16
mualliflari asarlarida, arxeologik manbalarda, xalq og‘zaki ijodiyoti namunalari: afsonalar, dostonlar va
rivoyatlarda aks etgan.
Dastlabki falsafiy tasavvurlar va qarashlar SHarqning eng qadimgi mamlakatlaridan bo‘lgan Bobilda
eramizdan oldin 4-ming yillikning boshlarida paydo bo‘ladi. SHu davrlardayoq odamlarning dunyoda ro‘y
berib turadigan xilma-xil hodisa va voqealarga bo‘lgan munosabatlarlari va qiziqishlarini, garchi hali sodda va
yuzaki, ibtidoiy shaklda bo‘lsa-da, o‘zida aks ettirgan falsafiy qarashlar paydo bo‘la boshlagan. Buni biz
qadimgi Bobil adabiyotining ko‘zga kuringan mashhur asarlaridan biri «Gelgamish haqida doston»da, undagi
tuproq, suv, havo, issiqlik va sovuqlikning inson hayoti va tirikchiligining abadiy manbai ekanligi,
Gelgamishning obihayot qidirib, boshidan kechirgan sarguzashtlari, chekkan azob-uqibatlari, odamlarning
tabiiy qonunlar asosida yashashlari zarurligi, kishilarning hayot va o‘lim sirlarini bilishga azaldan intilib
kelishlari haqida qilingan hikoyalardan yaqqol bilib olamiz.
«Adona haqida doston»da esa insoniyat hayotida yaxshilik bilan yomonlik, ezgulik bilan yovuzlik boylik
bilan qashshoqlik bir-biriga tubdan qarama-qarshi va zid ekanligi haqidagi fikrlar ifodalangan. «Jafokash
avliyo haqida doston», «Xo‘jayinning quli bilan suhbati» kabi asarlarda biz buning yaqqol guvohi bo‘lamiz.
Eslab o‘tilgan birinchi dostonda baxt va baxtizlik, adolat va adolatsizlik haqida, ularning sabablari va bartaraf
etish usulari hamda yo‘llari xususida dastlabki falsafiy tasavvurlar va g‘oyalar bayon etilgan.
Jamiyat ishlab chiqarishi o‘rtaga qo‘ygan talablar, inson amaliy faoliyati tug‘dirgan ehtiyojlar asosida
Bobilda tabiat hodisalari haqida, ularning mazmunini tushunib olib, ulardan turmushda foydalanish zarurati,
mahsulot va narsalarning miqdorini aniqlash, og‘irligi va uzunligini o‘lchash, ishchi kuchlarning samarasini
belgilash, binolar hajmini topish dalalarning er satxini hisoblab chiqish zarurati dastlabki arifmetik va
geometrik bilimlarning paydo bo‘lishini taqozo etadi. Bu narsa o‘sha davrlardayoq taqvimning paydo
bo‘lishiga olib kelgan va odamlardan astronomiya sohasida ma’lum bilimlarga ega bo‘lishni talab qiladi. SHu
asosda Bobilliklar quyosh soati, Quyosh ko‘rsatgichi va uning 12 bo‘lakka bo‘linishini azaldan bilishgan.
Antik davr ma’lumotlariga ko‘ra, Bobilda matematika, geometriya, astronomiya bilan bir qatorda, tibbiyot,
tarix, geografiya, filologiya, musiqa, tasviriy san’at, astrologiya kabi bilim sohalari asta-sekin kurtak yoza
boshlagan.
Qadimgi Misr ham jahon madaniyatining eng qadimgi o‘choqlaridan biri bo‘lib, unda ham ilk madaniy
yodgorliklar eramizdan avvalgi to‘rt ming yillikning boshlarida vujudga kelgan. Bobil madaniyati kabi qadimgi
Misr madaniy yodgorliklarida ham xalq donishmandligining hamma turlarida o‘sha davrdagi ijtimoiy, iqtisodiy
hayot, tabiat hodisalariga munosabat, kishilarning ijtimoiy, siyosiy, ahloqiy, huquqiy, ularning sintezi bo‘lgan
falsafiy qarashlarida o‘z ifodasini topgan.
Qadimgi misrliklar suvni odamga oziq-ovqat etishtiruvchi, inson uchun dastlabki ulug‘ ne’mat, deb bilganlar.
Suv ularga butun tabiatning, hayotning asosi bo‘lib ko‘ringan. Ular Nil daryosini ilohiy bir mo‘‘jiza deb,
tabiatdagi o‘simlik va daraxtlarga talpinganlar. Qadimgi misrliklar astronomiya sohasida ba’zi bilimlarga ega
bo‘lib, sayyoralarni yulduzlardan ajrata bilganlar, alohida yulduzlar xaritasini va har xil taqvimlar tuzganlar.
Qadimgi Misrda tibbiyot juda rivojlangan, misrliklar kasalliklarning juda ko‘p turlaridan xabardor bo‘lishib,
tashhis qo‘yish sohasida katta tajribalarni qo‘lga kiritganlar. Qadimgi misrliklar, ayniqsa qurilish,
arxitekturaga, san’atning juda ko‘p turlariga, hisob-kitob, o‘lcham va chizmachilik, matematik va astronomik
bilimlarga egaligi jihatdan boshqalardan tubdan farq qilishgan. Haqiqiy ma’noda ular geometriya va
astronomiyaga oid bilimlarning ilk yaratuvchilari bo‘lishgan. Misr ehromlari-piramidalar buning rad qilib
bo‘lmas hayotiy guvohlaridir. Umuman, Qadimgi Bobil va Misr xalqlarining madaniyati, urf odatlari,
dunyoqarashlari, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, badiiy, ahloqiy va falsafiy qarashlari butun qadimiy
SHarq xalqlari kabi diniy qarashlar bilan sug‘orilgan bo‘lgan. Ularning bu qarashlari nasldan-naslga,
avlodlardan-avlodlarga o‘tib, SHarqdagi boshqa ko‘pchilik xalqlar madaniy-ma’naviy taraqqiyotiga, ijtimoiy-
falsafiy fikrlar rivojiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatgan. Buni biz qadimiy Hindistonning madaniy-ma’naviy
Do'stlaringiz bilan baham: |