borliq haqida so‘z yuritar ekanmiz, makon va vaqt tushunchalarini chetlab o‘tishimiz mumkin emas. Zero,
har qanday jism, narsa, hodisa doim borliqning boshqa predmetlari va hodisalari bilan yonma-yon keladi,
ko‘lamlilik xususiyatiga ega bo‘ladi. SHuningdek, ular o‘z ichki va tashqi holatlarini bir-biriga nisbatan
57
o‘zgartiradi va bu turli hollarda har xil tezlik, marom, sur’at va davomlilik bilan yuz beradi. Alohida holda,
ayrim yagona deb qaraladigan bu ko‘rsatkichlar majmui bizga vaqt haqida tasavvur beradi. Makon va vaqt
o‘z rang-barangligida cheksiz borliqning shakllari sifatida amal qiladi.Makon va vaqt mohiyati haqida
odamlar o‘z rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq fikr yuritganlar va o‘tmishning aksariyat
mutafakkirlari ularning tabiatini aniqlashga harakat qilganlar. Bu, avvalo, inson amaliyoti va bilishining
rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Zero, ular kengayib va takomillashib, mazkur kategoriyalarni yanada
aniqroq va teranroq tushunishni talab qilgan. Xususan, antik davrdayoq falsafadan ko‘lamli shakl lar va
ularni o‘lchash usullari haqidagi fan sifatida ajralib chiqqan geometriya dastlabki aniq fanlardan biriga
aylandi. Vaqtga astronomik kuzatishlar hamda koinotning boqiyligi va inson hayotining tezoqarligi haqidagi
mulohazalar nuqtai nazaridan ham alohida e’tibor qaratilgan. Keyinchalik «makon» va «vaqt»
kategoriyalariga qiziqish hech qachon susaymagan. Ular bilan bog‘liq ko‘p sonli masalalar yuzaga kelgan.
Ularning eng muhimlaridan biri quyidagicha yangraydi: makon va vaqt mustaqil mohiyatlarmi yoki ular
faqat nimagadir bog‘liq holda keladimi? SHu munosabat bilan falsafa tarixida shakllangan ikki muhim va
bir-biridan butunlay farq qiladigan yo‘nalish – substansional va relyasion yo‘nalishlarni farqlash mumkin.
Substansional yo‘nalishda makon va vaqt materiya va ongga bog‘liq bo‘lmagan mustaqil mohiyatlar
sifatida amal qiladi.
Substansional konsepsiya asoschilari Demokrit (makon muammosi bo‘yicha) va Platon
(vaqtga nisbatan yondashuvlarda) Demokrit atomlar harakatlanuvchi bo‘shliq amalda mavjudligi haqidagi
yondashuvni ilgari surgan. Uning fikricha, bo‘shliqsiz atomlar
harakatlanish imkoniyatidan mahrumdir.
Demokrit va Epikur makonni atomlardan iborat joy, deb tasavvur qilgan va uni bo‘shliq bilan
tenglashtirgan. Makon mutlaq, bir jinsli va harakatsiz bo‘ladi, vaqt esa bir tekis oqadi, deb
hisoblangan.
Makon ob’ektiv, bir xil va cheksiz. U atomlar joylashadigan joy. Vaqt (zamon)ni abadiyat bilan
tenglashtirish mumkin, u o‘tmishdan kelajak sari bir maromda kechuvchi sof davomlilikdan iborat. Vaqt –
voqealar yuz beruvchi joy.
Do'stlaringiz bilan baham: