47
falsafasining birinchi manbai bo‘lib xizmat qildi. Ilk yunon faylasuflari o‘z asarlarini odatda «Tabiat
haqida» deb nomlaganlari, ularning o‘zlari esa naturalistlar, «fiziklar» deb atalishi bu fikrni tasdiqlaydi.
Sharq donishmandlari kabi, antik mutafakkirlarni ham borliqning manbalari qiziqtirgan. Qadimgi yunon
falsafasi vujudga kelgan paytdan boshlab ular butun borliqning birinchi sababini mavjud voqelikning
o‘zidan izlaganlar, uni dam suv (Fales) yoki havo (Anaksimen) deb, dam hamma narsani boshqaradigan
boqiy va cheksiz asos – «apeyron» (Anaksimandr taxminan miloddan avvalgi 611–545-yillar)deb
tavsiflaganlar. Anaksimandr hatto jonli mavjudotlarning tabiiy kelib chiqishi g‘oyasini ilgari surgan. Uning
fikricha, mazkur mavjudotlar dengiz suvida vujudga kelgan va suv o‘tlaridan paydo bo‘lgan. So‘ngra
baliqsimon mavjudotlar quruqlikka chiqqan va ulardan odamlar rivojlangan. Shunga o‘xshash fikrlarni
Ksenofan (mil. av. 580–490-yillar) ham ilgari suradi. U hamma narsa er va suvdan vujudga keladi va
rivojlanadi, hatto «biz ham er va suvdan paydo bo‘lganmiz», deb hisoblaydi. O‘sha davrning bosh falsafiy
masalasi – «hamma narsa nima», degan savolga javob berar ekan, Pifagor (mil. av. 580–500-yillar) «hamma
narsa sondir»,degan xulosaga keladi. U Erning sharsimonligi haqidagi g‘oyani birinchi bo‘lib ilgari suradi.
Keyinchalik bu g‘oyani Parmenid (mil. av. 540-480-yillar) qo‘llab-quvvatladi va unga yozma ta’rif beradi.
Parmenid faylasuflar orasida birinchi bo‘lib borliqni kategoriya sifatida tavsifladi va uni maxsus falsafiy
tahlil predmetiga aylantirdi. U haqiqiy borliq mohiyatining o‘zgarmasligi haqidagi g‘oyani ilgari suradi.
Parmenid fikricha, borliq paydo bo‘lmagan va u yo‘q ham bo‘lmaydi, chunki undan boshqa hech narsa yo‘q
va bo‘lishi mumkin ham emas. Borliq yagona (uzluksiz), harakatsiz va barkamoldir. U o‘z chegaralariga ega
bo‘lib, «ulkan mutlaqo yumaloq sharga» o‘xshaydi.Parmenidning yagona, ajralmas, o‘zgarmas va harakatsiz
borliq haqidagi ta’limoti ellinlar dunyosida shuhrat qozondi va eleatlar maktabi vakili bo‘lgan (samoslik)
Melit «Tabiat yoki borliq haqida» deb nomlangan asarida borliq chegarasiz ekanligini qayd etadi. Uning
fikricha, agar borliqning chegarasi borligini tan olsak, bu borliq yo‘qlik bilan chegaradosh ekanligini
anglatadi.Biroq, hamonki yo‘qlik mavjud emas ekan, borliq ham chegarali bo‘lishi mumkin emas.SHunday
qilib, qadimgi yunon falsafasining Suqrotga qadar bo‘lgan davrida ontologiya sezilarli darajada rivojlanadi:
o‘sha davr atoqli faylasuflarining deyarli barchasi borliq muammosini bevosita yoki bilvosita o‘rganadi, uni,
odatda, boqiy va barkamol kosmos, «yagona tabiat», ya’ni moddiy-hissiy dunyo bilan tenglashtiradi.
Masalan, Empedokl (mil. av. 484–421-yillar) «borliq» atamasini bevosita ishlatmagan bo‘lsa ham, «barcha
narsalarning to‘rt negizi» (olov,havo, suv va er) haqida so‘z yuritar ekan, dunyo (kosmos) tuxumsimon
ko‘rinishga ega deb hisoblagan, hayot nam va issiq suv o‘tlaridan kelib chiqqani haqida mulohaza yuritgan.
Demokrit va Levkipp atomlarni muayyan modda sifatida tavsiflab,ularni «bo‘shliq» – yo‘qlikka zid o‘laroq,
«to‘la» yoki «qattiq» borliq bilan tenglashtirgan. Shu davrda borliqni tushunishga nisbatan dialektik
yondashuv ilk bor namoyon bo‘ladi. U, butun dunyo muttasil harakat va o‘zgarish jarayonini boshdan
kechiradi, deb hisoblagan va shu munosabat bilan «ayni bir narsa mavjud va nomavjuddir» deb qayd etgan
Geraklit (mil. av. 544–483-yillar) ta’limotida, ayniqsa, bo‘rtib ko‘rinadi.Borliq tushunchasini Platon (mil.
av. 427–347-yillar) sezilarli darajada kengaytirdi. U nafaqat moddiy, balki ideal narsalar ham borliqqa ega
ekanligini falsafa tarixida birinchi bo‘lib ko‘rsatib berdi. Platon «haqiqiy borliq»bo‘lishi «ob’ektiv mavjud
g‘oyalar dunyosi»ni «hissiy borliq»qa qarama-qarshi qo‘ydi. Bunda u inson ongida mustaqil mavjud
bo‘lgan tushunchalar borlig‘ini ham ko‘rsatib o‘tdi va shu tariqa ilk bor «borliq» tushunchasiga amalda
mavjud bo‘lgan barcha narsalarni kiritdi.
Markaziy Osiyoning eng qadimiy kitobi «Avesto»da, borliq harakatdagi dunyo, butun jonli va jonsiz
narsalarning uyg‘unligidagi mavjudlik, deb ifodalanadi.Keyinchalik falsafa tarixida borliqning ko‘p sonli
har xil talqinlari shakllandi, lekin ularning barchasi borliq haqidagi hissiy va oqilona tasavvurlar atrofiga u
yoki bu tarzda tiziladi. Bunda fikrlar va yondashuvlar rang-barangligi namoyon bo‘ladi. Xususan, o‘rta
asrlar Evropa falsafasida, «haqiqiy borliq – «Xudoning borlig‘i» va «haqiqiy bo‘lmagan», ya’ni Xudo
Do'stlaringiz bilan baham: |