o‘rinda bir hikmatli so‘zni aytib o‘tishni lozim topdim: “Rahbarlik oson ish emas. Havas qilgan bilan ish bitmas”. Darhaqiqat rahbarlik oson ish emas. Xadisi sharifda mamlakatni bir kun odilona boshqargan podshoning ishi 60-70 yil haj qilishdan afzaldir deyilgani ham bejiz emas albatta. Rahbarning har bir xatti-harakati, aytgan so‘zlari hamisha atrofdagilarning diqqat-e’tiborida bo‘lib keladi. Rahbar avvalo o‘z axloq odobi, ya’ni muomalasi bilan boshqalardan ajralib turishi lozim. Ayniqsa, bu borada tiliga alohida e’tibor qaratish zarur bo‘ladi. Bu haqida XV asrning oxiri – XVI asrning boshlarida yashagan ulkan olim va adib Mavlono Ali Safiyning qalamiga mansub “Latoyif ut-tavoyif” (“Latofatnoma”) asarida shunday hikoya keltiriladi:
“Luqmoni hakimni bir kishi sotib olib, dargohida xizmat qildirardi va undagi ilmi hikmatini gohi-gohida sinab ko‘rardi. Bir kuni imtihon tarzida buyurdi:
-Ey, Luqmon. Menga bir qo‘yni so‘yib, eng yaxshi a’zisini olib kelgin.
-Bosh ustiga, - dedi Luqmon va qo‘yni so‘yib, tili bilan yuragini xojisiga eltdi.
-Ancha muddat o‘tgandan keyin, xoja uni yana chaqirib, dedi:
-Ey, Luqmon. Bir qo‘yni so‘ygin-da, menga uning eng yomon a’zosini olib kelgin.
Luqmon qo‘yni so‘yib, yana tili va yuragini ko‘tarib keldi.
Xoja dedi:
-Bu nechuk asrorki, qo‘yning eng yaxshi a’zosini so‘rasam ham, eng yomonnini so‘rasam ham til va yurakni ko‘tarib kelding?
Luqmon dedi:
-Ey Xoja, agar pok bo‘lsa, hech narsa til va yurakdan yaxshi emas. Agar nopok bo‘lsa, hech narsa ulardan yomonroq emas”.
YUqorida aytib o‘tilganidek, rahbarning xatti-harakati uning xodimlari uchun doimo ibrat bo‘lib keladi. SHu sababdan, uning har bir qilgan ishi boshqalar uchun namuna bo‘lishi talab etiladi.
Mavzuni mustaxkalash uchun savollar:
1.SHxsning notiqligi nima uchun zarur?
2. Rahbar shaxs muomila madaniyati va boshqaruv san’atida notiqlikning o‘rni.
3. Rahbar muomila madaniyatining barqarorlik va tinchlikni saqlashdagi ahamiyati.

Tavsiya etiladigan adabiyotlar:


1.Mahmudov N. “O‘qituvchi nutqi madaniyati”. Toshkent, 2007.
2.AlimuhamedovA. Antik adabiyot tarixi. T., 1972.
3.Qo‘ng‘urov R.,Begmatov e., Tojiev Y. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari, T.1992.
4. Rustamov A. "So‘z xususida so‘z" T. 2010.
5. Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. 1994.
6. Apresyan G. Oratorskoe iskusstvo. M 1978.
7. Inomxo‘jaev S. Notiqlik san’ati asoslari. T. 1982.
8. Mutaxassislik bo‘yicha o‘zbek tili (ma’ruza matnlari) JIDU, 2006



Download 38,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish