Toshkent moliya instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi



Download 4,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet450/643
Sana01.01.2022
Hajmi4,93 Mb.
#302989
1   ...   446   447   448   449   450   451   452   453   ...   643
Bog'liq
Mantiq

 

 

 

247 



 

estetik dunyoqarashini shakllantirishda, ularni nafosatli jihatdan tarbiyalashda yuksak ahamiyat kasb etadi. 

Rang–barang  mavzulardagi  ko'rsatuvlar  badiiy  va  hujjatli  filmlar,  ijtimoiy–ma'naviy  mazmundagi 

reklamalar,  telemarafonlar  nafosatli  tarbiyani  maqsadli  yo'naltirishda,  insonlar  tafakkurida  go'zallikka 

bo'lgan  yangicha  munosabatni  shakllantirishda  salmoqli  ahamiyat  kasb  etadi. 

Sport  –  estetik  tarbiyaning 

zamonaviy  vositasi.

  Sport  estetik  tarbiya  vositasi  sifatida  zamonaviy  insonni  kamol  toptirishda  alohida 

e'tiborga  ega.  Hozirda  sportni  rivojlantirish  mamlakatimizda  davlat  siyosati  darajasiga  ko'tarildi.  Bundan 

ko'zlangan  asosiy  maqsad  avlodni  jismonan  baquvvat,  sog'lom,  vatanning  jasur  himoyachisi  qilib 

tarbiyalashdir.  Hozirda  yurtimizda  sportni  rivojlantirishga  doir  ko'plab  dasturlar  ishlab  chiqilgan  va  ular 

jamiyat  munosabatlaridan  amalda  ishtirok  qilmoqdalar.  Keyingi  kunlarda  O'bekiston  ko'plab  sport  turlari 

bo'yicha jahon musobaqalarni  uyushtiruvchi  va  o'tkazuvchi  mamlakat  sifatida jahon hamjamiyatida ko'zga 

ko'rinib  bormoqda.  Ana  shularning  barchasi  muayyan  ma'noda  inson  nafosatli  dunyoqarashini,  tafakkurini 

sog'lomlashtirishiga  qaratilgan.  Bir  so'z  bilan  aytganda,  sport  estetik  tarbiyaning  muhim  vositasi  sifatida 

«Farzandlari  sog'lom  yurtning  kelajagi  porloq  bo'ladi»  -  degan  maqsadni  amalga  oshirishga  muhim  hissa 

qo'shadi. Bugungi kunda milliy g'oya va milliy mafkura hayotiy ehtiyoj darajasiga ko'tarildi. Shunday ekan, 

har bir inson jamiyatda o'z o'rnini bilishi, o'zini jamiyatning ajralmas qismi deb his qilishi lozim. Endilikda 

mafkura dunyosida paydo bo'ladigan bo'shliq pirovardida jamiyat, inson va mamlakat uchun naqadar katta 

xavf  solishini  anglamoqdamiz.  Tarbiyaning  estetik  shakli  esa  mazkur  jarayonlarda  yosh  avlodni  go'zallik 

haqidagi  tuyg'ularini,  tabiatga  bo'lgan  munosabatini,  badiiy  adabiyotga  qiziqishini,  jamiyat  ma'naviy 

rivojidagi  yangicha  qarashlarni  go'zallik  va  ulug'vorlik  asosida  tarbiyalashdek  dolzarb  vazifani  amalga 

oshirishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Estetik tarbiya juda keng ko'lamga ega bo'lib, insonni bir butun 

shaxs  sifatida  namoyon  qiladi.  Shuning  uchun  har  qaysi  davr,  tuzum,  jamiyat  estetik  tarbiyaga  ehtiyoj 

sezadi.  Biroq,  bu  jarayon  pedagoglar  zimmasiga  juda  katta  vazifa  yuklaydi.  Ayniqsa,  bugungi  kunda  oliy 

ta'lim  muassasasida  katta  ehtiyojga  aylanmoqda.  Biroq,  ko'pgina  oliy  ta'lim  muassasalarida  bu  fanga 

nihoyatda  jo'n  va  primitiv  yondoshuv  mavjudligini  alohida  e'tirof  etish  zurur.  Fanning  maqsadini  noto'g'ri 

tushunish mavjud. Estetik tarbiya ma'naviy tarbiyaning ajralmas qismi sifatida inson ma'naviy va jismoniy 

olamining  uyg'un  tarzda  rivojlanishiga  ulkan  xissa  qo'shadi.  Estetik  tarbiyada  insonning  tashqi  ko'rinishi, 

uning jamoat orasida o'zini tutishi, jismoniy baquvvat bo'lishi ham katta ahamiyatga ega. Shubhasiz, yuksak 

did  ma'lum  darajada  kishining  estetik  tarbiya  ko'rganidan  dalolat  beradi.  Xulosa  qilib  aytganda, 

ma'naviyatni  yuksaltirishda  estetik  tarbiyaning  zaruriyatini  quyidagicha  izoxlash  mumkin.  -  globallashuv 

jarayonida inson tabiatida sodir bo'ladigan o'zgarishlarni optimallashtiradi;  - ma'naviy tarbiyaning ajralmas 

qismi sifatida mavjud tahdidlarga qarshi inson go'zalligini har tomonlama uyg'un rivojlanishini ta'minlaydi; 

-  estetik  tarbiyaning  asosida  insonning  hayotga  bo'lgan  ijodiy  munosabati  yotadi,  bu  ijodiylik  fetish 

estetikaning  avj  olishiga  monelik  qiladi;  -  insonning  estetik  didini  tarbiyalash  orqali  uning  g'ayriestetik 




 


Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   446   447   448   449   450   451   452   453   ...   643




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish