Toshkent moliya instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi


Axloqiy tarbiya hamda uning yo‘llari va vositalari



Download 4,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet374/643
Sana01.01.2022
Hajmi4,93 Mb.
#302989
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   643
Bog'liq
Mantiq

4. Axloqiy tarbiya hamda uning yo‘llari va vositalari 

Insonning axloqiy hayoti uning axloqiy tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Zero, axloqiy tarbiya insonning 

shaxs  bo‘lib  yetishuvini  ta  ’minlaydigan  uzluksiz  jarayonlardan  biri.  Unda  individ  axloqiy  qadriyatlarni 

anglab yetadi, o‘zida axloqiy fazilatlarni barqaror etadi,axloqiy tamoyillar va me’yorlar asosida yashashga 

o‘rganadi. Axloqiy tarbiya insoniyat tarixi mobaynida ikki muhim masalaga 

javob izlaydi: bulardan biri — qanday yashamoq kerak, ikkinchisi — nima qilmog‘-u, nima qilmaslik lozim. 

Ana  shu  savollarga  javob  izlash  jarayoni  axloqiy  tarbiyaning  amaliy  ko'rinishidir.  Tarbiya  ona  qornidan 

boshlanadi  degan  gap  bor.  Uning  asl  ma’nosi,  avvalo,  ota-onaning  o‘zi  axloqiy  tarbiya  ko‘rgan  bo‘lishi 

kerak degani. Zero, qush inida ko‘rganini qiladi: ota-ona oilada yuksak axloq namunasini ko‘rsatishi lozim. 

Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, axloqiylik insonda faqat axloqiy tarbiya vositasidagina vujudga keladi, 

degan moddiyatchilik qarashlari ko’p yillar mobaynida hukmronlik qilib keldi. To‘g‘ri, axloqiy tarbiyaning 

ahamiyati  nihoyatda  katta.  Lekin  axloqiylik  insonga  uning  insoniylik  belgilaridan  eng  muhimi  sifatida  ato 

etilgan ilohiy ne’mat. Shu ma’naviy ne’mat asosni axloqiy tarbiya yordamida takomillashtiramiz. Aks holda 

maymun va itlardan ham axloqiy mavjudot tarbiyalab yetkazishimiz mumkin bo‘lur edi. 

Shunday  qilib,  axloqiy  tarbiya  inson  farzandini  takomilga,  komillikka  yetkazish  yo‘llaridan  biri.  Uning 

vositalari ko‘p. Ulaming bir qismi an’anaviy tarbiya vositalari bo‘lsa, yana bir qismi zamonaviy vositalar. 

Odatda,  har  ikki  turdagi  vositalardan  foydalaniladi.  Chunonchi,  maktabgacha  bo’lgan  axloqiy  tarbiyada 

ertak  va  rivoyatlar  vositasidagi  an  anaviy  tarbiya  bilan  o‘yinchoqlar  va  o‘yinlar  vositasidagi  zamonaviy 

tarbiya  muvaffaqiyatli  qo‘llaniladi;  bunda  bola  qizg‘anchiqlik,  g‘irromlik  qilmaslikka,  halol  bo‘lishga 

o'yinlar  yordamida  da’vat  etiladi.  Bolalar  axloqiy  tarbiyasida  televideniye,  radio,  qo‘g‘irchoq  teatri,  kino 

san’ati katta rol o ynaydi. Umuman, axloqiy tarbiyaning eng kuchli vositasi — san’at. Bu vosita aholining 

barcha  tabaqasini,  turli  yoshdagi  shaxslarni  qamrab  oladi.  Ayniqsa,  san’atning  badiiy  adabiyot  turi  keng 

qamrovli.  Ertakdan  tortib  romangacha  bo‘lgan  janrlarda  chop  etilgan  asarlar  shaxsning  axloqiy 

shakllanishida ulkan xizmat ko‘rsatadilar. Ular orqali kitobxon tarbiyalanuvchi sifatida ezgulik va yovuzlik 

nimaligini badiiy idrok etadi; ideal tanlashda ham ularning ahamiyati katta. Bundan tashqari, badiiy 

                                                           

58

 I.A.Karimov .Biz o’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz.T.O’zbekiston 1999 y. 77 bet 




 


Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   643




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish