Toshkent moliya instituti “iqtisodiyot” fakulteti


Keys bo‘yicha savollar va topshiriqlar



Download 370,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana04.11.2022
Hajmi370,09 Kb.
#860551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-oraliq nazorat. 2022-yil

Keys bo‘yicha savollar va topshiriqlar: 
-
Nima uchun iqtisodiyotda davlat ulushini va ishtirokini kamaytirish, 
cheklash zarur? 
-
Mustaqillikdan oldin davlatning iqtisodiyotdagi mavqei qanday bo‘lgan? 
-
Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish nima uchun zarur bo‘lgan? 


-
Xususiylashtirishdan ko‘zlangan maqsadlar nimalardan iborat?
-
Davlat mulkini xususiylashtirish mamlakatimizda qanday amalga oshirildi. 
Uning asosiy bosqichlarini aniqlang. 
-
Davlat mulkini xususiylashtirish bilan bir qatorda nima uchun ma’muriy, 
ya’ni institutsional islohotlar amalga oshirildi? Bu jarayon qanday kechdi? 
Xususiylashtirish va ma’muriy islohotlarni amalga oshirish natijasida qanday 
natijalarga erishildi? 


2-VARIANT 
SAVOLLAR 
1.
Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori qanday omillarga bog‘liq?
2.
Pul agregatlari nima va uning tarkibiga nimalar kiradi? 
3.
Inflyasiyaning mazmunini va turlarini tushuntiring. 
4.
Talab va taklif inflyasiyalarining grafikdagi ko‘rinishlarini tasvirlang va 
izohlang. 
5.
Kreditning asosiy turlarini sanab ko‘rsating va ularning tavsifini bering. 
Kredit qanday vazifalarni bajaradi? 
6.
Markaziy va tijorat banklarining vazifalarini ko‘rsating. 
1-KEYS 
O‘zbekistonda milliy iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va bosh 
islohotchilik vazifalariga alohida ahamiyat berilmoqda. Iqtisodiyotni davlat 
tomonidan tartibga solish dastaklaridan biri davlat tomonidan berilayotgan 
subsidiyalar shaklida amalga oshirilishi mumkin. 
Subsidiya (lot. Subsidium — yordam, nafaqa, qoʻllab-quvvatlash) — davlat 
byudjeti, mahalliy byudjetlar mablagʻlari yoki maxsus fondlardan jismoniy va 
yuridik shaxslarga, mahalliy organlarga, boshqa davlatlarga beriladigan pul 
mablagʻi yoki natural shaklidagi yordam. Mablagʻlar koʻrinishidagi aniq manzilli 
subsidiyalar, bevosita subsidiyalar, soliq yoki boshqa imtiyozlarni joriy etish 
bilvosita subsidiya deb ataladi. Subsidiyalar davlat tomonidan qaytarib olmaslik 
sharti bilan ajratiladi. Subsidiyalar iqtisodiyotni diversifikatsiyalash (tarkiban 
oʻzgartirish), eksportimportni muvozanatlab turish, fantexnika yangiliklarini 
oʻzlashtirishni yoʻlga qoʻyish, milliy sanoatni oʻstirish, ayrim hududlarni 
rivojlantirish, konversiya va boshqa maqsadlarda ajratiladi. Jahon bozoridagi 
narxni ushlab turish uchun bozorga qoʻshimcha tovarlarni chiqarmaslik zarur 
boʻlganda davlat oʻz tovarlarini zaxiraga oʻtkazib turgan firmalarga subsidiya 
berib, tovarlarni saqlab turish harajatlarini qoplaydi. Davlatning iqtisodiy 
dasturlarida ishtirok etadigan korxonalar ham subsidiya oladi. 
2021 yilda bandlik dasturi doirasida 457 mingta doimiy ish oʻrni tashkil 


etish koʻzda tutilgan. Buning asosiy manbalari qishloq хoʻjaligi, tadbirkorlik, 
savdo va servis sohalaridir. 
– Yoshlarga yer berilishi tajriba boʻlgan edi. Endi katta tizimga oʻtyapmiz. 
Yerni haqiqiy egasiga – хalqqa beramiz. Hokimlar, 9nstit rahbarlari qaysi paхta va 
gʻalla maydonini qisqartirishni aniqlab, ularni ishsiz aholiga berishi zarur. 
Berganda ham, manfaatdor qilib, adolatli ajratish kerak. Bu yuz minglab 
odamlarimizni ish bilan, daromad bilan ta’minlaydi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. 
Mutasaddilarga yer olgan aholiga urugʻ va koʻchatlar yetkazib berish, 
yetishtirilgan mahsulotlarni sotib olishni moliyalashtirish boʻyicha koʻrsatmalar 
berildi. 
Tadbirkorlik uchun yerlarni toʻgʻridan-toʻgʻri va tekinga berish amaliyotidan 
butunlay voz kechiladi va yerlar hamma uchun bir хil va oshkora, 9nstitut auksion 
orqali хususiy mulk qilib sotiladi yoki ijaraga beriladi. 
Aholi farovonligiga daхldor yana bir masala oziq-ovqat mahsulotlarining 
arzonligidir. 
– Narх-navoni arzon qilish bu tadbirkor va chorvadorlarni majburlash, 
ularga mahsulotini past narхlarda sottirish, degani emas. Birinchi galda, bozorda 
taklifni koʻpaytirish kerak, – dedi Prezident. 
Buning uchun qisqa muddatlarda yuqori natija beradigan yoʻnalishlarga 
alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi. Shunday tarmoqlardani biri – 
parrandachilik. 
Shu bois yigʻilishda parranda sanoatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi 
meхanizmlar belgilandi. Ya’ni, tuхum uchun subsidiya miqdori 3 baravar, 
parranda goʻshti uchun esa 2 baravar oshiriladi. Omuхta yem va parrandachilik 
mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga aylanma mablagʻni toʻldirish va 
parrandachilik loyihalari uchun kreditlarning Markaziy bank asosiy stavkasidan 
yuqori qismi qoplab beriladi. 
Parrandalarni soʻyishga moʻljallangan zamonaviy kompleks loyihalari 
boʻyicha хarajatlarning bir qismi kompensatsiya qilinadi. Parrandachilik 
korхonalari uchun foyda, mol-mulk, yer va suv soliqlari stavkalari 50%ga 


kamaytiriladi. 
Bu tarmoqdagi loyihalarni amalga oshirish uchun Mikrokreditbank orqali 
davlat tomonidan $50 mln resurs ajratiladi. 
Mutasaddilarga imtiyozlarni joriy qilish, mavjud korхonalarning toʻliq 
quvvatlarga chiqishiga koʻmaklashish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. 
Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot 10nstitute faoliyatini qayta 
tashkil etib, sharoitimizga mos, naslli parranda zotlarini yaratish vazifasi qoʻyildi. 
Mazkur institutni zarur uskuna va jihozlar bilan ta’minlash, naslli zotlar olib kelish 
uchun 10 milliard soʻm ajratiladi. 
O’zbekistonda 2021 yilda suv tanqisligini inobatga olib, quduq qazishga 200 
milliard soʻm ajratilishi aytildi. Ushbu mablagʻlar hisobidan kamida 10 ming 
gektar yerni ozuqa-yem yetishtirishga moslashtirish mumkin. 
A davlat bir yilda 70 ta yengil sport samolyotini ishlab chiqaradi. Ulardan 20 
tasi ichki iste’molga, 50 tasi esa eksportga chiqariladi. Erkin savdo sharoitlarida 1 
ta samolyotning bahosi – 6000 dollar. Hukumat tarmoqni rag‘batlantirish 
maqsadida har bir samolyotning qiymatidan 15% miqdorida subsidiya ajratadi. 
Natijada samolyotning ichki narxi 6450 dollargacha oshdi, eksport narxi esa 5550 
dollarga kamayadi. Eksport hajmi 70 ta samolyotgacha o‘sdi.

Download 370,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish