4-VARIANT
SAVOLLAR
1.
Jamiyat va davlat moliya tizimlari asosiy bo‘g‘inlarining tavsifini bering.
Moliya tizimida davlat byudjetining o‘rni qanday?
2.
Davlat byudjeti milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashda qanday
rol o‘ynaydi? Bunda qanday usullardan foydalaniladi?
3.
Byudjet taqchilligi nima? Ijobiy va salbiy byudjet taqchilligini
tushuntiring.
4.
Soliqlarning iqtisodiy mohiyatini tushuntiring
va uning turlarini, asosiy
vazifalarini ko‘rsating.
5.
Soliq siyosati-iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vositasi sifati.
6.
Byudjet siyosati-iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vositasi
sifati.
7.
Byudjet taqchilligini oldini olishning inflyatsion va noinflyatsion yo‘llari.
8.
O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirishning istiqbolli
yo‘llari.
1-KEYS
Ushbu keysning
asosiy manbai kabinetli, lavhali bo‘lib, hayotiy vaziyatlar
asosida bayon etilgan. Keysning asosiy ob’ekti shaxsga yo‘naltirilgandir. Bu
tashkiliy institutsional keys bo‘lib, ma’lumotlar vaziyatlar va savollar asosida
tuzilgan. Hajmi kichik, tizimlashtirilgan bo‘lib, o‘quv mavzu bo‘yicha
notanish
holatlarda harakatlanish bilim va ko‘nikmalarini hosil qilishga qaratilgan. Didaktik
maqsadlarga ko‘ra keys muammolarni taqdim qilishga, ularni hal etishga, tahlil
qilish va baholashga qaratilgan.
2011 yil 18 noyabr Rossiya, Belorus va Qozog‘iston prezidentlari Moskvada
Yevrosiyo iqtisodiy integratsiyasiga oid deklaratsiya imzolashgan.
Mazkur hujjat
2015 yilgacha Yevrosiyo Ittifoqini tashkil etish tomon tashlangan navbatdagi
qadam sifatida ko‘rilmoqda.
Deklaratsiyada Bojxona Ittifoqiga a‘zo davlatlar endi navbatdagi bosqich -
Yagona iqtisodiy hudud tarkibiga kirishlarini ko‘zda tutadi. Ya’ni, hozirda
Bojxona
Ittifoqiga Rossiya, Belorus va Qozog‘iston a‘zo. Ayni shu mamlakatlar
2012 yil 1 yanvaridan boshlab Yagona iqtisodiy hudud tarkibiga kirishadi. Oktyabr
boshlarida Rossiya Bosh vaziri sobiq Sovet respublikalarini Yevropa Ittifoqi
a‘zolariga o‘xshab birlashishga chaqirgandi. Prezidentlikka nomzodligi e‘lon
qilinishidan bir necha kun o‘tib esa, "Izvestiya" gazetasida nashr etilgan
maqolasida Rossiya Bosh vaziri "Yevrosiyo Ittifoqi"
nomli yangi tizimni tuzish
rejasini e‘lon qilgandi. Rossiya Prezidenti matbuot xizmatiga ko‘ra, Yagona
iqtisodiy hudud Jahon Savdo Tashkiloti me’yorlari va tamoyillariga asoslanadi va
tuzilganidan so‘ng har qanday bosqichda boshqa davlatlar qo‘shilishlari uchun
ochiq bo‘ladi.
Hujjat imzolanganidan so‘ng gapirgan Rossiya Prezidenti: "Yevrosiyo
Iqtisodiy Ittifoqini tuzish tomon navbatdagi yirik qadamni tashladik. Hech bir
shubhasiz ushbu birlashma mamlakatlarimiz kelajagini belgilab beradi", deb
aytgan. Rossiya Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Yevrosiyo Ittifoqiga qo‘shilishga
qaror qiladigan har bir mamlakat "bu tanlovni ongli ravishda qilishi lozimki, keyin
hech kim qandaydir iqtisodiy asoslar ta‘sirida majbur bo‘lgani haqida gapirmasin".
Rossiya Prezidenti yaratilajak ittifoq yevrohudud
muammolaridan yiroq
bo‘lishiga ishonch bildirgan. Chunki, uning aytishicha, a‘zo davlatlar ishni qariyb
bir xil darajadagi iqtisodiy maydondan boshlaydilar.
Qirg‘izistonning yangi saylangan prezidenti "Izvestiya" gazetasiga bergan
intervьyusida Sho‘rolar Ittifoqining tiklash imkonsiz ekaninini aytgan. Ammo, u
Qirg‘iziston kelajakda Yagona iqtisodiy hududga kirishi mumkinligiga ishora
qilgan.
Rossiya Bosh vaziri ham o‘tgan oy yozgan maqolasida Sovet Ittifoqiga
o‘xshash ittifoqni qayta tiklash niyati yo‘qligini "O‘tmishda
qolgan narsani
qaytadan ta‘mirlash yoki nusxasini ko‘chirish soddalik bo‘lishi, ammo yangi
siyosiy va iqtisodiy qadriyatlarga asoslangan izchil integratsiya bu - davr talabi"
ekanini aytgandi.
Rossiya Bosh vazirining ta‘kidlashicha, Yevrosiyo Ittifoqi yo‘lida
rossiyaliklar, qozog‘istonliklar, beloruslar va unga qo‘shilishga qaror qilganlar
harakatlanish, ish va biznes yuritish hamda ta‘lim olishda butkul erkin bo‘lishadi.
Shu bilan birga Rossiya Bosh vaziri vaqt o‘tishi bilan o‘z rejasini
Qirg‘iziston va Tojikiston ham qo‘llab-quvvatlishini aytgandi.
Bojxona ittifoqi. Iqtisodiy integratsiyaning
bu shakli erkin savdo
hududlarining faoliyat qilishi bilan birga yagona tashqi savdo tariflari o‘rnatishni
va uchinchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosati yuritishni taqozo
qiladi. Ushbu integratsiya shakli turli mamlakatlarga turlicha ta’sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: