Borliq va yo‘qlik dialektikasi.
«Borliq bor, yo‘qlik esa – yo‘q», deganida, Parmenid ayni shu holga
e’tiborni qaratgan. Binobarin, yaxshi, yomon, to‘g‘ri,noto‘g‘ri, quvnoq, sho‘r, oq, qora, katta, kichkina kabi
va shunga o‘xshash sifatlar borliqqa nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas. Borliqni biron-bir koordinatalar
tizimiga joylashtirib bo‘lmaydi, uni faqat vaqtda fikrlash mumkin. Muxtasar qilib aytganda, borliqni har
qanday voqelik ega bo‘ladigan umumiy, universal va betakror mavjudlik qobiliyati, deb tavsiflash mumkin.
Bu fikr esa amalda mavjud narsagina borliqqa ega bo‘lishi mumkin, degan xulosa chiqarish imkonini beradi.
«Yo‘qlik» har qanday tilda amalda mavjud bo‘lmagan narsa bilan tenglashtiriladi va boshqacha tushunilishi
mumkin ham emas. Boshqacha aytganda, yo‘qlik borliqni inkor etadi va narsa, jism, hodisa, ong... (ya’ni
amalda mavjud bo‘lishimumkin bo‘lgan narsalar) o‘zligini yo‘qotgan holda «yo‘qlik» atamasi ayni
shuma’noda ishlatiladi va ular haqida ular «yo‘qlikka chekindi», mavjud emas deyiladi. Lekin, sof falsafiy
ma’noda bu fikrni to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Borliq va yo‘qlik o‘rtasida dialektik o‘zaro aloqa mavjud.
Birinchidan,
dunyo haqidagi hozirgi tasavvurlarga ko‘ra, biz yashayotgan Olam bo‘shliqdan bino bo‘lgan.
Bo‘shliq materiyaning alohida holati. Bo‘shliq fizik borliqning eng boy tipi, o‘ziga xos potensial borliq
sifatida namoyon bo‘ladi, zero unda mumkin bo‘lgan barcha zarralar va holatlar mavjud, biroq ayni vaqtda
unda aktual tarzda hech narsa yo‘q. Yana shuni ham e’tiborga olish lozimki, fiziklar (D.A.Landau va
boshqalar) nuqtai nazaridan biz yashayotgan Olam ham dunyoda yagona emas, chunki u rivojlanishning
turli sikllarini boshidan kechirayotgan turli Olamlarning cheksiz sonidan tashkil topadi. Shu ma’noda borliq
va yo‘qlikning o‘zaro aloqasi ham nisbiy xususiyat kasb etadi
11
.
Ikkinchidan,
amalda mavjud bo‘lgan narsaning ob’ektiv borlig‘i yo‘qlikka chekinadi, lekin, shunga
qaramay u haqda gapirilayotgan, ya’ni u muayyan narsa sifatida fikrlanayotgan bo‘lsa, bu narsa ongda
mavjud bo‘ladi va o‘zining «ikkinchi»borlig‘ini saqlaydi, ayni holda u dastlabki ob’ektning nusxasi, ideal
obrazi bo‘lib qoladi. Shunday qilib, o‘tgan zamondagi borliq yo‘qlikdir, deb aytish mumkin. Borliq doim
hozirgi zamonda mavjud bo‘ladi, u faqat hozirgi zamonda o‘zini namoyon etadi, basharti u dolzarb va
11
Малюкова О.В. Материя, пространство и время с точки зрения физики ХХ века // Онтология, гносеология, логика и
аналитическая философия. –СП(б).: 1997 г. с. 93.
Do'stlaringiz bilan baham: |