188
a’zolari va qobiliyatini hamda muayyan darajada idrok. etish xislatiga ega. Insonda esa bulardan tashqari
mulohaza qilish, fikrlash qobiliyati va uyat hissi, bir so‘z bilan aytganda, aql bor. Uni G‘azzoliy oltinchi
sezgi yoki ikkkinchi yurak, yurak ichidagi yurak o‘qiydi. Ana shu axloq ixtiyor erkinligini, ixtiyor erkinligi
esa axloqni taqozo etadi.
Inson ham ixtiyor erkinligi zaruriyat talabi bilan okilona, aqlga bo‘ysundirilgan ravishda, cheklanadi, ya’ni
nisbiylamaydi. Aks holda, muayyan bir, bir necha inson yoki guruxning betiyiq erkin ixtiyori nafakat
boshqa insonlar va gupuhlap, balki nabotot, xayvonot olami, butun dunyo uchun fojeaga aylanishi mumkin.
Ixtiyor erkinligini bunday cheklashning, aqlga bo‘ysundirishning asosiy vositasi axloqdir.
SHunday kilib, axloq - oliy mavjudotga ato etilgan oliy ne’mat. YA’ni axloqning kelib chiqishi iloxiy
manba’dandir. Ana shu iloxiy asosni asrab-avaylab, taraqqiy toptirish xar bir insonning asosiy vazifasi,
burchi. SHu bois o‘z-o‘zini va iloji bo‘lsa, o‘zgalarni axloqiy tarbiyalash barcha muqaddas kitoblarda savob
sanaladi.
Ixtiyor erkinligi tufayli inson xar qadamda axloqiy tanlov muammosiga duch keladi. Bu muammo kishida
mas’uliyat xissi mavjudligidan dalolat beradi. Mas’uliyatni, o‘zgalar va o‘z vijdoni oldida javobgarlikni
sezmagan kishi xoxlagan ishga qo‘l urishi mumkin - uni uz qilmishining oqibati qiziqtirmaydi, u fakat
manfaat ustuvorligini tan oladi, xolos. Unday odamni axloqsiz deb ataydilar. Zero inson yo ezgulikni, yo
yovuzlikni tanlashi tufayli nimanidir ixtiyor etadi axloqiy tanlov xar bir xatti-xapakat, xar bir qilmishning
ibtido nuqtasi.
Umuman, inson va jamiyat axloqiy hayotida tanlovning ahamiyati beqiyos. Masalan, tarixdan bir ta’sirchan
voqeani olib ko‘raylik bozorda mutasavvif alloma, ozarboyjon, eski uzbek (turkiy), fors tillarida o‘lmas
asarlar yaratgan buyuk shoir Nasimiyning g‘azalini yod o‘qiyotgan bir yosh yigitni kufrda ayblab, xibsga
oladilar. yigit oldida ikki yo‘ldan birini tanlash turardi yo piri Nasimiyni sotish va tavba qilib, banddan ozod
bo‘lish yoki g‘azalni o‘zimniki, deb o‘limga tik borish. Pokdomon, or-nomusli yigit ikkinchi yo‘lni tanlaydi.
Qozi uning terisini shilishga buyuradi. Olomon tomomabinlar yig‘iladi. SHu payt Nasimiy kelib qoladi.
Voqeadan xabar topgan Nasimiy oldida xam endi tanlov turardi - tanlamaslikning iloji yo‘q edi yo o‘zini
oshkor qilib, yosh yigitni jallod qo‘lidan qutqazishi va uning o‘rnini egallashi, yoki olomon orasidan sekin
sirg‘alib chiqib ketib, shogirdining o‘limga maxkum etilishi evaziga o‘z jonini asrab qolishi kerak. Buyuk
mutasavvif shoir birinchi yo‘lni tanlaydi o‘zini jallod qo‘liga tutqazib, begunox yigitni ozod etadi. Qozi
Nasimiyning terisini shilishga buyuradi. Jallod ishga kirishadi, atrofga qon sachraydi. SHunda qozi
odamlarga, nari turinglar, bu kofirning tomchi qoni biror eringizga tegsa, usha erni kesib tashlash kerak
buladi, deydi. qozi gapini tugatar-tutatmac, Tangri irodasi bilan bir tomchi qon sachrab kelib uning
jimjalog‘ita tegadi. Olomon qozidan barmog‘ini kesib tashlashini talab qiladi. Endi qozining oldida tanlov
turardi yo barmog‘ini kesishga berib, gapining ustidan chiqishi kerakki gapidan kaytib, sharmisor bo‘lishi
kerak. Qozi axloqiynopok, qo‘rqoq va xudbin odam sifatida gapidan kaytadi. Nasimiy esa kiynoqqa
mardonovor chidab, churq etmaydi, aksincha qozining axvolini ko‘rib, istexzoli kuladi va co‘ngi g‘azalini
yoddan aytadi. Nasimiyning bu jasorati asrlardan-asrlarga o‘tdi, ne-ne shoirlarning she’rlarida madh etildi,
o‘zi esa insoniy poklik va yuksak axloqiylikning o‘lmas timsoli bo‘lib qoldi. Bir namuna sifatida buyuk
turkman shoiri Maxtum qulining “Savol-javob” she’ridan quyidagi sakkiz satrni keltirish mumkin :
Maxtum quli - u Himadip, emadilar-tuydilar?
U nimadip, ulug‘ kunga qo‘ydilar?
Ul kim edi tovonidan so‘ydilar?
Do'stlaringiz bilan baham: |