17
taraqqiyoti misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin.Qadimgi Hindiston o‘zining boy tarixi va madaniyatiga, diniy
va falsafiy ma’lumotlariga ega bo‘lgan. Hindistonda eramizdan 3 ming yil muqaddam erni sun’iy sug‘orish,
dehqonchilik taraqqiy etgan, anhorlar qazilgan, kulolchilik, yog‘ochsozlik, to‘qimachilik, zargarlik,
hunarmandchilik, pishiq g‘ishtlardan ko‘p qavvatli binolar qurish, jun va zig‘ir tolasidan matolar tayyorlash,
mis va temir, qalay va qo‘rg‘oshindan qurol-aslahalar yasash taraqqiy etgan. Abu Rayhon Beruniyning
«Hindiston» asarida yozilishicha, eramizning birinchi asrlaridayoq Hindistonda tibbiyot, riyoziyot, ilmi nujum,
kimyo, musiqa, po’ziya, tarix, san’at va falsafaga oid bilimlar keng rivojlangan bo‘lgan. Ayniqsa, noyob
tabiatga, sa[iy zaminga, ajoyib nabotot va hayvonot olamiga boy bo‘lgan Qadimgi Hindistonda madaniyat va
san’atga oid, diniy, falsafiy qarashlar keng rivojlangan. Bunga bizgacha etib kelgan «Ramayana»,
«Mahobhorat» («Maxayana»), «Kamila va Dimna» kabi buyuk asarlar to‘liq guvohlik beradi. Bu buyuk
nafosat va betimsol hikmat hazinasi bo‘lgan asarlarda hind xalqining qadimiy urf-odatlari, an’analari, odob-
axloqi, madaniyati, dini va tarixi, milliy qadriyatlari bilan birga, ularning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy badiiy va
falsafiy qarashlari yorqin ifodasini topgan. Bulardan tashqari, qadimiy Hindistonda falsafiy fikrlar to‘rtta
Vedalarda ham ifodalangan. Ular: Rigveda, Samaveda, Yajurveda, Atxarvavedalardir. Bu vedalardan eng
muhimi Rigveda bo‘lib, u eramizdan 1500 yil oldin paydo bo‘lgan. Bu Vedalarda diniy qarashlar bilan birga
olam, borliq fazo va vaqt inson, inson hayotining ruhiy va tabiiy asoslari, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi
aloqadorlik, ilohiy kuchlar, ularning faoliyatlari haqida muhim falsafiy fikrlar va qarashlar ilgari suriladi.
Keyinchalik bu vedalarni turlicha tushunish asosida ularni turlicha talqin etuvchi falsafiy maktablar vujudga
keladi. Bu maktablar o‘z g‘oyaviy yo‘nalishlariga ko‘ra ikki oqimni tashkil qilishadi. Birinchi oqim tabiiy
materialistik yo‘nalishda bo‘lib, uni buddizm, hinduizm, jaynizm, lokayata va chorvaka maktablari tashkil
qiladi. Ikkinchi oqim esa diniy idealistik yo‘nalishda bo‘lib, unga vedanta, mimansa, sankxiya, yoge, n’yaya,
vaysheshika, maktablari kiradi.
Bu yuqoridagi maktablardan lokayata va chorvaka maktablari haqiqiy real dunyo, deb insonlar yashaydigan
dunyoni tushunadilar. Ularning tarafdorlari dunyoni, tabiat hodisalarini, ular qanday bo‘lishsa, xuddi shunday
tushunmoq va tushuntirmoq kerak, degan talabni ilgari suradilar. Ular nuqtai nazaricha, butun borliq: olov, suv,
havo, tuproqning yig‘indisidan iborat bo‘lib, inson ham ana shu to‘rt unsur birikmasidan tashkil topgan.
Chorvakalar dunyoni hech kim yaratgan emas, balki uning asosida to‘rt moddiy elementlar birligi yotadi, deb
hisoblaydilar. Ular: «Olovni kim issiq qildi, suvni kim sovuq qildi?» va kabi savollar berib, «Ularning
hammasini shu hodisalarning o‘zidan qidirish kerak», - deb javob qaytaradilar.
Lokayata maktabi vakillari, hayotning murakkab shakllari uning oddiy shakllarining uzoq davom
etgan evolyusiyasi tufayli vujudga keladi, deyishadi. Ularning fikricha, inson bir marta yashaydi. SHuning
uchun u baxtli hayot kechirishga, o‘zining oqilona ehtiyoj va manfaatlarini qondirishga intilishi kerak.
Bunday falsafiy qarashlar qadimgi Xitoyda ham vujudga keladi.
Qadimgi Hindiston kabi, qadimgi Xitoy ham Sharqda yirik o‘choqlardan biri bo‘lgan. Eramizdan
2000 yil ilgari bu erda ham dehqonchilik keng taraqqiy etib, sug‘orish ishlari ancha rivojlanadi. Bu erda
ham metaldan, xususan, temirdan mehnat qurollari ishlab chiqarish avj oladi. Qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya
,hunarmandchilik, savdo-sotiqning ravnaqi turli bilmlarning rivojlanishi uchun keng yo‘l ochadi. Natijada,
qadimgi Xitoyda, astronomiya, biologiya, tibbiyot, san’at va madaniyat sohalari katta yutuqlarga erishadi.
Bu erda ham dastlabki falsafiy ta’limotlar paydo bo‘lib, ularda dunyo abadiy, u 5 unsur – olov, suv, er,
daraxt va metalldan tashkil tapgan, degan qarashlar ilgari suriladi. Eramizdan oldingi XIX asrlarga kelib,
Xitoyda daosizm falsafiy oqimi paydo buladi. Uning asoschisi Lao-Szi, birinchi Xitoy faylasufidir. Qadimgi
Xitoyning ko‘zga ko‘ringan faylasuflaridan biri Lao-Szidir (VI-V asrlar). Uning ta’limotiga ko‘ra, olam,
jamiyat va inson hayoti Dao qonuniga bo‘ysunmog‘i lozim. Daosizm ta’limoti ana shu tariqa shakllangan.
Dao qonuni — tabiatning yashash qonunidir, undagi rang-baranglik kurashi va uyg‘unligi abadiyligining
e’tirof etilishidir. Bu qonunga ko‘ra, olamning asosini tashkil etuvchi «Si», ya’ni beshta unsur — olov, suv,
Do'stlaringiz bilan baham: |