b) Mohiyat va hodisa.
Mohiyat narsa va hodisalarning ichki, eng muhim o‘zaro bog‘lanishlari, shu bog‘lanishlarning
qonuniy aloqadorliklarini ifodalaydi. Hodisa esa shu narsa va jarayonlarni tashkil etuvchi tomonlar,
xususiyatlar va bog‘lanishlarning namoyon bo‘lish shakli, mohiyatning ifodalanishidir. Masalan, hamma
tirik mavjudotlarning mohiyati ulardagi modda almashish jarayoni bo‘lmasa, tiriklik jarayoni — hayot ham
bo‘lmaydi. Modda almashish jarayoni butun hayot jarayonining asosiy mohiyatini tashkil etadi. Lekin bu
modda almashuv jarayoni har bir tirik organizmda juda xilma-xil ko‘rinishlarda sodir bo‘ladi. Bu
ko‘rinishlar — hodisalar. Mohiyat va hodisa o‘zaro umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Bu
xususiyatlar quyidagilardan iboratdir:
Do'stlaringiz bilan baham: |