Toshkent moliya instituti “iqtisodiyot, boshqaruv, soliqlar, va sug’urta” kafedrasi


Koronavirus pandemiyasining global iqtisodiyotga va O‘zbekistonning iqtisodiy hamkor mamlakatlariga salbiy ta’siri



Download 140,71 Kb.
bet11/12
Sana14.06.2022
Hajmi140,71 Kb.
#670630
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
52-2 Mamasoliyev D kurs ishi

Koronavirus pandemiyasining global iqtisodiyotga va O‘zbekistonning iqtisodiy hamkor mamlakatlariga salbiy ta’siri
Global inqirozning respublikamiz ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sirlarini yumshatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz xolatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora - tadbirlar to‘g‘risida” va “Kornovirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab – quvvatlashga doir qo‘shimcha chora - tadbirlar to‘g‘risida” gi farmonlari qabul qilindi va amaliyotda joriy etilmoqda.
Farmonda ko‘rsatib o‘tilgandek jahon miqyosida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda respublikamizda insonlarning harakatlanishiga cheklovlar kiritish va korxonalar faoliyatini to‘xtatish orqali misli ko‘rilmagan choralar ko‘rilmoqda. Global iqtisodiyot tizimining bir qismi bo‘lgan O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham mazkur omillar ta’sir qilmoqda, bu esa o‘z navbatida ushbu holatning salbiy ta’sirlarini yumshatish bo‘yicha samarali oldini oluvchi choralar ko‘rishni talab qiladi.
Bunda turizm, transport, farmatsevtika va to‘qimachilik sanoati kabi respublika iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlarini qo‘llab -quvvatlash va ularning barqarorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish zarur. Globallashuv va integratsiyadan, ikki va undan ko‘p tomonlama iqtisodiy aloqalardan inqirozgacha ko‘p naf ko‘rgan mamlakatlar koronavirus pandemiyasidan juda ko‘p zarar ko‘rmoqda. Ular koronavirusga chalinganlarning soni jihatidan dunyoda peshqadam bo‘lmoqda.
Jumladan:

  • AQSh da 2020 yil 20 aprel sanasiga 1 475 milliandan ortiq;

  • Ispaniya 245 ming;

  • Italiya 209 ming;

  • Buyuk Britaniya 182 ming;

  • Fransiya 168 ming;

  • Germaniya 164 ming;

  • Rossiyada 134 ming;

  • Turkiyada 124 ming holatda koronavirus yuqtirganlar qayd etilgan.

Iqtisodiyotning salohiyati, savdo-sotiq munosabatlar, mamlakatlarning ochiqlik darajasi, tovarlar, investitsiya va turistlar oqimi o‘zaro kontaktlarining oshishiga va pandemiyaning keng tarqalishiga sabab bo‘lgan.
Tahlillar shuni taqozo qilmoqdaki, mamlakatlarning jahon iqtisodiyotidagi ulushi bilan koronavirusga chalinganlarning ulushi o‘rtasida o‘zaro korrelyasion aloqadorlik ( R = 0,75) bor ekan. Shuningdek, mamlakatlarning koronavirus pandemiyasidan iqtisodiy yo‘qotishlari ham epidemiyadan zararlanish ulushlariga bog‘liq.
Aholi daromadlaridagi yo‘qotishlarni qoplash uchun ba’zi mamlakatlar pul tarqatmoqda. Ammo O‘zbekiston Respublikasi hukumati muqobil qaror qilib “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati orqali korxona va jamoat tashkilotlari kam ta’minlangan oilalarga xayriya tadbirlarini o‘tkazmoqda. Korxonalarning "Saxovat va ko‘mak" umumxalq harakatida qatnashishi davlat tomonidan inqiroz yo‘qotishlarini tadbirkorlar zimmasiga tashlagani emas, balki bu harakat ayni yalpi talab tushib borayotgandagi holatni o‘nglashga qaratilgan harakatdir. Chunki yalpi taklif pasaygan davrda yalpi taklifni aholiga pul tarqatish orqali oshirish inflyasiyani oshiradi va aholi undan naf ko‘rmasligi mumkin.
Agar mamlakatda koronavirus infeksiyasining birinchi holati 16 martda aniqlangan bo‘lsa, davlat rahbarining birinchi farmoni 19 martda e’lon qilindi. Va bugungi kunga qadar respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi barcha o‘zgarishlar uzluksiz tahlil qilinib, barcha zarur qarorlar qabul qilinmoqda. Shu yilning mart oyidan iyun oyiga qadar Respublikada pandemiyaning aholi turmush darajasi va iqtisodiyotga ta’sirini kamaytirishga qaratilgan davlat rahbarining 14 ta farmon va qarorlari qabul qilindi.
Natijada 500 mingdan ortiq tadbirkorlik sub’ekti va 8 milliondan ortiq fuqaroga qariyb 30 trln. so‘m miqdorida imtiyoz va preferensiyalar berildi. Bunday yirik ko‘lamli davlat ko‘magi mart oyida 10 trillion so‘m hajmdagi “Inqirozga qarshi kurashish” jamg‘armasi tashkil etilganligi va boshqa ko‘rilgan ko‘plab boshqa chora-tadbirlar tufayli amalga oshirildi.
Ta’kidlash kerakki, Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining faoliyati shaffof bo‘lib, mablag‘larning nimaga sarf qilinayotganligi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar shakllantirilgan. Shu jumladan, bugungi kunda Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining xarajatlari 5,3 trillion so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, undan koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurash harajatlari 746 milliard so‘m qo‘shimcha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish xarajatlari 1 741 milliard so‘m aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari 641 milliard so‘m sanoatni qo‘llab-quvvatlash xarajatlari 2 trillion 166 milliard so‘mni tashkil etdi.
Agar barcha jalb qilingan mablag‘lar haqida gapiradigan bo‘lsak, koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilgan jami chora-tadbirlarning umumiy qiymati 62,6 trillion so‘m (6,13 milliard dollardan ko‘proq)ni (O‘zbekiston Respublikasi YAIMning 10 foizdan ortig‘i) tashkil qiladi. Bu haqiqatan ham ulkan xajmdagi moliyaviy ko‘mak hisoblanadi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi pandemiya sharoitida 165 dan ortiq mamlakatda ko‘rilgan choralarni o‘rganib chiqdi. Bu davlatlarning har biri o‘zining iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda o‘z modellarini ishlab chiqishgan.
Inqirozga qarshi kurashishda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash juda muhim hisoblanib, bunda nafaqat subsidiya yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlar, balki birinchi navbatda soliqlarni kamaytirish yoki ulardan ozod qilish ham muhim ahamiiyat kasb etadi. Ayni paytda, O‘zbekiston iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashning ushbu variantidan foydalanmoqda, xususan soliq va bojxona imtiyozlari, shuningdek, kechiktirib to‘lash imkoniyatlari, maqsadli subsidiyalar shular jumlasidandir.
Davlat iqtisodiy va moliyaviy xarajatlarning katta qismini o‘z zimmasiga oldi, bu esa mamlakatdagi va dunyodagi beqaror epidemiologik vaziyat davrida iqtisodiyotga, birinchi navbatda kichik va o‘rta biznesga yetkazilgan zararni minimallashtirish maqsadida amalga oshirildi. Iqtisodiyot tarmoqlariga 2,3 trillion so‘m miqdorida soliq imtiyozlari, Inqirozga qarshi kurashish fondidan esa umumiy xajmi 3,6 trillion so‘mga teng mablag‘ ajratildi. Ushbu yordam ko‘lamini biznes bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan aholi his etishlari qiyin bo‘lishi mumkin. Ammo, aynan shu chora-tadbirlar tufayli ko‘pgina ish o‘rinlari saqlab qolindi va ishsizlikning oshib ketishi to‘xtatib qolindi.
Kichik va o‘rta korxonalar mamlakat yalpi ichki mahsulotining 54 foizini ishlab chiqarishini va bandlikning 76 foizini ta’minlayotganligini hisobga olib, ularni qo‘llab-quvvatlash choralari ham amalga oshirilmoqda. Xususan, mazkur turdagi korxonalar 1 iyundan 1 sentyabrgacha bo‘lgan davrda ham mulk va yer solig‘i to‘lashdan ozod etildi.


Pandemiya sharoitida nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda aktual muammolardan biri bu – ish joylarining qisqarishi, ishsizlikning oshishi va turmush darajasining pasayishi hisoblanadi. Buning oldini olish uchun nimalar qilinmoqda?
Aholini ish bilan bandligini rag‘batlantirish, ish o‘rinlari va daromadlarini saqlash bo‘yicha juda ko‘p ishlar amalga oshirildi.
Xususan:

• jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 230 mingga yaqin ishsiz fuqarolar vaqtinchalik ish bilan ta’minlandi; 


• kam ta’minlangan oilalarni shaxsiy tomorqa yerlarini rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi kooperativlarini tashkil etish uchun subsidiyalar berish mexanizmi orqali 33 mingdan ortiq oilalar ish bilan ta’minlandi;


• 3 mingga yaqin ishsiz fuqaro tadbirkorlikni rivojlantirish uchun beriladigan subsidiyalar hisobiga ishga joylashtirildi;


• 20 ming ishsiz fuqaroga ishsizlik bo‘yicha nafaqa berildi.


Mazkur choralar natijasida uch oy davr mobaynida jami 374 ming fuqaro ish joyi va doimiy daromad bilan ta’minlandi. Shu bilan birga, 27 ming ishsiz fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatish maqsadida 10 milliard so‘m ajratildi.


Fuqarolarning ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari ham e’tibordan chetda qolmadi. Asosiy maqsad o‘zgargani yo‘q - fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash bilan birga davlat tomonidan o‘rnatilgan ijtimoiy majburiyatlarni bajarish. Maxsus o‘rganishlar natijalariga ko‘ra, 583 mingta “kam ta’minlangan oilalar” moliyaviy yordamga muhtojligi aniqlandi va “Sahovat va ko‘mak” umummilliy harakati doirasida ularga 307 milliard so‘mdan ortiq miqdordagi moliyaviy yordam ko‘rsatildi.
Aholini, ayniqsa, kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ishsiz aholini haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etish maqsadida jami 279,6 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni 595 ming oiladan 723 ming oilaga yoki 21 foizga oshirildi. 2020 yilda yangi ish o‘rinlarini yaratish va fuqarolar daromadlarini oshirish maqsadida oilaviy biznesni rivojlantirish dasturi doirasida ajratilgan kreditlar hajmi 4 trillion so‘mni tashkil etdi.
Shu bilan birga, 8 iyul kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari qashshoqlikni kamaytirish ishlari davom etayotganini ham kamida 257 ming kam ta’minlangan oila vakillarini ish bilan ta’minlash va oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 37 ming oilaga kredit berish zarurligini ta’kidlab o‘tdilar.


Xulosa.
Xulosa oʻrnida aytganda, hozirga kunda Oʻzbekistonda davlat hokimiyati va tashkilotlari tomonidan olib borilayotgan aholining kam taʼminlangan qismini ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, kichik va oʻrta biznes subyektlarini iqtisodiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlari dunyoda kechayotgan murakkab iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarga mutanosib ravishda tashkil etilyapti. Bu borada dunyoda keng tarqalgan davlat-­xususiy sherikligi, moddiy taʼminlangan aholining va biznesning ­ijtimoiy masʼulligi tamoyillariga asoslangan holda davlatga koʻmaklashuvchi turli ijtimoiy tashabbuslarga asoslangan gʻoyalar va loyihalarni muhokamaga tashlash va amalga oshirish zaruriyati ham mavjud boʻlib, bundan keyin unga nisbatan ehtiyoj yana-da oshishi kutiladi.
Resurslar va tovarlarning alohida bozorlari, shuningdek, butun milliy iqtisodiyotning ishlashi muammolari bilan bir qatorda, har bir mamlakat global iqtisodiy muammolarni hal qilishda u yoki bu tarzda ishtirok etishi kerak. Bu muammolardan birinchisi, dunyodagi eng boy va kambag'al mamlakatlar o'rtasidagi turmush darajasidagi katta farqlardir. Bu farqning o'sishi kambag'al mamlakatlar uchun o'z yalpi ichki mahsulotini aholi soni o'sib borayotganidan tezroq oshirishning imkoni yo'qligi bilan birga keladi. Turmush darajasidagi katta farq ham iqtisodiy, ham siyosiy oqibatlarga olib keladi va dunyoda keskinlikning kuchayishiga olib keladi. Shuning uchun XXI asrda. Ochlik va epidemiyalardan o'n millionlab odamlarning o'limiga olib keladigan global iqtisodiy halokatning oldini olish uchun insoniyat ulkan sa'y-harakatlarni amalga oshirishi kerak. Ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, dunyoning eng qashshoq mamlakatlarida iqtisodiy tizimlarni takomillashtirish va harbiy xarajatlarni qisqartirish, keyinchalik tejalgan mablag'larni iqtisodiyotni rivojlantirishga yo'naltirish orqaligina oldini olish mumkin.
Hozirgi vaqtda insoniyatning iqtisodiy muammolari resurslarning ortib borayotgan qismini ishlab chiqarishni rivojlantirishga emas, balki atrof-muhitni saqlashga sarflash kerakligi bilan og'irlashmoqda. Aks holda, uning ifloslanishi yalpi milliy mahsulotning o'sishini sekinlashtira boshlaydi va uni oshirishga investitsiyalar samaradorligi pasayadi. Biroq, faqat dunyoning eng boy davlatlari atrof-muhitni qutqarish bo'yicha keng ko'lamli dasturlarni amalga oshirishga qodir. Natijada, insoniyat iqtisodiy siyosatning variantlaridan birini tanlash zarurati bilan to‘qnash keldi: yo iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish va atrof-muhitning ifloslanishi tufayli odamlarning moddiy farovonligini oshirish, shu bilan birga ularning hayot davomiyligi va sifatini qisqartirish; yoki atrof-muhit holatini yaxshilash va odamlarning umr ko'rish davomiyligini oshirish, ularning moddiy farovonligi o'sish sur'atining sekinlashishiga olib keladi.



Download 140,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish