Kundalik amaliy bilim.
Tabiat haqida, shuningdek, odamlarning o‘zlari,ularning yashash sharoiti,
ijtimoiy aloqalari va hokazolar to‘g‘risida elementlar bilimlar beruvchi kundalik-amaliy bilimlar bilishning
tarixan eng birinchi shakli hisoblanadi
. Bilishning bu shakli kundalik hayot, odamlar amaliy tajribasidan
kelib chiqqan. Shu asosda olingan bilimlar garchi mustahkam
bo‘lsa-da, biroq tartibsiz, tarqoq xususiyatga
ega bo‘ladi, ma’lumotlar, qoidalar
va shu kabilarning oddiy majmuini tashkil etadi. Kundalik bilish sohasi
juda
rang-barang. U sog‘lom fikr, e’tiqodlar, belgi-alomatlar, shaxsiy tajribadan
chiqarilgan dastlabki
xulosalar, ularning an’analar, rivoyatlar, o‘gitlar va
hokazolarda ifodalangan ko‘rinishlari, intuitiv ishonch,
sezgilar va shu kabilarni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |