Bilimning asosiy turlari.
Bilim nima? Bilim tushunchasiga aniq ta’rif berish qiyin, balki hatto mumkin
ham emas. Gap shundaki, birinchidan, bu tushuncha eng umumiy tushunchalardan biri hisoblanadi, umumiy
tushunchalarga esa doim aniq ta’rif berish qiyin. Ikkinchidan, bilimning juda ko‘p turlari mavjud va
ularning hammasini yonma-yon qo‘yib bo‘lmaydi. Shuni e’tiborga olib, bilim nima ekanligini aniqlashga
harakat qilib ko‘ramiz. Odatda, biz nimanidir bilishimiz haqida gapirganimizda, o‘zimiz bu «nimadir»
haqida ancha to‘g‘ri tasavvurga egamiz, deb hisoblaymiz. Shuningdek, bizning tasavvurimiz xom xayol
yoki faqat o‘z shaxsiy fikrimiz emasligiga ham ishonchimiz komil bo‘ladi. Nihoyat, biz bu ishonchni
mustahkamlovchi qandaydir dalillar keltirishimiz mumkin. SHunday qilib, o‘z shaxsiy hayotimizda biz
amaldagi holatga mos keladigan va ma’lum asoslarga ega bo‘lgan ishonch, e’tiqodni bilim deb hisoblaymiz.
Teran ma’no bilan sug‘orilgan bu bilim talqinining umumiy ruhi gnoseologiyada ham saqlanib qolgan. Ayni
zamonda, gnoseologiya bu talqin zamirida mujassam ba’zi bir holatlarni aniqlaydi va ularga oydinlik
kiritadi. «S sub’ekt qandaydir P predmetni biladi», degan standart gnoseolgik talqin quyidagi uch shartni o‘z
ichiga oladi:
○
Haqiqiylik (muvofiqlik) sharti – «agar P haqiqiy bo‘lsa, u holda S P ni biladi».
Biz CHimyon
Toshkentdan shimolroqda joylashganligini bilaman, basharti CHimyon chindan ham Toshkentdan
shimolroqda joylashgan bo‘lsa. Agar biz Amudaryo Tinch okeaniga quyiladi, deb aytsak, bizning bu
fikrimiz bilim emas, balki yanglish fikr, xato bo‘ladi.
○
Ishonchlilik (e’tiqod, maqbullik) sharti – «agar S P ni bilsa, u holda S P ga ishonadi (uning mavjudligiga
e’tiqodi komil bo‘ladi).
Masalan, agar biz
O‘zbekistonda daryo bor desak, biz uning amalda mavjudligiga
ishonamiz. Odatda,
bilim shunday ishonch yoki shunday e’tiqod hisoblanadi va ularni ajratish mumkin
emas. SHunday bir vaziyatni tasavvur qiling: siz oyna oldiga kelib, tashqarida
yomg‘ir yog‘ayotganini
ko‘rasiz. Siz: «YOmg‘ir yog‘yapti, lekin men bunga ishonmayman»,deysiz. Bu iboraning anoto‘g‘riligi
bilimimiz bizning e’tiqodimiz ekanligini ko‘rsatadi.
Asoslilik sharti «S P ni biladi, basharti u o‘zining P ga
bo‘lgan ishonchini asoslab bera olsa».
Bu shart bilimni to‘g‘ri chiqadigan taxminlar yoki tasodifan mos
kelish hollaridan farqlash imkonini beradi. Aytaylik, siz besh yashar
bolakaydan: «Quyosh tizimida nechta
sayyora bor», deb so‘radingiz va «To‘qqizta»,
degan javobni eshitdingiz. Siz bola sayyoralar sonini
tasodifan to‘g‘ri aytdi,
deb hisoblaysiz. Agar u o‘z javobini hech bo‘lmasa buni onasidan eshitganini
aytib,
asoslab bera olmasa, siz bolakayda bu dalil haqida haqiqiy bilim mavjud emas, degan to‘xtamga kelasiz.
SHunday qilib, bu «uch qismli» talqinga muvofiq, quyidagi muxtasar ta’rifni berish mumkin:
bilim – bu
haqiqatga mos keladigan va asoslangan ishonch-dir.
Bu ta’rif ancha sodda bo‘lib, uni bilimning barcha
Do'stlaringiz bilan baham: |