ko‘rsatkichning yarmidan ko‘pi 25 yoshgacha bo‘lganlardan iborat.
Bunday murakkab zamonda ma’naviyat va ma’rifat masalasi naqadar dolzarb, hal qiluvchi masalaga
aylanib borayotganini ko‘pchilik hamon teran anglab etgani yo‘k. Takror aytish foydadan xoli emaski, agar
ma’naviyatni yo‘qotsak, o‘zimizni va o‘zligimizni yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin. Aksincha,
ma’naviyatimizni yanada yuksaltirsak, o‘zimizning maksad-vazifalarimizga etish uchun kuchli va ishonchli
madad topa olamiz.
To‘g‘ri, biz demokratiya davrida yashayapmiz. Jamiyatimizda qiziqish va intilishlarga hurmat bilan
qaraladi. Ammo xatarli qiziqish va mayllardan davlat va jamiyat o‘zini himoya qilishi lozim. Buning uchun
esa, eng avvalo, reklama va ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi davlatimiz qonunlarining talablari
qat’iy bajarilishi kerak.
Ayni paytda barchamiz yoshlar dunyoqarashini kengaytirishimiz, imkoniyatlarini rivojlantirishimiz lozim.
Masalan, «Ogohlik» iborasining ma’nolarini bugungi zamon sharoitidan kelib chiqib, ancha keng miqyosda
tushunishimizga to‘g‘ri keladi. YA’ni bugungi ogohlik xalqimiz, ayniqsa, yoshlar dilini, ruhiyatini, aql-
idroki va umuman ma’naviyatini diniy-aqidaparastlik, jaholatparastliklar xataridan tashqari, ayni paytda,
jahonda yuz berayotgan siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy va estetik manfaatlar
yo‘nalishidagi goh oshkora, goh xufiyona kurashlarning keng miqyosdagi xatarli jihatlaridan, jumladan,
«ommaviy madaniyat»ning emiruvchi ta’siridan muhofaza qilishni ham o‘z ichiga oladi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, ayrim siyosiy kuchlar o‘z maqsadlarini millatlar manfaatiga yot
bo‘lgan mafkurali tahdidlar orqali amalga oshirishga qaratishgan. Aslida ularning bu xarakatini buzuqlik,
zo‘ravonlik g‘oyalari boylik orttirish, xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlarini qo‘porish, yo‘q
qilishga urinish deb baholash lozim.
Kelajak egalarini xalqimiz ma’naviyatiga yot “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siridan himoya qilish
bugungi kunning eng dolzarb vazifasi bo‘lib qolmoqda. Buning uchun avvalo ularni milliy tiklanish g‘oyasi,
milliy madaniyat va qadriyatlarni e’zozlash ruhida tarbiyalash, yoshlarni axborot-resurs markazlariga,
madaniy-tarixiy yodgorlik maskanlariga, teatr va ko‘rgazmalarga jalb etish, barkamol avlodni bilimli, sog‘-
lom va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatga ega insonlar qilib tarbiyalash, ular ongi va qalbida mafkuraviy
immunitetni shakllantirishda barcha birday mas’uliyatni his etmog‘i lozim.
Binobarin, o‘sib kelayotgan avlodni shunday tarbiyalashimiz kerakki, ular axborot makoniga kirganda, faqat
o‘zi uchun zarur va foydali narsani olsin, internetdan foydalanish madaniyatini o‘rgansin. Bu masalada
internet tizimi orqali mentalitetimizga mutlaqo yot mafkura va dunyoqarashni yoshlarimiz qalbi va ongiga
singdirishga urinayotganlar borligi, ayniqsa, xatarli ekanligidan barchamizni ogoh bo‘lishimiz zarur. Zero,
biz bu masalada hamisha ogoh va hushyor turmasak, mafkuraviy xurujlar, avvalo, yoshlarning ongini
zaharlashi, “ommaviy madaniyat” deb atalayotgan illat xalqimizning ma’naviy boyligi bo‘lgan odob-axloq,
ibo, or-nomus, iroda, sharm-hayo, iffat-andisha kabi fazilatlarimizni nursizlantirib, ko‘p mingyillik milliy
qadriyatlarimizga putur etkazishimiz mumkin.
Ko‘p narsa internetning boy axborot resurslaridan kim va qanday maqsadlarda foydalanishiga bog‘liq. SHu
o‘rinda har qanday axborot xurujlari, “ommaviy madaniyat” xavfidan himoyalanmagan saytlar, ijtimoiy
tarmoqlarning salbiy ta’siridan butun millat, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni himoya qilish har bir
ongli insonning muqaddas burchi ekanini ta’kidlash lozim.
O‘zbekiston erishayotgan, dunyo tan olayotgan ulkan yutuqlarning negizida turgan asosiy omil insondir.
Buyuk ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot, yo najot – yo halokat,
yo saodat – yo falokat masalasidir”, degan so‘zlari bir asr avval millatimiz uchun qanchalik muhim va
dolzarblik kasb etgan bo‘lsa, hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga
ko‘rinmaydigan, lekin o‘rnini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan darajada ulkan ziyon etkazishi
mumkin. Bu tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o‘ylangan, ilmiy asosda puxta tashkil etilgan,
Do'stlaringiz bilan baham: |