204
hisoblanadi. «Ommaviy madaniyat» asosini esa «Biz» degan tushuncha emas, «Avval mening o‘zim,
keyin boshqalar» degan g‘arbona egotsentrizm g‘oyasi tashkil etadi.
Mustaqil rivojlanish yo‘lini tanlab yangi jamiyat qurayotgan har bir millat uchun axloq va milliy
madaniyatni saqlash va yanada rivojlantirish – eng dolzarb va ustuvor vazifadir. Globallashuvning yoshlar
tarbiyasiga o‘tkazayotgan salbiy ta’siri informatsion vositalarning yuksak rivojlanishi natijasida internet,
uyali telefon, telekommunikatsiyalar va turli axborot nashrlarining kirib kelishi, bu vositalar orqali taklif
etilayotgan «qadriyatlar» ko‘p hollarda yoshlarimizni milliy qadriyatlarimizdan uzoqlashtirib qo‘ymoqda.
Boshqacha qilib aytganda, «ildizi yo‘q individ»larning shakllanishiga olib kelmoqda. «Ommaviy
madaniyat» turli xil ko‘rinishlarining yoshlar orasida tobora keng tarqalishi asosan kiyinishda, qiziqishlarda,
bo‘sh vaqtni o‘tkazishda, didlarning sayozlashuvida, milliy qadriyatlarga munosabatda namoyon
bo‘lmoqda. Bular esa behayolik va zo‘ravonlik, milliy qadriyatlarga va ijtimoiy manfaatlarga bepisandlik
bilan munosabatda bo‘lish kabi illatlarni keltirib chiqarmoqda.
Bugungi kunda yoshlar orasida taqlidchilik holatlarining kuchayayotganligi kuzatilayapti. Xorijda keng
tarqalgan axloqiy va ma’naviy yurish-turish andozalarining kinofilmlar, moda va turli xil reklamalar orqali
yoshlarimizning ongini ma’lum ma’noda zaharlayotganini sezish qiyin emas. Natijada, yoshlar o‘rtasida
kitob o‘qishdan ko‘ra kompyuter o‘yinlarining oldida vaqtini o‘tkazish, mazmunan sayoz filmlarni tomosha
qilish odat tusiga kirib bormoqda.
Umuman olganda, globallashuvning salbiy oqibatlarini, «ommaviy madaniyat» niqobidagi aksilmadaniyat
va turli g‘arazli, noxolis axborotlar xurujining ta’sirini mumkin qadar kamaytirish uchun aholi, ayniqsa,
yoshlarning siyosiy ongini, huquqiy, axloqiy, estetik madaniyatini yuksaltirish talab etiladi. Navqiron
avlodni milliy va umumbashariy qadriyatlarga, madaniyat durdonalariga bolalikdan boshlab hurmat ruhida
tarbiyalash, ularda «ommaviy madaniyat»ga xos ayrim ko‘rinishlarga tanqidiy munosabatni,
aksilmadaniyatga, turli buzg‘unchilik g‘oyalar va axborotlarga nisbatan mafkuraviy immunitetni
shakllantirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Xozir insoniyat g‘oyat chigal va ziddiyatli zamonda yashayapti. Buning ustiga, ezgu g‘oyalarni turli g‘arazli
manfaatlar yo‘lida soxtalashtirishga intiluvchilar tobora ko‘paymokda. Oqibatda asl maqsadlar niqoblanib,
azaliy qarashlarning ma’nosi atayin chigallashtirilayapti.
Mustaqil O‘zbekistonimizning qisqa tarixiy davri shuni ko‘rsatdiki, vayronkor, buzg‘unchi g‘oyalar birinchi
galda yoshlar ongini zaharlashga qaratilgan. Buning oldini olish uchun jamiyatimizda, kundalik hayotimizda
ta’lim-tarbiyaga, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga jiddiy e’tibor qaratishimiz darkor.
G‘oyaviy-ma’naviy tahdidlar nimalarda ayon bo‘lishini tahlil qilib ko‘raylik. Bu tahdid, birinchi galda, tili,
dini, e’tiqodidan kat’iy nazar, har qaysi shaxsning tom ma’nodagi ozod inson bo‘lib yashashiga qarshi
qaratilgan, uning aynan ruhiy olamini izdan chiqarish maqsadini ko‘zlaydigan mafkuraviy, g‘oyaviy va
axborot xurujlari tariqasida yuzaga chiqadi.
Ilmiy tahlillarda g‘oyaviy-ma’naviy tahdidlar quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
– avvalo, insonning erkinligiga daxl qiladi, uni fikriy jihatdan qaram qilishni ko‘zlaydi;
– ikkinchidan, insonning ruhiy dunyosini izdan chiqarishga yo‘naltirilgan mafkuraviy, g‘oyaviy va axborot
xurujlari shaklida amalga oshiriladi;
– uchinchidan, turli niqoblar, jozibali shior va g‘oyalar pardasi ostiga yashiriladi;
– to‘rtinchidan, katta ma’naviy yo‘qotishlarga olib keladi, xalqlarning milliy va diniy tomirlariga bolta
uradi;
– beshinchidan, yot g‘oya va zararli dunyokarashni avvalo beg‘ubor yoshlarning ongiga singdirishga
qaratiladi;
– oltinchidan, mamlakat xavfsizligi va milliy manfaatlariga tahdid soladi, jamiyatni inqirozga olib keladi.
Ko‘rinib turibdiki,g‘oyaviy-ma’naviy tahditlar dunyoning barcha mamlakatlari, xalqlari hayotiga daxildor
masala sanaladi. Demak, g‘oyaviy-ma’naviy tahdid qaysi davlat yoki xalqqa qarshi qaratilishidan qat’iy
nazar, butun insoniyatda birdek tashvish va xavotir uyg‘otishi kerak.
Dunyo boshdan kechirayotgan globallashuv jarayoni insoniyat uchun katta imkoniyatlar eshigini ochib
bermokda. Birok ayrim g‘arazli kuchlar shunday ham murakkab bu jarayonni yanada keskinlashtirish,
obrazli qilib aytganda, tinik suvni loyqalatib, istagancha baliq tutishga intilmoqda. Jumladan, hamisha
zo‘ravonlik va gegemonlik hisobidan katta boylik orttirib kelgan kuchlar mana shunday taloto‘plardan
foydalanib, “ommaviy madaniyat” g‘oyasini keng targ‘ib etayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |